Rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi amudaryo tuman kasb-hunar maktabi



Yüklə 7,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə218/295
tarix05.10.2023
ölçüsü7,05 Mb.
#125524
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   295
Informatika To\'plam12

3. Gipermatn muharrirlari 
Internet – bu minglab lokal va mintaqaviy kompyuter tarmoqlarini bir butun 
qilib birlashtiruvchi butun dunyo kompyuter tarmog‘i.
Internetning paydo bo‘lish tarixiga qisqacha to‘xtalib o‘taylik. 1969-yilda 
AQSH mudofaa vazirligining istiqbolli tadqiqotlar agentligi (Advanced Research 
Projecy Agency, ARPA) ga mamlakatdagi barcha harbiy (ilmiy tadqiqot va o‘quv) 
muassasalardagi kompyuterlarni birlashtiruvchi yagona tarmoq yaratish 
topshirilgan edi. Bu tarmoq (ARPA Net) harbiy mutaxassislarga axborot 
almashishga yordam ko‘rsatishga mo‘ljallangan edi.


Uni yaratishda foydalanuvchilarning tizimga kirish imkoniyati, boshqa 
kompyuterlardagi dasturlarni ishlatish (ulardan foydalanish), fayl va xabarlarni 
elektron aloqa orqali uzatish va boshqalar nazarda tutilgan. Eng asosiysi, tizimni 
ishlab chiqaruvchilar odiga ishonchli, ayrim kompyuter yoki aloqa kanallari 
ishdan chiqqanda ham o‘z ish qobiliyatini saqlab qoluvchi, «o‘ta chidamli » 
tarmoqni yaratish masalasi qo‘yilgan edi.
ARPA Net tarmog‘ining rivojlanishi bilan turli tarmoqlarni o‘zaro bog‘lash, 
ya’ni yagona tarmoq yaratish muammosi yuzaga keladi. Bunday standart 1974-
yilda yaratildi. 1983-yilda esa AQSH Mudofaa vazirligining ARPA Net 
shahobchalaridagi barcha mashinalarida ishlab chiqilgan standartlardan 
foydalanish haqida buyruq chiqarildi. Bu standartlarni ishlatish uchun esa o‘sha 
paytlarda keng tarqalgan operatsion tizim UNIX operatsion tizimi ishlatildi.
1986-yilga kelib AQSH Milliy fanlar fondi (National Science Foundation – NSF) 
tomonidan o‘zining oltita superkompyuterli markazini birlashtirish uchun tayanch 
tarmoq yaratildi. Bu tarmoq juda quvvatli va yuqori sifatli qurilmalar va AQSH 
Mudofaa vazirligi tomonidan belgilangan standartlarga asoslangan edi. 1992-yil 
NSF kompaniyasi ana shu tanyanch tarmoqni boshqarishga kelishib olindi. Ana 
shu vaqtdan boshlab internet nafaqat davlat (o‘quv va ilmiy) muassasalarida
shuningdek, tijorat maqsadlarida ham ishlatila boshlandi. Internet asta-sekin 
Aqsh chegaralaridan chiqib boshqa mamlakatlarga, dastlab Yevropa, keyinchalik 
Osiyo, Afrikaga ham tarqaldi. Bugungi kunda internet haqiqatan ham dunyoviy 
tarmoqqa aylangan.

Yüklə 7,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   295




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə