Rossiya va aqsh munosabatlari tarixi jahon urushlarida sssr va aqsh munosabatlari. (Sovuq urush)



Yüklə 1,72 Mb.
səhifə3/4
tarix12.03.2023
ölçüsü1,72 Mb.
#102366
1   2   3   4
Rossiya va aqsh munosabatlari tarixi jahon urushlarida sssr va a

N500-75 DASTURINING TARIXI
Siyosiy voqealar xranologiyasi shundan dalolat beradiki, 1980-yillarning o'rtalarida SSSRga qarshi axborot-psixologik urushning to'rtinchi bosqichiga yetib keldi. Ayni davrda Qo'shma Shtatlarda sifat jihatidan yangi hujum strategiyasi shakllanmoqda edi. 1981 yil yanvar oyida Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Uilyam Keysi yangi saylangan AQSh prezidenti Ronald Reyganga hisobot berdi. KGB bosh direktori V. Shironin "Qayta qurish agentlari" kitobida ushbu voqea haqida shunday deb yozgan edi:
"Keysining ma'ruzasi bilan bir qatorda, Reygan SSSRga qarshi olib borayotgan ayirmachilik harakatlarining tabiati, Moskva va Leningrad elchixonalari harakatlariga oid topilgan hisobotlarda, shuningdek, qo'lga kiritilgan agentlar haqida maxfiy ma'lumotlarni, jumladan, SSSRning davlat tuzilmalarida ta'sir etuvchi agentlari haqida, sovet qo'shinlari, mudofaa va iqtisod haqida materiallar bilan to'lib toshgan bolib, hattoki U.Keysi Sovet Ittifoqiga valyuta tushumlarining diagrammasini ham ajoyib dallilar bilan korsatib otgan edi. Strategik rejalar quyidagilar iborat: "Sovetlarga jiddiy zarar yetkazish, o'z iqtisodiyotini to'liq tartibsizlikka aylantirish keyin jamiyat va davlatdagi voqealar rivojini nazorat qilish hamda unga ta'sirini kuchaytirish uchun ijobiy holat yuzaga keltirishdir". Bularning hammasi AQShning foydasi uchun milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda amalga oshirish zarurligini korsatmoqda".
R.Reygan bir guruh yaqin maslahatchilar bilan "Sovet imperiyasini" buzish uchun maxsus strategiyani ishlab chiqa boshladi. Ushbu hujumning maqsadi va vositasi milliy xavfsizlik bo'yicha maxfiy hisobotlarda aniqlangan (N500), uning mazmuni Shironin kitobida ham bayon etilgandir. 1982 yil mart oyida "Sharqiy Yevropada sovet ta'siri zararsizlantirilishini va bu mintaqada anti-sovet tashkilotlarini qo'llab-quvvatlash uchun yashirin choralar va boshqa usullarni qo'llashni” boshlab yubordi (Ushbu hujjatlar N500-32 nomli shifrda rasmiylashtirilgan).
1982 yil may oyida esa Prezident R. Reygan SSSRga nisbatan AQShning iqtisodiy strategiyasini aniqlagan sakkiz betlik umumiy va maxsus ko'rsatmaga imzo chekdi. Hujjatda prezident ma'muriyatining muayyan bo'linmalari uchun ko'rsatmalar mavjud bo'lib, sovet iqtisodining zaif tomonlarini ushbu usullarni "ishlatish" ga e'tibor qaratilishi lozim edi. Asosiy maqsad, Moskvani texnologik oyinga majburiy jalb qilish orqali uni asta sekin zaiflashtirib borish edi. 1982 yilning noyabrida Amerika Qo'shma Shtatlari "strategik uchlik" ga, ya'ni sovet asosini tashkil etuvchi milliy iqtisodning asosiy tarmoqlarga iqtisodiy zarba berish korsatmasi tasdiqlandi. (N500-66 hujjat shifri) Nihoyat, 1983 yil yanvarida Reygan "Sovet tuzumidagi fundamental o'zgarishlar" ni belgilab bergan "N500-75" direktivasini imzolandi.
SSSRga qarshi Vashington rasmiylari yani “Siyosiy idoralar bolimda ishlovchi maxsus xizmat xodimlari tomonidan dovdiratish usulining yangi sifat bosqichiga erishildi. Xullas, R.Reygan tomonidan imzolangan 75-sonli Direktiv, sotsialistik davlatlarning ichki ishlariga bevosita aralashuvni rejalarini belgilab qo'ydi. Shu bilan birga, asosiy e'tibor "ichki muxolifat kuchlarini yaratish va mustahkamlash" ga qaratilgan bo'lib, ularga tashqaridan yordam berish orqali o'zlarining mamlakatlarini “G'arb” hokimiyatiga boysindirish va siyosiy yo'nalishni o'zgartirishlari kerak edi. Direktiv aniq harakat qilish uchun "demokratiya va jamoatchilik diplomatiyasi dasturi"ni yaratish zarurligini ta'kidlab otish lozimdir.
Ushbu dasturning amaliy natijasi sifatida, xususan, kelgusi ikki yil mobaynida yetakchi kadrlar tayyorlash va sotsialistik mamlakatlarda g'arbga xos siyosiy partiyalar va kasaba uyushmalari yaratish uchun $ 85 mln. dollar mablag ajratishni nazarda tutilgan bolib, shuningdek, "Uchinchi dunyo" (bu sotsialistik yo'nalishga rioya qiladigan davlatlarda) "Milliy va xalqaro mehnat harakati" ni yaratish uchun 17,8 mln. dollar mablag ajratilgan edi.

Yüklə 1,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə