S. Hasanov D. Abdumadjidova N. Ataeva shaxsning bilish jarayonlari psixologiya nazariyasi



Yüklə 259,31 Kb.
səhifə30/32
tarix25.09.2023
ölçüsü259,31 Kb.
#123879
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
билиш жараёнлари (5)

Natijalar:


Agar «a» javoblari ko`p bo`lsa: sarguzashtga boy voqealarga duch kelishga bo`lgan qiziqishingiz juda kuchli. Asablaringizni qitiqlab qo`yuvchi hodisalar ishtirokchisi bo`lishga intilib, turli sarguzashtnamo voqealarga aralashib yurasiz. Harakatlaringizni oldindan o`ylab ko`rmasligingiz ham shu qiziqishlaringiz tufayli bo`lsa kerak. Ammo ehtiyotkorroq bo`lishni ham unutmang. Amalga oshirmoqchi bo`lgan qarorlaringizni oldindan o`ylab ko`ring. Axir tavakkalchilik hamisha ham omad keltiravermaydi-ku.
Agar «b» javoblari ko`p bo`lsa: o`zingizda bahzan sarguzasht va turli antiqa voqealarga nisbatan bo`ladigan qiziqishni vaqtida jilovlay olasiz. To`g`ri, siz yangiliklarga o`chsiz, ammo sovuqqonlik hamda mulohazakorlik bilan ish tutasiz. Bahzan ichki sezgingizga ham ishoning, tavakkal bosilgan qadam ham yutuqlar keltirishi mumkin.

Shaxs hissiyotini aniqlash testi.


Mazkur test orqali sevgilingizni qaysi tipga mansub ekanligini bilib olishingiz mumkin.
Sevgilingiz hayotga qanday qarashi sizni juda ham qiziqtirsa kerak, to`g`rimi? Masalan, uning qiziqishlari, kelajakdagi orzulari, xaqiqatni tan olishi va fe’l-atvorini to`liq bilib olishni hoxlaysizmi? Bu borada quyidagi test sizga yordam beradi.

  1. Sevgilingizning yoqtirgan mashg`uloti:

a) sumkasini to`ldirib, toqqa jo`nash;
v) chaqirilmagan bo`lsa ham, bazmlarda yayrab o`tirish;
s) turli mavzularda aqlli, o`ylantiradigan gaplarni tinglash va o`z munosabatini ham bildirib qo`yish.

  1. U pul yoki boylikdan birdaniga o`zgarib ketishi mumkinmi?

a) oltin bo`lsa, o`zgarish ham gapmi, mendan voz kechishdan ham toymaydi;
v) ha desam ham, yo`q desam ham bo`ladi, yana bilmadim;
s) menimcha u pul va boylikka befarq.

  1. Uning keladigan vaqtida birdan chiroq o`chib qoldi. Sizningcha, voqeaning davomi qanday kechadi? U:

a) chetroqqa o`tib chiroq yonishini kutib turishni taklif qiladi;
v) qorong`ida yolg`iz qolishimizni orzu qilganini aytadi;
s) hayolimga ham keltira olmayman. Balki u qorong`ilikni yoqtirmas.

  1. U sizga his-tuyg`ulari haqida tez-tez gapirib turadimi?

a) har gal sevgi izhor qilganida osmonda uchayotgandek qanot yoza boshlaydi;
v) hayronman, nega men bilan ertaroq tanishmagan-a?!
s) uning maqsadi - istaklarimni bajarish, ko`z oldimda qahramon bo`lib gavdalanish.

  1. Unchalik baland bo`lmagan tepalik ustida turib, katta shahar va mashinalar gavjum ko`chalarni kuzatayapsiz, shu vaqt u nima haqida gapirishi mumkin?

a) jim turgan holda bir-birimizga termulamiz;
v) agar qanotlarimiz bo`lganida, birga uzoqlarga uchib ketishimiz haqida; s)
«Qanday zerikarli va shovqinli shahar-a»... shunga o`xshash gaplar.

  1. Sevgilisiga nimadir sovg`a qilish u uchun anhanaga aylanganmi?

a) huda-behudaga pul sarflash unga xos emas;
v) sovg`adan ko`ra hissiyotlarini, sevishini afzal ko`radi;
s) menga sovg`alar berish unga odat bo`lgan.

  1. U biror marta sizni erta tongda quyosh chiqishini kuzatishga taklif qilganmi?

a) yo`g`-e, bunday ishni axmoqlar kiladi!
v) quyosh chiqishini emas-u, lekin toqqa chiqishni taklif qilgan;
s) ajoyib fikr, u bilan kelishib olish kerak!
Test kaliti:






1

2

3

4

5

6

7

a

0

6

3

6

3

6

3

b

3

0

6

3

0

3

0

s

6

3

0

0

6

0

6


Yüklə 259,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə