Rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi amudaryo tuman kasb-hunar maktabi



Yüklə 7,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə214/295
tarix05.10.2023
ölçüsü7,05 Mb.
#125524
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   295
Informatika To\'plam12

A. 
yashirin palitralar;
 B. 
yashirin palitralarni ochish; 
C. 
слои (qatlamlar) jildi;
 
D. 
каналы (kanallar) jildi;
E. 
контуры (konturlar) jildi;
F. 
palitrani yashirish va 
ochish tugmasi;
 G. 
palitraning menyusi tugmasi;
 H. 
qatlamning shaffofmasligi (0 
dan 100 gacha);
I. 
qatlamga bo'yoq quyish (0 dan 100 gacha);
J. 
qatlamning 
qotirilganligi belgisi;
K
. Tanlangan qatlamlarni bir-biri bilan bog'laydi; L. 
Qatlamga stil qo'shadi; M. Niqob qatlam yaratadi; N. Yangi korreksion qatlam 
yaratadi; O. Qatlamlarning yangi guruhini yaratadi; P. Yangi qatlam yaratadi; Q. 
Tanlangan qatlamni o'chiradi; R. Qatlamni ko'rsatadi yoki yashiradi. 
Qatlamlardan birinchisi fon deb ataladi. U boshqalaridan pastda turadi va uning 
joyini o'zgartirib bo'lmaydi. Boshqa qatlamlarning o'rnini almash- tirish mumkin. 
Yuqorida turgan qatlamdagi tasvir pastdagilarini berkitib qo'yadi. Agar qatlam 
nisbatan shaffof bo'lsa, undan keyingi qatlam biroz ko'rinib turadi. 
Qatlamga niqob qatlam qo'shish mumkin. Qatlamning niqob bilan ber- kitilgan 
qismini o'zgartirib bo'lmaydi. Bu qatlamning bir qismini o'zgartirish kerak 
bo'lganda juda qulay. Qatlamdagi kamchiliklarni bartaraf qilish uchun unga 
korreksion qatlam qo'shiladi. Stil qatlam esa qatlamga tayyor stilni qo'llash uchun 
ishlatiladi. Bo'yoq quyish qatlami qatlamning ustidan bo'yoq quyish uchun 
ishlatiladi. 
Tasvirda qatlamlar soni ortgan sari ular bilan ishlash qiyinlashadi. Bun- day 
paytda bir necha qatlamni bitta guruhga birlashtirish va bu guruh bilan bitta qatlam 
bilan ishlagandek ishlash mumkin. 
Noutbuk va mehmonxona rasmlarini yuklab olamiz. Mehmonxona tasvirini 
to'liq ajratib (Ctrl+A qo'shtugmasi), undan nusxa olamiz (Ctrl+C). Noutbuk 
rasmiga o'tib, unga nusxani joylaymiz (Ctrl+V). Noutbuk rasmiga o'tish uchun 


uning oynasining ko'rinib turgan joyini sichqoncha bilan bosish yetarli. Agar oyna 
boshqa oynalar bilan to'liq to'sib qo'yilgan bo'lsa, asosiy menyuning Окно (Oyna) 
bo'limining oxirgi bandlarida joylashgan hujjat oy- nalaridan keraklisini tanlaymiz. 
Noutbuk oynasida mehmonxona tasviri paydo bo'ladi va u ajratib olingan 
(quyidagi rasmlardan birinchisi). Asosiy menyuning Редактирование (Tahrirlash) 
bo'limidagi Трансформирование (Shakl o'zgartirish) bandini va paydo bo'lgan 
menyudan Искажение (Nochiziqli o'zgartirish) bandini tanlaymiz. 
Mehmonxona tasviri burchaklarida maxsus markerlar paydo bo'ladi. ulardan 
birini sudrab, noutbuk ekrani burchagiga olib kelamiz (2-rasm). Mehmonxona 
tasvirining qolgan uchlaridagi markerlarni sichqoncha bilan
 
sudrab, kerakli joyga 
olib kelamiz (3-, 4-va 5-rasmlar). Yana bir marta burchak markerlarining rasmdagi 
noutbuk ekrani burchaklariga to'g'ri qo'yilganini tekshirib (Ekrandagi tasvir 
butunlay ko'rinmasligi kerak), Enter tugmasini bosamiz. 
Tayyor rasmni yangi nom bilan saqlab qo'yamiz (6-rasm). Mehmonxona 
Yana bir mashq bajaramiz. PhotoShopga yon oyna suratini yuklab olamiz. Uni 
to'liq ajratib, nusxalaymiz. Yangi surat yaratamiz. Uning o'lchamla- ri yon oyna 
surati oichamlari kabi bo'ladi. Yangi suratga yon oyna suratining nusxasini 
joylaymiz (quyidagi 1-rasm). 
Yon oynadagi mototsiklchilarning tasvirini oddiy arqon yoki magnitli arqon 
uskunasi bilan ajratib olamiz. Klaviaturadagi Delete tugmasini bosib, ajratilgan 
bo'lakni o'chirib tashlaymiz (2-rasm). 
Mehmonxona suratini yuklab, undan nusxa olamiz. Nusxaning o'leham- larini 
kichiklashtirib, yon oyna ustiga qo'yamiz (3-rasm). 
tasviri alohida qatlamdajoylashganligi sababli, undagi o'zgartirishlar boshqa 
qatlamdagi noutbuk tasviriga ta'sir qilmadi: 


 
Mehmonxona va avtomashina suratlan joylashgan qatlamlarning o'rnini 
almashtiramiz. Buning uchun qatlamlar palitrasini ocbamiz. Слой 1 degan yozuv 
ustiga yoki u joylashgan havorang to'rtburchak ustiga sichqonchani olib kelib, 
chap tugmasini bosib turib, yuqoriga sudraymiz. Слой 2 yozuvi tepasida chiziq 
paydo bo'lishi bilan sichqoncha tugmasini qo'yib yuboramiz. 
 
Natijada avtomashina joylashgan birinchi qatlam yuqoriga chiqib, meh-
monxona qatlami pastga tushadi, mehmonxona faqat avtomashina oynasidan 
ko'rinib turadi. Forming oq rangi esa hech qayerda ko'rinmaydl. Agar avtomashina 
tasvirini fondan boshqa qatlamga nusxalamaganimizda uning o'rnini o'zgartirib 
bo'lmas edi. Avtomashina fonda bo'lmagani uchun uning oynasidagi tasvirni 
o'chirganimizda uning o'rnini fon rangi egallamaydi, u shaffof ko'rinishga o'tadi. 
PhotoShopda shakl o'zgartirishlar va qatlamlardan foydalanishga misol sifatida 
berilgan rasmdan kublar yasab, ularni yig'ishga urinib ko'ramiz. Be- rilgan rasm va 
olingan natija quyida keltirilgan: 


Vazifani bajarish algoritmini keltiramiz: 
1.
Kub tomonlariga qo'yilishi kerak bo'lgan rasmni yuklab olamiz, awal ко'rib 
chiqilgan ramka uskunasi yordamida (klaviaturada С tugmasini bosib chaqiriladi) 
undan 80x80 o'lchamli qismini kesib olamiz. 
2.
Yangi tasvir yaratamiz (Ctrl+N). Uning o'lchamlarini 1000x800 qilib 
o'matamiz. 
3.
Birinchi tasvirga o'tib, uni to'liq ajratib olamiz (Ctrl+A) va nusxalay- miz 
(Ctrl+C). Ikkinchi tasvirga o'tib, unga birinchi tasvirning ikki nusxasini joylaymiz 
(Ctrl+V). 
4.
Joylangan ikkinchi nusxa ajratilgan holda turibdi. Uni kursorni boshqarish 
tugmalari yordamida yoki Рука (Dastak) uskunasini tanlab, birinchi nusxaning 
tepasiga olib kelamiz. 
5.
Bu nusxaning vertikal o'lchamini ikki barobar kamaytiramiz va uni 
gorizontal yo'nalishda -45° ga buramiz. 
6.
Tasvirga birinchi rasmning uchinchi nusxasini joylaymiz. Uni birinchi 
nusxaning o'ng tomoniga dastak uskunasi yoki kursorni boshqarish tugmalari 
yordamida olib kelamiz. 
7.
Bu nusxaning gorizontal o'lchamini ikki barobar kamaytiramiz va uni 
vertikal yo'nalishda 45° ga buramiz. 
8.
Uchta nusxa joylashgan qatlamlaini birlashtiramiz. Buning uchun ular 
joylashgan qatlamlarni Shift tugmasini bosib turib tanlaymiz va qatlamlarni 
birlashtirish tugmasini bosamiz. 
9.
Yaratilgan kubni to'liq ajratib olamiz. Uning nusxasini olib, tasvirga 
joylaymiz. Yangi kubni surib, birinchisi yoniga keltiramiz. 
10.
To'qqizinchi amalni sakkiz marta takrorlaymiz. Har safar yangi 
nusxani qolganlariga bo'sh joy qoldirmay zich qilib qo'shib qo'yamiz. 
11.
Qilgan ishlarimizni Ctrl+S qo'shtugmasi yordamida dastlab PhotoShop 
formatida, keyin jpeg formatida saqlab qo'yamiz. Ikkala hujjatni yopib, 
PhotoShopda ishlashni tugatamiz. 

Yüklə 7,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   295




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə