S. Hasanov D. Abdumadjidova N. Ataeva shaxsning bilish jarayonlari psixologiya nazariyasi



Yüklə 259,31 Kb.
səhifə19/32
tarix25.09.2023
ölçüsü259,31 Kb.
#123879
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   32
билиш жараёнлари (5)

hissiyotning chuqurligi - birovning hissiyotiga oid hayotini bilish uchun uning hissiyotining qanchalik chuqurligini bilish muhimdir. CHuqur his deb, hayotning shu odam uchun eng muhim bo`lgan tomonlariga daxil qilgan, kishining fikri, tiliga va orzulari bilan ko`p aloqador bo`lgan va kishining butun ruhiy hayotini aks etib ko`rinuvchi hisni aytamiz. Hissiyotning boy va mazmundorligi, inson hislarining kuchliligidan ko`ra ko`proq chuqurligiga bog`liqdir;

  • hissiyotlarning barqarorligi - ularning chuqurligi bilan juda yaqin bog`liqdir. Chuqur his mahkam va barqaror bo`ladi; sayoz hislar esa, garchi kuchli bo`lsa ham, umri qisqa bo`lib, tez o`tib ketadi.

    Uzoq davom etadigan va barqaror bo`lgan emotsional holatlardan biri – ehtirosdir. Kayfiyatdan ehtirosning farki shuki, ehtiros muayyan harakatga, muayyan obyektiv muttasil intilishda kuchli suratda ifodalangan holatdir. Bular - ijobiy ehtiroslarga misol bo`lib, ular odamni ulkan ijodiy faoliyat yo`liga yetaklovchi kuchdir.
    Ehtiroslar kishidagi barqaror his-tuyg`ularning alohida turini tashkil etadi. Odamlarning bajarayotgan ishiga va hayotida yuz berayotgan narsalarga nisbatan ichki munosabati boshdan oxirigacha barqaror tus kasb etadi, doimiy harakat qiluvchi kuchga aylanadi. Bu kuch kishi tomonidan uni hayajonlantirgan narsa qanday idrok etilishi, tasavvur qilinishi va hayolga keltirilishi, uning bir-biri bilan almashib turadngan hissiyotlarni, affektlarni, kayfiyatlarni qanday boshdan kechirishi xususiyatlarini belgilaydi. Bu kuch muayyan harakatlarga da’vat etuvchi va qaror topgan his-tuyg`uga mos kelmaydigan xatti-harakatlarga qarshi qudratli to`siq sifatida namoyon bo`ladi. SHunday qilib, his-tuyg`u kishining tafakkur va faol faoliyat ko`rsatishi jarayoniga jalb etilgan bo`ladi. Kishining fikrlari va xatti- harakatlari yo`nalishini belgilaydigan barqaror, chuqur va kuchli his-tuyg`u – ehtirosdir.
    Depressiya - doimo gamgin, yomon kayfiyatda yurishdir. Bunday insonlar boshqalarga aralashib keta olmaydi, kam gapiradi, ko`pincha ko`zga yosh oladi. Uning dili mahyus, yomon fikrlar va hayollar bilan band bo`ladi. Hozirgi axvoli, o`tgan kunlari va kelajagi unga qorong`udek tuyuladi. Depressiv kayfiyat turmushdagi muvaffaqiyatsizliklar va ruhiy shikastlar oqibatida kelib chiqqan bo`lishi ham mumkin. Ularning sababi bo`lganda va bu holat unchalik yaqqol bo`lmaganda uni normal reaktsiya deb qarasa bo`ladi. Ruhiy kasal bemorda ovqatdan yuz o`giradigan, o`zini qatl qilishga urinishgacha olib boradigan uzoq davom etadigan og`ir depressiyalar kuzatiladi.
    Eyforiya - vaqtichog`lik, beg`amlik, bir oz ko`tarinki kayfiyat tushuniladi. Eyforiyada odam tetik, harakatchan, sergap, uning imo-ishoralari jonli, gapirganda qo`llari harakatda, ovozini keragidan qattiqroq qilib chikaradi. Olam ularning ko`ziga g`oyat chiroyli rangli buyoqlarda gavdalanadi. Odam xursand bo`lganida, muvaffaqiyat qozonganda va shunga o`xshash shodlik kunlarida eyforiya normal reaktsiya hisoblanadi. Eyforiya uchun psixologik asoslar bo`lmasa yoki u xatto salbiy hayotiy hodisalarda ham paydo bo`lsa, uni patologik holat deb ko`zdan kechirish mumkin.
    Psixologiyada his-tuyg`ular turlarni alohida ajratib ko`rsatish mumkin:

        1. shakl




    Yüklə 259,31 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   32




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə