Ruxsatnoma hurmatli talaba isroilov olimjon azizjon o‘G‘LI!



Yüklə 11,13 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix23.12.2023
ölçüsü11,13 Kb.
#155469
ISROILOV OLIMJON AZIZJON O G LI



RUXSATNOMA 
Hurmatli talaba 
ISROILOV OLIMJON AZIZJON O‘G‘LI! 
Siz Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetiga qarashli 
53-sonli Talabalar turar joyiga qabul qilindingiz. Yangi o‘quv yili boshidan 
ushbu Talabalar turar joyining -xonasiga joylashishingiz mumkin. 
Talabalar turar joyiga joylashishdan avval belgilangan tartibda to‘lovni amalga oshirishingiz 
lozim. Siz ushbu ruxsatnomani olish bilan bir qatorda TTJ nizomida keltirilgan quyidagi 
ichki 
tartib-qoidalarga
rozi ekanligingizni ham tasdiqlaysiz.
Talabalar turar joyida amal qilishingiz shart bo‘lgan ichki tartib-qoidalar bilan tanishing: 

Talabalar navbatchilik jadvaliga binoan xonalarda, qavat va kirish joylarida navbatchilik 
qiladilar va dam olish joylarida namunali tozalikni ta’minlaydilar; 

TTJ hududida chekish, shovqin solish, spirtli ichimliklar iste’mol qilish, giyohvand 
moddalardan foydalanish, qimor o‘ynash, diniy aqidalarni targ‘ibot etish, ruxsatsiz dam 
olish kechalarini o‘tkazish, xonadan-xonaga ruxsatsiz ko‘chish qat’iyan man etiladi; 

Soat 22.00dan kechikmasdan TTJda bo‘lishi lozim; 

Har bir talaba kechqurun soat 22.00 dan 23.00 gacha yo‘qlama o‘tkazilishi nuqtai 
nazaridan o‘z xonasida bo‘lishi shart; 

TTJda o‘tkaziladigan hasharlarda, tevarak-atroflarni ko‘kalamzorlashtirish va 
obodonlashtirish ishlarida muntazam ravishda qatnashishlari lozim; 

TTJda istiqomat qiluvchilar 5 ta muhim tashabbus yo‘nalishlari ijrosida faol qatnashishi 
kerak; 

Talaba yashab turgan xonasi va boshqa umumiy foydalanish joylarini har doim toza va 
tartibli tutishi lozim; 

Hamxonalar va TTJda yashovchilar bilan doimo samimiy, ahil munosabatda bo‘lishi 
kerak; 

TTJ va xonadagi mavjud barcha jihozlarni (shifoner, krovat, tumbochka, stol, stul va 
h.k.) namunali darajada toza va soz holatda tutish talab etiladi;

Elektr plitalaridan to‘g‘ri hamda tejamli foydalanish, qo‘lbola elektr isitgich asboblaridan 
mutlaqo foydalanmaslik lozim; 

Talaba TTJ direksiyasi direktori, tarbiyachi-pedagog, Talabalar Kengashi raisi, qavat 
sardori, navbatchilar, mas’ul xodimlar va xizmatchilarni bajarish chegarasidagi 
talablariga itoat etishi va so‘zsiz bajarishi lozim; 

Talabalar chiqindilarni belgilangan joyga o‘z vaqtida chiqarib tashlashlari lozim; 

TTJga joylashish jarayonida talabalardan TTJ direksiyasi direktori bilan shartnoma tuzib, 
ichki tartib-qoidalarga rioya etish haqida kafolat xati olinadi. 

Yüklə 11,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə