Rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi amudaryo tuman kasb-hunar maktabi



Yüklə 7,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə216/295
tarix05.10.2023
ölçüsü7,05 Mb.
#125524
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   295
Informatika To\'plam12

Nazorat savollari. 
1.
RGB va CMYK ranglar tizimida nechta kanal bor? 
2.
Filtrlar qanday qilib ishga tushiriladi? 
3.
Asosiy menyuning Фильтр (Filtr) bo'limidagi bandlar necha guruhga bo'linadi? 
4.
Kuchukcha yoki jo'ja rasmini yuklab olib, unga turli filtrlarni qo'llab ко'ring va 
muvaffaqiyatli chiqqan suratlarni yangi nom bilan saqlab qo'ying. 
5.
Fotosuratni yuklab olib, uni rassom tomonidan chizilgan surat ko'ri- nishiga 
o'tkazing. 
42-ma’ruza 
Matnni to’liq tahrirlash 
 
Reja: 
3.
 
Photo Shop dasturida matnlar bilan ishlash
2. Maxsus tahrirlovchining vazifalari 
Tasvirga ko'pincha matn qo'shishga to'g'ri keladi. Photo Shop matn bilan ishlashda 
ham katta imkoniyatlarga ega. Matn bilan ishlash uskunalari uskunalar panelining 


uchinchi bo'limida ikkinchi bo'lib joylashgan. Ulardan keraklisini matn uskunalari 
tugmasi ustiga sichqonchani olib kelib, chap tugmasini bosish va ro'yxatdan 
zarurini tanlash bilan ishga tushirish mumkin. Boshqa uskunalar kabi ularni ham 
klaviatura orqali ishga tushirish mumkin. Buning uchun unga mos qo'yilgan lotin 
alifbosining bosh harfi T ni bir yoki bir necha marta bosish kerak bo'ladi: 
Matn bilan ishlash uchun to'rtta uskuna mavjud bo'lib, ulardan birinchisi 
gorizontal matn, ikkinchisi vertikal matn, uchinchi va to'rtinchilari gorizontal va 
vertikal niqob matn deb ataladi. Bu uskunalar yuqoridagi rasmda ko'rsatilgan. 
Ulardan birinchisi gorizontal matn uskunasini ishga tushiramiz. Parametrlar 
panelida uning parametrlari paydo bo'ladi: 
Matn kiritishni tugatish uchun Ctrl+Enter qo'shtugmasidan foydalanish 
yoki uskunalar panelida boshqa uskunani tanlash yetarli. 
Kiritiladigan matn ikki xil bo'lishi mumkin: oddiy (qisqa) matn va matn bloki. 
Oddiy matn tasvirga qisqa yozuvlar, masalan, uning nomi, muallifi ka- bilarni 
kiritish uchun xizmat qilsa, blokli matn katta hajmdagi matnni kiritish va ularni 
bezatish uchun ishlatiladi. 
Oddiy matn kiritish uchun matn uskunasini tanlab, matn kiritiladigan sohaning 
chap quyi burchagini tanlash yetarli. Matn blokini kiritish uchun bu blok 
egallaydigan soha ajratib olinishi kerak. Sohani ajratish to'g'ri to'rt- burchak 
chizish kabi amalga oshiriladi: blokning bir burchagiga sichqoncha ko'rsatkichi 
olib kelinadi va uning chap tugmasini bosib turib, sichqoncha ko'rsatkichi blokning 
qarama-qarshi uchiga olib kelinib, tugma qo'yib yuboriladi. 
Bu ikki turdagi matnni bir turdan ikkinchisiga o'tkazish mumkin. Buning uchun 
sichqonchani matn ustiga olib kelib, o'ng tugmasi bosiladi. Pay- do bo'lgan 
mavzubop menyudan Преобразовать в блочный текст (Matn blokiga aylantirish) 
yoki Преобразовать в простой текст (Oddiy matnga aylantirish) bandi tanlanadi. 
Matn bilan ishlashda Символы (Belgilar) va Абзац (Abzats) palitralari yanada 
ko'proq imkoniyatlarga ega. Bu palitralarning ko'rinishi quyida keltirilgan: 


Tasvirga kiritilgan matn ustida bir qator shakl almashtirish amalla- rini 
bajarish mumkin. Bunda kiritilgan matn grafik tasvir sifatida qara- ladi va 
undagi harflarning ko'rinishi o'zgartiriladi. Bu amallarni bajarish uchun awal 
matn kiritiladi, so'ng parametrlar panelidagi I uskuna (60-sahifadagi ikkinchi 
rasm) tanlanadi 
 
Natijada ekranda bu uskunaning muloqot oynasi paydo bo'ladi. Undagi birinchi 
may- doncha Стиль (Uslub) deb ataladi. Unda shakl almashtirishning turi 
tanlanadi. Ularning soni o'n beshta bo'lib, to'rtta guruhga ajratilgan. Bu 
uslublarning nomlari ro'yxati chapdagi rasmda ko'rsatilgan: 
Ularning nomlari oldida kichik rasmda matn qanday ko'rinishga o'tishi 
sxematik tarz- da ko'rsatilgan. Bu maydonchaning pastida tanlangan uslubning bir 
nechta parametrlari keltiriladi. Ularni o'zgartirib, shakl almashti- rishni o'zimiz 
xohlagan ko'rinishga keltirishi- miz mumkin. 
Oynaning o'ng tomonidagi OK tugmasi shakl almashtirishni bajarishga buyruq 
beradi. Отмена tugmasi esa shakl almashtirishni bekor qiladi. 



Yüklə 7,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   295




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə