Rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi amudaryo tuman kasb-hunar maktabi



Yüklə 7,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə208/295
tarix05.10.2023
ölçüsü7,05 Mb.
#125524
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   295
Informatika To\'plam12

NAZORAT SAVOLLARI ! 
1. Adobe photoshop dasturi nimalar qilish uchun mo’ljallangan? 
2. Photoshopni ishga tushirish qanday amalgam oshiriladi? 


3. Qo’shimcha asbobni qanday chiqariladi? 
4. Ixtiyoroi shaklli fragmentlar ajratish yilini ko’rsating? 
5. Ma’lum maydon qanday ajratiladi? 
1-topshiriq: Adobe photoshop dastirida to’g’ri shaklli fragmentlar ajrating
2-topshiriq: Photoshop ma’lum maydon ajratib olib kerakli joyga qo’ying
 
38-ma’ruza 
Tasvirlarni boshqarish 
 
Reja: 
1. Kompyuter grafikasining turlari
2. Kompyuter grafikasining har xil ko'rinishlari 
3. Tasvirlarni boshqarish 
PhotoShopda ishni boshlash uchun unga birorta tasvirni yuklab olish yoki 
yangi tasvirni yaratish kerak bo'ladi. Bu amallarni qanday amalga oshi- rish bilan 
tanishib chiqamiz. 
Odatda, PhotoShopda mavjud tasvirlar qayta ishlanadi. Lekin ba'zan unda 
yangi tasvir yaratishga ham to'g'ri keladi. Yangi tasvirni yaratish uchun Ctrl+N 
(New - yangi so'zidan olingan) qo'shtugmasini bosish yoki asosiy menyuning 
Файл (Fayl) bo'limining birinchi bandi Создать... (... ni yaratish) bandini tanlash 
kerak. Natijada ekranda quyidagi Новый (Yangi) mu- loqot oynasi paydo bo'ladi. 
Oynaning o'ng tomonidagi OK (Ha) tugmasini bosib, taklif qilinayotgan 
parametrlar bo'yicha yangi tasvirni yaratish; Отмена (Bekor qilish) tugmasini 
bosib, yangi tasvir yaratishdan voz kechish mumkin. 
Bu tugmalar ostidagi Сохранить набор параметров (Parametrlar to'plamini 
saqlash) tugmasini bosib, o'rnatilgan parametrlardan keyingi tasvirlarni yaratishda 
foydalanish uchun saqlab qo'yish mumkin. Удалить набор ... (Parametrlar 
to'plamini o'chirish) tugmasi kerak bo'lmay qolgan parametrlar to'plamini o'chirib 
tashlash uchun xizmat qiladi. Bu tugmalar ostida yaratiladigan tasvirning hajmi 
ko'rinib turadi: 
Новый 


 
Oynaning chap tomonidagi Имя (Nom) 
maydonchaga 
yangi tasvir fayli uchun nom kiritiladi. Uning ostidagi Набор (To'plam) 
maydonchasida parametrlar to'plamini tanlash mumkin. Odatda, bu parametrlar 
oxirgi yuklab olingan tasvir parametrlari bilan bir xil bo'ladi. Bu ro'yxatdan 
keraklisini tanlab parametrlarni birdaniga o'zgartirish mumkin. 
Paramertiaroi bevosita muloqot oynasidagi maydonchalarda o'zgartirish ham 
mumkin. Ulardan asosiylari Ширина (Eni) va Высота (Balandligi) lardir. 
Mavjud tasvirlarni ochish uchun Ctrl+O (Open - ochish so'zidan olingan) 
qo'shtugmasini bosish yoki asosiy menyuning Файл (Fayl) bo'limining birinchi 
bandi Открыть ... (Ochish) bandini tanlash kerak. Natijada ekranda quyidagi 
Открыть (Ochish) muloqot oynasi paydo bo'ladi. 
Bu muloqot oynasi bilan ishlash boshqa ilovalar, masalan, Word yoki Excel 
ning shu nomli muloqot oynalari bilan ishlashdan deyarli farq qilmaydi. 
PhotoShop oxiigi ochilgan fayllar ro'yxatini saqlab qo'yadi. Bu ro'yxat- dagi 
tasvirlarni ochish uchun asosiy menyuning Файл (Fayl) bo'liroidagi Последние 
документы (Oxirgi hujjatlar) bandidan foydalaniladi. 
PhotoShopda qilingan ishlarni saqlash uchun bir nechta buyruqlar mav- jud. 
Ulardan birinchisi Ctrl+S qo'shtugmasi yordamida chaqiriladi. Bu buy- ruq joriy 
tasvirni joyi va nomini o'zgartirmasdan saqlab qo'yadi. 

Yüklə 7,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   295




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə