Rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi amudaryo tuman kasb-hunar maktabi



Yüklə 7,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə211/295
tarix05.10.2023
ölçüsü7,05 Mb.
#125524
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   295
Informatika To\'plam12

 
 
Ularning hammasi uskunalar panelida bitta JIacco (Arqon) tugmasi ostida 
yashirilgan. Ularni bu tugma ustida sichqonchaning o'ng tugmasini bosib, paydo 
bo'lgan menyudan tanlash yoki ularga mos qo'yilgan klaviaturaning L harfini bir 
yoki bir necha marta bosish bilan tanlash mumkin. 
Arqon uskunasi tanlanganda sichqonchaning chap tugmasini bosib turib
sichqoncha yurgiziladi. Sichqonchaning ekrandagi izi arqon kabi uning orqasida 
qoladi. Chap tugmani qo'yib yuborish bilan arqonning ikkita uchi birlashtiriladi. 
Hosil bo'lgan yopiq chiziq o'rab turgan soha ajralib qoladi. 
Mashq sifatida quyidagi rasmdagi o'ngdan uchinchi daraxtni ajratib olamiz va 
Ctrl+C qo'shtugmasi bilan nusxalab, Ctrl+V qo'shtugmasi bilan rasmga qo'shamiz. 
Uni surib kerakli joyga o'tkazamiz. Undagi avtomashi- nani ajratib olamiz. Undan 
nusxa olamiz va 5 marta rasmga joylaymiz. Har safar joylangan nusxani kerakli 
joyga o'tkazishni unutmang. Aks holda bu nusxani yana ajratib olishga to'g'ri 
keladi. Qilingan ishlarning natijalari quyidagi rasmlarda aks etgan: 


To'g'ri chiziqli lasso yordamida chegaralari to'g'ri chiziq kesmalari bo'lgan 
obyektlarni, masalan, binolarni, televizorlarni yoki ularning ekranlarini ajratib 
olish qulay. Mashq sifatida quyidagi rasmdagi noutbuk ekranini ajratib olaylik. 
Buning uchun to'g'ri chiziqli JIacco (arqon) uskunasini tan- laymiz. Sichqonchani 
ekranning bir burchagiga olib kelib, chap tugmasini bosamiz, so'ng sichqonchani 
navbatdagi burchakka olib kelib yana bir marta bosamiz, so'ng uchinchi 
burchakda, keyin to'rtinchi burchakda bosib, oxi- ri birinchi burchak ustida ikki 
marta bosamiz. Natijada kompyuter ekranini ajratib olamiz: 
Ajratib olingan sohani olib tashlash uchun klaviaturadagi Delete (O'chi- rish) 
tugmasini bosamiz. Ekranda muloqot oynasi paydo bo'ladi. 
Unda Использовать (Ishlatmoq) maydonchasida Белый (Oq rang) ni 
tanlaymiz va OK tugmasini bosamiz. Natijada kompyuter ekrani oq rangga 
bo'yalib qoladi. 

Yüklə 7,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   295




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə