Rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi amudaryo tuman kasb-hunar maktabi


Filtrlar ta’siri darajasini pasaytirish



Yüklə 7,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə215/295
tarix05.10.2023
ölçüsü7,05 Mb.
#125524
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   295
Informatika To\'plam12

Filtrlar ta’siri darajasini pasaytirish 
Ranglar tizimida har bir rang bir nechta tashkil etuvchiga ajratiladi. RGB 
tizimida ranglar qizil, yashil va ko'k tashkil etuvchi ranglarga ajraladi. Tasvirning 
har bir pikseli o'z rangiga ega va barcha piksellar uchun bu ranglarning tashkil 
etuvchilarini qo'lda aniqlab chiqishning deyarli iloji yo'q. PhotoShop bu yerda ham 
yordamga keladi. Uning Каналы (Kanallar) palitrasi aynan shu maqsadga xizmat 
qiladi. 
 
 


Biror rasmni yuklab olib, Каналы (Kanallar) palitrasini ochamiz. Buning 
uchun asosiy menyuning Окно (Oyna) bo'limidagi Каналы (Kanallar) ban-
dini tanlaymiz. Palitraning RGB tizimi uchun ko'rinishi quyida keltirilgan. 
Rasmda faqat bitta tashkil etuvchini qoldirish uchun unga mos kanalni 
qoldirib, qolganlarini yopish kerak. Buning uchun bu kanalga mos qo'sh- tugmani 
bosish yetarli. Qizil kanalga Ctrl+3, yashil kanalga Ctrl+4, ko'k kanalga Ctrl+5 
qo'shtugmalari mos qo'yilgan. Ularni navbatma-navbat bosib, rasmning 
o'zgarishini kuzatamiz. 
 
 
CMYK ranglar tizimiga mos keluvchi kanallar quyidagi rasmda keltirilgan. Ularni 
ko'rsatish uchun tasvirning ranglar tizimini o'zgartirish kerak. bo'ladi. Buning 
uchun asosiy menyuning Изображение (Tasvir) bo'limining birinchi bandi - 
Режим (Tartib) ni, paydo bo'lgan yangi menyudan CMYK bandini tanlaymiz. 
Kanallarga yangisini qo'shish mumkin. Bunday kanallardan biri alfa kanal deb 
ataladi. Alfa kanallar tasvirning bir qismini ajratib olish uchun ishlatiladi. 
Filtrlar PhotoShopning yana bir kuchli tomonidir. Filtr deb oldindan bel- gilab 
qo'yilgan algoritm bo'yicha tasvirni qayta ishlashga aytiladi. 
Filtrlar asosiy menyuning Фильтр (Filtr) bo'limida yig'ilgan. Bu bo'limning 
bandlari quyidagi rasmda keltirilgan: 
 
Bo'limning birinchi yarmida ko'p ishlatiladigan filtrlar va ularga mos 
qo'yilgan qo'shtugmalar keltirilgan. Bo'limning ikkinchi yarmida qolgan 
filtrlar 10 ta guruhga bo'lib chiqilgan. Oxirgi band yordamida internetdan 
yangi filtrlarni yuklab olish mumkin. 
Filtrlaming qo'llanishiga misollar quyidagi rasmlarda keltirilgan. Bu filtrlar 
Стилизация (Stillashtirish) guruhining Выделение края (Chetini ajratish) va 
Тиснение (O'yib chiqish) filtrlaridir: 


Quyidagi rasmlarda Искажения (Buzilish) guruhidagi Дисторсия (Egri- lash) 
va Зигзаг (Egri-bugri) filtrlarining qo'llanishi ko'rsatilgan: 

Yüklə 7,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   295




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə