Rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi amudaryo tuman kasb-hunar maktabi


Hujjatlar yaratish. Fayllarni ochish



Yüklə 7,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə207/295
tarix05.10.2023
ölçüsü7,05 Mb.
#125524
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   295
Informatika To\'plam12

Hujjatlar yaratish. Fayllarni ochish 
Yangi fayl yaratish
 
File►New►New muloqot oynasi ochiladi►Name satrida o’z 
faylingizning nomini kiritishingiz mumkin yoki avtomatik 
ravishda “Untitled-1” deb beriladi, va shu kabi davom 
ettirilaveradi “Untitled-2”, “Untitled-3”… 
“Preset” satrida standart varaqlar o’lchami berilgan.
Pastroqda “Width” va “Height” larda varaq olchamlarni qo’ldan 
kiritish mumkin.
Pastda Resolution tasvirlar imkon darajasiberilgan, yani pixellar 
soni.
Pastda Color Mode darchasida palitra turi tanlanadi M: RGB 
Color 
Pastda Background Content, yani rasm foni beriladi. 
White-fon oq rangda 
Backgroundcolor- joriy vaqtda qanday rang tanlansa, shu rang 
tanlanadi. 


Transparent-rangsiz. Barcha sozlanishlar tanlangandan so’ng OK tugmasini 
bosing, yangi hujjat ochiladi. 3-rasm. 
Qo’shimcha asboblarni chiqarish uchun yo’l. 
Faylni ochish 
File►Open►Open muloqot oynasi ochiladi►kerakli rasm fayli tanlanadi►otkrыt 
Ajratish asboblari bilan ishlash. 
To’g’ri shaklli fragmentlar ajratish 
Ma’lum maydon ajratish 
Asboblar panelida
shaklida Rectangular Marquee Tool asbobi mavjud, shu 
asbobni tanlaymiz►kursor
shaklini oladi►kerakli maydonni ajratamiz. 
Eslatma Agar kursorni 
Rectangular Marquee Tool asbobiga sihqonchani 
ushlab tursak, shu asbobning yanayam kengaytirilgani ochiladi. 
Masalan: 
Single Row Marquee Tool asbobi gorizontal chiziqni 
ajratadi. Uning kengligi 1pixel (px) ga teng bo’ladi. 
Single Column Marquee Tool Kengligi 1px ga teng bo’lgan 
ustunni ajratadi. 
Elliptic Marquee Tool asbobi ellips shaklida maydon 
ajratadi 
Shift tugmasi bosib turilsa, aylana shaklida maydon ajraladi. 
Alt tugmasi bosib turilsa, ajralish xuddi yuqoridagilar kabi emas, balki markazdan 
ro’y beradi. 
Ixtiyoroi shaklli fragmentlar ajratish 
Lasso tool asbobi haqida 
Lasso Tool asbobi maydonni ihtiyoriy shaklda ajratadi. 
Lasso Tool asbobi tanlanadi►rasmni ixtiyoriy shaklda ajratib, uchini uchiga 
tekkizamiz va yopiq maydon hosil bo’ladi. 
Ixtiyoriy burchak bilan ajratish 
Lasso Tool ning tarkibidagi 
Polygonal Lasso Tool ni 
faollashtiramiz►rasmni ixtiyoriy ko’pburchak shaklda ajratamiz va oxirini uch-
uchiga tekkizamiz, natijada yopiq soha ajraladi. 
Magnetic Lasso Tool 
Ushbu asbob rasmda mavjud konturlarni aniq qilib 
ajratadi. Xuddi magnit kabi, yani kontur bo’ylab olaveradi. Ma’lum yopiq sifatli 
maydonni ajratib olgandan so’ng, oxiriga bitta shiqillatamiz. 
Magic Wand Tool 


Ushbu asbobning ishlash prinsipi rang bo’ylab bir-biriga yaqin yotgan 
nuqtalarni ajratib beradi. Nuqtalarning yaqinlik darajasini esa, biz o/zimiz 
sozlashimiz mumkin. Asboblar atributidagi Tolerance asbobini tanlab bajaramiz. 
Masalan:
oynachadagi son qancha kichik bo’lsa, shuncha 
kichik maydonni qabul qiladi.. Oynachadagi son qancha katta bo’lsa, shuncha 
kattaroq maydonni qabul qiladi. 
Ajratish bo’ylab asbobolar atributlari 
Yuqorida aytib o’tgan edik, asboblar atributlari tanlangan asboblarga mos ravishda 
o’zgarib turadi. 
New selection Har doim bitta yangi maydonni alratadi, undan
oldingisini bekor qilish hisobiga.
Add to selection Ajratilgan maydonga umuman boshqa joydan yangi maydonni 
ajratib qo’shaveradi. 
Substract from selection Ajratilgan maydonni kamaytiraveradi. 
Intersection with selection. Ajratilgan maydon ajralmasligi, ajratilmagan 
maydon ajralishi kerak. 
Inverse tugmasi 
Rectangular Marquee Tool asbobini faollashtiramiz►ma’lum maydonni 
ajratamiz►”Select” menyusi►Inverse (obratnыy, protivopolojnыy) Natilada: 
Ajratilgan maydondan teskari maydon ajraladi. 
Agarda sichqoncha tugmasini chap tugma bilan maydonning ajralgan qismidan 
qistirib ekran bo’ylab harakatlantirsak, ajratilgan maydon o’zgaradi.

Yüklə 7,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   295




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə