Rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi amudaryo tuman kasb-hunar maktabi



Yüklə 7,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə221/295
tarix05.10.2023
ölçüsü7,05 Mb.
#125524
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   295
Informatika To\'plam12

gipermurojaat 
deyiladi.
Bunday giperalohalar faqat so’zlar emas, balki tasvirlar, grafiklar va ularning 
qismlari orqali amalga oshirilishi mumkin. Gipermatnli hujjatlarni qidirish, topish 
va ekranda tasvirlash uchun sharxlovchi-brouzerlardan foydalaniladi. 
HTML formatida tayyorlangan elektron hujjat 
HTML- hujjat
deb ataladi. 
Agar bu hujjat Internet orqali tarqatilsa WEB-hujjat, undan foydalanish haqida gap 
borsa WEB-sahifa deb ataladi.Bitta muallif yoki WWW ga tegishli bo’lgan bir 
gurux o‘zaro "giperbog’lanishlar" bilan aloqador bo’lgan WEB-sahifalar majmuasi 
WEB uzel (tugun) yoki 
sayt
deb ataladi. 
Web - Internet tarmoqlarida joylashgai fayllar to’plami bo’lib, ularning soni soat 
sayin ko’payib bormoqda. Bu fayllarda ma'lumotlarning turli xillarini: matn, 
grafik, tasvirlar, video, audio ma'lumotlarini uchratish mumkin. 
Gipermatnlarni belgilash dasturiy tili (yoki HTML tili)da bir qancha maxsus 
nomlar va yangi terminlar bo’lib, ularni qisqacha tushuntirib o’tish maqsadga 
muvofiqdir.
Element
(element) HTML tilining tuzilmasi bo’lib, har qanday Web- sahifa 
shunday elementlar to’plamidan iboratdir. Gipermatn tashkil qilishning asosiy 
g’oyasi elementlarning bir biriga
bog’liqligini ta'minlab berishdir.
Tega (tag
) elementning boshlang’ich va oxirgi belgilaridir (yoki markerlari). 
Tegalar turli xil elementlarning ta'sir qilish chegaralarini aniqlab, bir elementni 
boshqalaridan ajratib turadi.
Web- saqifa matnida tegalar burchakli qavslar ( < va > ) orasiga olinadilar va 
oxirgi tega doimo
qiyshiq chiziq (/) bilan belgilanadi.
Atribut
(attribute) elementning parametri yoki ko’rsatgichi bo’lib, u standart 
nomga ega bo’lgan o’zgaruvchidir. Demak, unga standart yoki istalgan turdagi 


qiymatlar berilishi mumkin. Atributlarning simvolli qiymatlari ko’pchilik 
holatlarda qavslar orasiga olinishi kerak bo’ladi.
Atributlar boshlang’ich tegalar ichida joylashgan bo’lib, bir birlari bilan probellar 
(bo’sh joylar) orqali ajratilgan bo’ladilar.
Giperilova
(Hypertext) ajratilgan matn bo’lagi bo’lib, u boshqa fayl yoki ob'ektga 
ko’rsatgich sifatida xizmat qiladi. Giperilovalar bir hujjatda boshqasiga o’tish 
imkoniyatini yaratib beradilar.
Freym 
(frame) ushbu termin ikki xil ma'noga ega. Birinchi ma'nosi matnni 
yuqoriga-pastga yoki chapga-o’ngga surish elementlariga ega bo’lgan hujjat 
maydonini bildirsa, ikkinchi ma'nosi murakkab (animasion) grafik fayldagi birorta 
tasvirni anglatadi. Ba'zi paytlarda freym so’zi o’rniga "kadr" yoki "ramka" so’zlari 
ham ishlatilishi mumkin.
HTML fayl
yoki HTML sahifa - HTML dasturiy tili asosida hosil qilingan 
gipermatnli hujjatni anglatadi. Bunday fayllar ko’pincha .htm yoki .html
kengaytirgichli ko’rinishda bo’ladi. Gipermatn taxrirlagichlarida va brouzerlarda 
bunday fayllar "hujjat" degan umumiy nom bilan ataladilar.
Kengaytirgich
(extension) - HTML dasturiy tili tarkibiga kirmaydigan, ammo 
yangi formatlashtirish effektini hosil qilishga imkoniyat beradigan element.

Yüklə 7,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   295




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə