Rossiya iqtisodiyoti



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə3/3
tarix28.11.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#138269
1   2   3
ROSSIYA IQTISODIYOTI

Yeltsinning bozorga yoʻnaltirilgan tub islohotlar dasturi „shok terapiya“ nomi bilan mashhur boʻldi. U Vashington konsensusi bilan bogʻliq siyosatga, XVJ tavsiyalariga va bir guruh amerikalik iqtisodchilar, jumladan Larry Summers fikriga asoslangan edi. Jarayonga chuqur korrupsiya taʼsir koʻrsatib, natija halokatli boʻldi, 1999-yilga kelib real YaIM 40% dan koʻproq pastga tushib ketdi, shaxsiy jamgʻarmalarni yoʻq qilgan giperinflyatsiya, jinoyatchilik va qashshoqlik tez tarqaldi. Shok terapiya natijasida narxlarning koʻtarilishi sotsializm davrida ruslar tomonidan toʻplangan kamtarona jamgʻarmalarni yoʻq qildi va pul boʻlmagan aktivlarga ega boʻlgan elita foydasiga boylikning regressiv qayta taqsimlanishiga olib keldi

  • Iqtisodiyotning qulashi sharoitida davlat daromadlarini yigʻishdagi qiyinchiliklar va byudjet taqchilligini moliyalashtirish uchun qisqa muddatli qarz olishga qaramlik 1998-yilgi Rossiya moliyaviy inqirozi sodir boʻlishiga olib keldi.
  • 1990-yillarda Rossiya Xalqaro valyuta jamgʻarmasidan „eng katta qarz oluvchi“ mamlakat boʻlib, umumiy kreditlari miqdori 20 milliard dollarni tashkil etdi. XVJ Rossiyaga juda koʻp kredit bergani uchun tanqid qilindi, chunki Rossiya pul uchun vaʼda qilingan islohotlarning ozgina qismini bajardi va bu mablagʻlarning katta qismi „moʻljallangan maqsaddan chalgʻib, mamlakatni noqonuniy ravishda tark etgan kapital oqimiga qoʻshilib ketishi“ mumkin edi

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə