Mavzu: Tugma (Knopka). Yorug’lik diodini yoqish misolida tugmani bosilishiga ishlov berish. Titrashga qarshi kurashish. Ishdan maqsad



Yüklə 13,09 Kb.
tarix30.12.2023
ölçüsü13,09 Kb.
#166657
lab 3


971-20 guruh talabasi Ro’zimova Nafosatning o’rnatilgan tizimlar fanidan
3- lobaratoriya ishi
Mavzu:Tugma (Knopka). Yorug’lik diodini yoqish misolida tugmani bosilishiga ishlov berish. Titrashga qarshi kurashish.
Ishdan maqsad:
O’chirib yoqish tugmasi bilan ishlash bo’yicha tajriba. Tugmani bosilishi bo’yicha yorug’lik diodini yoqilishi va tugmani qo’yib yuborish bo’yicha yorug’lik diodini o’chishini Arduino UNO kontrolleri orqali amalga oshirish ko`nikmasiga ega bo`lish.
Kerakli komponentlar:

  • Arduino UNO ning kontrolleri;

  • sxemani yig’ish uchun plata;

  • o’chirib yoqish tugmasi;

  • yorug’lik diodi;

  • 220 Ω qiymatli qarshilik;

  • 10 kΩ qiymatli qarshilik;

  • raz’yomli simlar.

Ushbu mashg`ulotda Arduino ning D2 ulanish nuqtasini kirish sifatida foydalanamiz. Bu esa unga tugmani ulab loyiha bilan real vaqt ish tartibida muloqatini ta’minlash imkoniyatini yaratadi. Arduino ni ishlatilganda kirish sifatida pull-up va pull-down qarshiliklar ishlatiladi, sababi Arduino «sekinlashib qolish» holatiga tushib qolmasligi uchun (xohishiy holatga ega bo’lib qolish), oldindan ma’lum bo’lgan holatga (0 yoki 1) ega bo’lishi uchun. Pull-up qarshiligi kirishni +5 V manbaga tortadi, pull-down-qarshiligi kirishni GND ga tortadi. Undan tashqari pull-up- va pull-down-qarshiliklari tugma bosilganda +5V va yer o’rtasida qisqa to’qnashuv bo’lmasligini kafolatlaydi. Loyihada tugmani ulash uchun pull-up- va pull-down-qarshiliklari ishlatiladi. Tugma o’chiq bo’lgan holda D2 kirish «yerga» 10 kΩ qiymatli qarshilik orqali tortilgan holatda bo’ladi, bu holatda tok oqimi cheklangan bo’ladi va kirish nuqtasida LOW kuchlanish qiymati o’rnatilgan bo’ladi. Tugmani bosilgan holatda kirish ulanish nuqtasi to’g’ri 5V ga ulangan bo’ladi. Tokning katta qismi eng kam qarshilikka ega bo’lgan yo’l yopiq tugma orqali oqib o’tadi va kirishda HIGH qiymat hosil qilinadi. Tugma bosilganda yorug’lik diodini yoqiladi, tugmani qo’yib yuborilganda esa yorug’lik diodi o’chadi.
Topshiriq:
TinkerCad va Wokwi online simmulyatorida tugma loyihasini ishlab chiqish. Loyiha rasmini va kodini word fayliga yuklash.


// C++ code
//
int button=0;
void setup()
{
pinMode(13, OUTPUT);
pinMode(9, OUTPUT);
pinMode(10, OUTPUT);
pinMode(5,INPUT);
}

void loop()


{
button=digitalRead(5);

if(button==HIGH)


{
digitalWrite(13, HIGH);
delay(1000); // Wait for 1000 millisecond(s)
digitalWrite(13,LOW);
digitalWrite(10, HIGH);
delay(1000); // Wait for 1000 millisecond(s)
digitalWrite(10,LOW);
digitalWrite(9, HIGH);
delay(1000);
}
else
{
digitalWrite(13, LOW);
digitalWrite(9, LOW);
}}
Yüklə 13,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə