Rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi amudaryo tuman kasb-hunar maktabi



Yüklə 7,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə210/295
tarix05.10.2023
ölçüsü7,05 Mb.
#125524
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   295
Informatika To\'plam12

Nazorat savollari 
1. PhotoShopda mavjud tasvirni ochish qanday amalga oshiriladi? 
2. PhotoShopda joriy tasvirni saqlab qo'yish qanday bajariladi? 
3. PhotoShop qayta ishlaydigan asosiy formatlarni sanab chiqing. 
4. Jpeg, Raw formatlarining afzallik va kamchiliklarini aytib bering. 
 
39-ma’ruza 
Maxsus belgilash formatlari 
 
Reja: 
1. Adobe Photoshop dasturini ishga tushirish 
2. Hujjatlar yaratish. Fayllarni ochish 
3. Adobe Photo Shop dasturini ajratish asboblari bilan ishlash 
Word matn protsessorida matn bo'lagini ajratib olishni esga olaylik. Matn harf va 
boshqa belgilarning ketma-ketligi bo'lgani sababli, uning bo'lagini ajratish uchun 
bo'lakning birinchi va oxirgi belgilarini tanlash yetarli edi. Vektorli tasvirda ham 
uning bir qismini ajratib olish unchalik qiyin emas. Vektorli tasvirda, masalan, 
Wordda yaratilgan chizmada, bir nechtagi- na obyekt bo'lganligi sababli ulardan 
keraklilarini ketma-ket tanlab chiqish mumkin. 
Rastrli tasvirda uning bo'lagini ajratib olish u qadar oson ish emas. Unda bir 
necha milliongacha piksellar bor va ularni birma-bir tanlab chiqishning iloji yo'q. 
Shu sababli rastrli tasvirlarda ularning bir bo'lagini ajratib olish uchun bu 
bo'lak (soha) ning chegaralarini ajratib olish kerak bo'ladi. Bu amal ancha qi- yin 
bo'lib, uni bajarish anchagina mahorat talab qiladi. Bu amalni osonlash- tirish 
uchun PhotoShopda bir qator uskunalar ishlab chiqilgan. Shuningdek, asosiy 
menyuning oltinchi bo'limi Выделение - Ajratish) da tasvir bo'lagini ajratish 
uchun ishlatiladigan buyruqlar yig'ilgan. Tasvirni to'liq ajratib olish. Uni ofis 
ilovalaridagi kabi Ctrl+A (All - barchasi so'zidan olingan) qo'shtugma yordamida 
chaqirish mumkin. Bu amalni yana asosiy menyuning Выделение (Ajratish) 
bo'limining birinchi bandi Bee (Barchasi) ni tanlash bilan ham amalga oshirish 
mumkin. Tasvirning ajratilgan qismi chegarasida harakatlanadigan uzuq chiziq 
paydo bo'ladi. 
Ajratishni bekor qilish uchun Ctrl+D (Delete - olib tashlash) qo'shtug- masidan 
foydalanish yoki asosiy menyuning Выделение (Ajratish) bo'limining ikkinchi 


bandidagi Отменить выделение (Ajratishni bekor qilish) buy- rug'ini tanlash 
mumkin. 
Ajratish uskunalari uskunalar panelida birinchi bo'lib joylashgan. Uning ustida 
sichqonchaning o'ng tugmasini bossak, bu tugmaga mos kelgan to'rtta uskuna 
ro'yxati ekranga chiqadi. Ular quyidagi uskunalardir: 
To'g'ri to'rtburchakli soha uskunasi - to'g'ri to'rtburchak ko'rinishidagi sohani 
ajratish uchun ishlatiladi. 
Ellipssimon soha - ellips ko'rinishidagi sohani ajratadi. 
Gorizontal qator - piksellarning gorizontal satrini ajratish uchun xizmat qiladi. 
Vertikal qator - piksellarning vertikal qatorini ajratish uchun ishlatiladi. 
Biror-bir sohani ajratib olish uchun sichqonchaning chap tugmasini bosib, 
ajratiladigan sohaning bir burchagidan ikkinchi burchagiga o'tish va tug- mani 
qo'yib yuborish kerak bo'ladi. 
Soha ajratilgach, yana bir marta yangi soha ajratilsa, eski ajratilgan soha bekor 
qilinadi va o'rnida yangi ajratilgan soha paydo bo'ladi. Navbatdagi soha 
ajratilayotgan paytda klaviaturadagi Shift tugmasi bosib turilsa, eski va yangi 
sohalar birlashtiriladi va hosil bo'lgan soha ajratiladi. Agar yangi soha ajratishda 
Alt tugmasi bosib turilsa, yangi ajratilgan soha eskisidan ayirib tashlanadi. Yangi 
sohani ajratishda Alt va Ctrl tugmalarining ikkalasi ham bosib turilsa, yangi soha 
bilan eski sohaning kesishmasi ajratib olinadi. Bu to'rtta holat yuqoridagi to'rtta 
suratda aks etgan. 
Ajratish uskunalaridan birortasi tanlanganda parametrlar satrida bu usku-
nalarning parametrlari paydo bo'ladi.Undagi ikkinchi, uchinchi, to'rtinchi va 
beshinchi tugmalar mos ravishda hech qaysi tugmani bosmasdan, Shift, Alt va 
Shift+Alt tugmalarini bosib turib sohani ajratishga to'g'ri keladi. Ya'ni 
klaviaturadagi tugmalarni bosib tu- rish o'rniga parametrlar panelidagi tugmani bir 
marta bosib qo'yish mumkin. 
Oval ko'rinishidagi sohalarni ajratish ham shu kabi amalga oshiriladi. 
Shuningdek, to'rtta ajratish uskunalaridan bitta murakkab sohani ajratishda ham 
foydalanish mumkin. 
Ajratilgan sohalardan namunalar quyidagi rasmlarda keltirilgan: 


 
Yuqorida ko'rilgan uskunalardan foydalanib geometrik shakl ko'rinishida 
sohalarni ajratib olish qulay. Lekin ajratilishi kerak bo'lgan soha har doim ham 
bunday ko'rinishda bo'lavermaydi. 
PhotoShopda yana bir nechta ajratish uskunalari bo'lib, ular JIacco (Arqon), 
Прямолинейное лассо (To'g'ri chiziqli arqon), Магнитное лассо (Magnitli 
arqon) deb ataladi: 

Yüklə 7,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   295




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə