S. F. Abdirasilov



Yüklə 7,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/167
tarix29.11.2023
ölçüsü7,93 Mb.
#143047
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   167
Tasviriy san\'at o\'qitish metodikasi (S.Abdirasilov) (1)

-'- 
'.LJ
0 ‘.Tansiqboyev. Kenglik.
Dj.Lepesov. Uchlik.
Amaliy ishlar birinchi sinfdan to‘rtinchi sinfgache, asosan. to'rtta 
o‘quv masalalarini hal qilishga qaratiladi;
1. Kompozitsion faoliyat.
2. Rang va bo‘yoqlar.
3. Shakl, proportsiya, konstruksiya.
4. Fazo (makon).
Boshlang‘ich sinflarda o‘tiladigan amaliy mashg‘ulotlar jarayonida 
bolalarda qatiylik, faoliik, o‘z kuchiga ishonch hosil qilinadi
shuningdek, ijodkorlik, mustaqil fikr yuritish va ishlash qobiliyatlarini 
tarbiyalash yetakchi o‘rinni egallaydi. Bu o‘rinda o‘quvchilar vazifani 
ko‘rgazmali tarzda, obrazlar orqali idrok etishlari talab etiladi.
Boshlang‘ich sinflarda bo'yoq bilan ishlash mashg‘ulotlarida 
ranglarning turli tus va och-to‘qligini farqlay bilishga, kerakli ranglarni 
tanlay olishga o‘rgatish asosiy vazifadir. Bu sinflarda ko‘proq guash, 
akvarel bo‘yog‘idan foydalaniladi va ularni esa aralashtirib ham ishlatish 
mumkin.
Dasturda qadimgi va hozirgi zamon o‘zbek tasviriy san’atini 
o‘rganishga alohida e’tibor berilgan bo‘lib, u birinchi sinfdan boshlab 
oxirgi sinfgacha katta o‘rinni egallaydi. Bunda har bir mashg‘ulotlarda 
o‘zbek xalq amaliy san’ati, 0 ‘rta Osiyo va o‘zbek tasviriy san’ati 
asarlari, hozirgi o‘zbek tasviriy va amaliy san’ati namunalaridan keng 
foydalaniladi.
0 ‘quv predmetining, amaliy san’at, xususan xalq amaliy san’atiga 
katta o‘rin beriladi. Birinchi sinfdan boshlab turli naqsh namunalari 
chizdiriladi. 0 ‘qituvchi tomonidan tavsiya etilgan naqsh sxemalari va
45
www.ziyouz.com kutubxonasi


elementlari asosida bolalar turli predmetlar uchun naqsh ishlaydilar. 
Mustaqil ravishda butunlay ijodiy naqshlar tuzadilar, dekorativ bezak 
ishlarini bajaradilar. Bu vazifalarni bajarishda bolalar asosiy e’tibomi 
dekorativ kompozitsiyalarni chiroyli ko‘rinishda tuzish va rang tuslarini 
to‘g‘ri tanlashga qaratadilar.

Yüklə 7,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə