Rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi amudaryo tuman kasb-hunar maktabi


Internetning texnik tarkibiy qismi



Yüklə 7,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə219/295
tarix05.10.2023
ölçüsü7,05 Mb.
#125524
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   295
Informatika To\'plam12

Internetning texnik tarkibiy qismi 
Internetning texnik tarkibiy qismi turli rusumdagi kompyuter, aloqa kanallari, 
tarmoq texnik vositalari majmuidan tashkil topgan. Ularning barchasi doimiy va 
vaqtinchalik asosda faoliyat ko‘rsatishi mumkin. umumiy faoliyatiga ta’sir 
etmaydi.
Internetning dasturiy ta’minoti tarmoqqa ulangan kompyuter va tarmoq 
vositalarini yagona standart asosida muloqot qilish, ma’lumotlarni ixtiyoriy aloqa 
kanali yordamida uzatish darajasida qayta ishlash, axborotlarni qidirib topish va 
sqalash hamda tarmoqda axborot xavfsizligini ta’minlash kabi muhim vazifalarni 
amalga oshiruvchi dasturlar majmuidan iborat.
Internetning axborotli qismi internet tarmog‘ida mavjud bo‘lgan turli 
elektron hujjat, grafik, rasm, audioyozuv, videotasvir va h. k. lar ko‘rinishidagi 


axborotlar majmuidan tashkil topgan. Ular butun tarmoq bo‘ylab taqsimlanishi 
mumkin. Masalan, siz kompyuteringizda o‘qiyotgan elektron darslikning matni bir 
manbadan, undagi rasmlar va tovush ikkinchi manbadan, videotasvir va izohlar 
uchunchi manbadan yig‘ilishi mumkin. Shunday qilib, tarmoqdagi elektron
hujjatni o‘zaro moslashuvchan «gi perbog‘lanishlar» orqali bir necha manbalar 
majmuasi ko‘rinishida tashkil etish mumkin. Natijada millionlab o‘zaro bog‘langan 
elektron hujjatlar majmuisidan tashkil topgan axborot muhiti hosil bo‘ladi.
Internet tarmog‘ining mohiyatini tushunish uchun mantiqiy tuzilishini
tushunish kerak. Ushbu mantiq bilan tanishib chiqamiz.
Ma’lumki, avtomobildan foydalanganda transport turlari uchun belgilangan 
qonun qoidalarga rioya qilish shart. Xuddi shunday internet xizmatidan 
foydalanuvchilar uchun ham hammaga bir xil bo‘lgan kompyuterda
ma’lumotlarni uzatish tartibini belgilovchi yagona qoidalar majmui belgilangan.
Ikki kompyuter orasida ma’lumotlarni uzatish tartibi va formatini belgilovchi 
qoidalar majmui bayonnoma (protokol) deb ataladi.
Masalan, http, ftp va boshqalar bayonnomaga misol bo‘la oladi. Tarmoqda 
ishlash uchun berilgan bayonnomaga mos holda ma’lumotlarni uzatish imkonini 
beradigan maxsus dastur ta’minotiga ega bo‘lishi kerak. Bunday dasturlar 
bayonnomalarni amalga oshirish deyiladi. Ular operatsion tizimda joylashtirilgan 
bo‘lishi yoki alohida amaliy dasturlar paketi sifatida yaratilishi mumkin. Hozirgi 
zamon operatsion tizimlarining barchasi internetda ishlashni ta’minlovchi asosiy 
bayonnomalarga ega.
Internetda axborotni paketli uzatish prinsipidan foydalaniladi Endi axborotni 
paketli uzatish mazmuni bilan tanishib chiqamiz.
Internet va unda ishlashni tasavvur qilish uchun telefon tarmog‘ini eslashingiz 
mumkin. Chunki telefon tarmog‘ida ham shunga o‘xshash aloqa kanali ishlatilib, 
bir necha daqiqada dunyoning xohlagan nuqtasi bilan bog‘lanish mumkin. Albatta, 
bu o‘xshatish shaklan bir xil bo‘lsa-da, ish prinsipi bo‘yicha katta farq qiladi. Ya’ni, 
telefonda gaplashish paytida stansiyalar orasidagi kanal to‘la band bo‘ladi. Bu 
kanaldan telefon qiluvchi va uni eshituvchidan boshqa hech kim foydalana 
olmaydi. Agar telefon stansiyasining barcha kanallari band bo‘lib qolsa, bu kanalda 
gaplashayotgan abonentlar bilan ham bog‘lanish mumkin bo‘lmay qoladi. Ko‘rinib 
turubdiki, bu tamoyilda ishlaydigan kanallardan foydalanish kompyuter 
tarmog‘ida samara bermaydi.


Taqqoslashning qulayrog‘i sifatida oddiy aloqa xizmatini olish mumkin. Bunda 
ixtiyoriy sondagi ma’lumotlar ixtiyoriy yo‘nalishida uzatiladi. Gazeta va jurnallar 
to‘plami bo‘laklab uzatiladi. Internetda ham shunday xususiyatlar foydalaniladi.
Ma’lumotlarning qismlarga bo‘linishi paketlar deb ataladi.
Paketda, xususan, ma’lumotlar bilan birga uni berilgan manzilga to‘g‘ri 
yetkazish imkonini beruvchi boshqaruv axborotni (masalan, qabul qiluvchining 
manzili) ham beriladi.
Axborotni uzatish jarayonida, xuddi oddiy aloqa kabi ba’zi xabarlar belgilangan 
manzilga yetib bormasligi (yo‘qolishi), ba’zi xabarlar belgilangan manzilga yetib, 
bormasligi (yo‘qolishi), ba’zi birlari oddiy aloqada ro‘y bermaydigan holda, ya’ni 
bir necha nusxada yetkazishi mumkin.
Internet tarmog‘ining samarali ishlashi uchun mavjud axborotni qanday qilib 
paketlar holatida uzatish va yetkazilgan axborotni qayta tiklash hamda 
bo‘laklangan paketlarni foydalanuvchiga qanday yetkazish kerakligi muammosini
hal qilish lozim bo‘ladi.
Bu muammolarni hal qilish uchun TCP (Transmission Confrol Protocol – 
ma’lumotlarni uzatishni boshqarish) va IP (Internet Protocol – tarmoqlararo 
o‘zaro bog‘lanish) bayonnomalari yaratildi. Bu bayonnomalar internet tuzilmasini 
aniqlovchi asosiy bayonnomalar bo‘lib xizmat qiladi.
Odatda, ular qiya chiziq (/) bilan ajratilib, TCP / IP ko‘rinishida yoziladi. Ammo 
ularni yozish paytida bu bayonnomalar kompyuter tarmog‘ida ma’lumotlarni 
uzatishning turli xil yo‘nalishlarini bildiruvchi ikkita turlicha bayonnoma ekanligini 
uzutmaslik kerak.
Endi internet bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa qator tushunchalar bilan tanishamiz.

Yüklə 7,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   295




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə