S, Qorayevning «Toponimika» qo'llanmasi toponimikaning ilmiy-nazariy asoslariga feamda O'zbekiston toponimiyasiga bag'ishlangan va shubhasiz, ijtimoiy hajitda gujnanitar fanJaming eng dolzarb



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/74
tarix26.04.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#86078
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   74
MA’ruza matni

chorbog'lar 

boy-


feodallarrring  mulki  hisoblangan.  Ba'zan  shaharning  ikki  tomoniga  teraklar  ekilgan 

bosh  xiyoboni 



chorbog' 

deyilgan. Hozir  ko'p  joylarda gir atrofi  devor bilan o'ralgan 

har  qanday  bog',  shuningdek,  shahar  chekkasidagi  bog'lar 

chorbog' 

(chorvoq) 

deyiladi.  Farg'ona  vodiysida 

chorvoq 

degan  urug'  boigan.  Boysun,  Narpay, 

Samarqand,  G'ijduvon,  Xiva,  Baliqchi,  Uchqo'rg'on  tumanlarida  Chorbog’,  Vobkent 

tumanida  Chorbog’kent,  Samarqand  tumanida  Cborbog'tepa,  Beshariq  tumanida 

Chorbog'turang,  Qiziltepa,  Bulung'ur  tumanlarida  Chorhoq,  Kogon  tumanida 

Chorbog'kent qishloqlari, Bo'stoniiq tumanida Chorvoq suv ombori bor. 

Chordara  –  to'rt  eshikli  (ikki  eshigi  shimolga,  ikkitasi  janubga  qaragan)  xona 

yoki  boloxona.  Podsholik  chegaralaridagi  minora,  ya'ni  qorovulxona  ham 



chordara 

deyilgan 



(dar  — 

eshik).  Prof.  M.Y.  Masson  chordara  so'zi 



chaldivor 

«vayrona» 

ma'nosini  bildiradi  deydi.  Ishtixon, Samarqand, Narpay, Konimex, Navoiy, Oltiariq, 

Amudaryo  tumanlarida  Chordara  qishloqlari  bor;  Qozog'iston  bilan  O'zbekiston 

chegarasida Chordara suv ombori joylashgan. 

Chorsu  –  markaziy  bozor.  Dastlab  bu  so'z  «Avesto»da  -  chovrusuk  («to'rt 

tomonlama») shaklida uchraydi va «bozor» ma'nosini anglatadi. Keyinchalik bu so'z 

chaxorsu, 

nihoyat 


chorsu 

shaklini  olgan  va  «gumbazli  bozor»  ma'nosini  anglatgan. 

Bundan  tashqari,  tarixiy  asarlarda 

chorbozor 

yoki 


chorsuq 

so'zi  ham  uchraydi 

(arabcha 

suq  –

  bozor).  Shunday  qilib,  ko'chalar  kesishgan  joydagi  bozor  maydoni, 

ya'ni markaziy gumbaz 

chorsu 

deb atala boshlagan. 




O'ba, o'va – baland joyga, ba'zan tekislikka terib qo'yilgan tosh uyumi, tepalik 

(G'arbiy  Sibir,  Qozog'iston).  Rus  adabiyotida 



obo 

(obon)  –  biron  muqaddas  joydagi 

suyak, shox, tosh uyumi, shuningdek daraxt yoki tayoq boshiga osilgan latta-puttalar

Oltoy,  Qozog'istonda 



o'ba 

(oba)  atamasidan  hosil  bo'lgan  toponimlar  kam  emas; 

masalan, Qozog'istonda 

Besota, Obali, O'balikol, Obalisoy, O'balisarijal 

degan joylar 

bor.  Mo'g'ulchada 

o'bo' 

(o'bo'n)  –  uyum,  qo'rg'ontepa  (tepaqo'rg'on,  tuproqqo'rg'on) 

demakdir.  Bu  atamaning  turkiy  tillarda  «turarjoy»,  «qishloq»,  «o'tov»,  «urug'» 

ma'nolari  ham  bor.  Turkman  tilida  doimiy  yaylovlari  hamda  chorva  mollarini 

sug'orish uchun quduqlari bo'lgan ko'chmanchi qabila-urug' 

o'ba 

deyilgan. 

O'guz – daryo. Olimlar Amudaryoning qadimiy nomi (O'ks, O'ksus, O'xsus) shu 

so'zdan kelib chiqqan deb biladilar. Buni Mahmud Qoshg'ariy ham isbotlaydi: «O'kuz 

–  Jayxun,  Firot  kabi  daryolarga  berilgan  nom.  Turk  mamlakatlaridagi  bir  qancha 

boshqa  daryolar  ham  shu  nom  bilan  yuritiladi  («Devonu  lug'otit  turk»,  I  torn, 

Toshkent, 1960. – B.1.). Demak, O'kuz «katta daryo» demak. 

Qal'a  (arabcha)  –  Yevropa,  Afrika  va  Osiyoning  katta  qismida  «istehkom», 

«qasr»,  «qalin  va  baland  devor  hamda  xandaqlar  kabi  mudofaa  vositalari  bilan 

mustahkamlangan  joy»,  «shahar»,  «qishloq»  ma'nolarida  toponimlar  tarkibida 

keladigan geografik atama. Xorazmda 

qal'a – 

bu atrofi qalin devor bilan o'ralgan joy: 

Ichanqal'a  -  ichki  shahar  (forscha-tojikcha 

qal'ai  damn), 

Dishanqal'a  (forscha-

tojikcha 

shahri  berun). 

Xorazmda  Burgutqal'a,  Qo'yqirilganqal'a,  Jonbosqal’a  kabi 

shahar  xarobalari  uchraydi.  Qozoqcha 

qal'a, 

qirg'izcha  qalaa  –  «shahar». 

O'zbekchada  ham 

qal'a 

deganda  rus  shaharlari  tushunilgan.  Rossiya  shaharlariga 

borib, 

savdo-sotiq 

qiluvchi  savdogarlar  «qal'achi»  deyilgan. 

Qalakovush 

(qal'akovush) deganda rezinka kalish (rus shaharlaridan keltirilgan) tushunilgan.  

Qarshi  –  shoh  qasri,  xon  qo'rg'oni,  saroy,  xon  qarorgohi.  Mahmud 

Qoshg'ariydan  tortib  Hofizi  Abru,  akademiklar  V.V,  Radlov,  V.V.  Bartoldgacha 

turkiy 

qarshi 

so'ziga  shunday  izohlar  berilgan.  Zahiriddin  Muhammad  Bobur  esa 

shunday  izoh  beradi:  «Qarshi  –  mo'g'ulcha  so'z,  go'rxonani  (sag'anani)  mo'g'ul  tili 

birla  qarshi  derlar».  T.  Nafasov  yozganidek,  XV-XVI  asrlarda  xon  avlodi,  ulug' 

ruhoniy  va  boshqa  mo'tabar  shaxslar  qabri  uchun  qurilgan  daxma,  maqbara  ham 

qarshi 

deyilgan,  chunki  o'sha  davr  odatiga  ko'ra  bunday  kishilar  jasadi  maqbara 

ichiga qo'yilgan, maqbara esa saroy, ya'ni 

qarshi 

ichida bo'lgan. Hozirgi Qashqadaryo 

viloyatining  markazi  Qarshi  shahridan  tashqari,  shu  so'z  bilan  atalgan  boshqa 

toponimlardan qadimgi Mo'g'ulistondagi mo'g'ullarning yozlik o'rdasi Qarshi shahrini 

(Hi  daryosi  bo'yida),  Turkmaniston  Respublikasining  Turkmanboshi  shahri 

yaqinidagi  Qarshi  toponimini,  Rossiya  Federatsiyasi 



Xakasiya 

avtonom  oblastidagi 

Karshi  (Xarshi)  aholi  punkti  nomlaritti  aytish  mumkin.  Denov,  Yuqori  Chirchiq, 

Jarqo'rg'on,  Pastdarg'om  tumanlaridagi  Qarshi  (Qarshiyora,  Qarshilik)  toponimlari 

viloyat markazi nomi in'ikosidir. 

Qarg'a  –  umumturkiy  etnonim:  oltoyliklar,  boshqirdlar,  qoraqalpoqlar, 

qirg'izlar,  xakaslar,  o'zbeklar  (qo'ng'irot  va  yuz  qabilalari)  tarkibida  qayd  qilingan 

urug'.  O'zbek  qipchoqlar  va  saroylar  ichida 



qarg'aoyoq 

yoki 


qarg'aoyoqli 

urug'i 


uchraydi. 

Qasr  (arabcha)  –  qal'a,  hashamatli  saroy,  ko'shk  (asli  lotincha  kastra,  kastrum 

so'zidan).  Mashhur  shayx,  naqshbandiylik  tariqati  asoschisi  Bahovuddin  Naqshband 



Qasri Hinduvon qishlog'ida tug'ilgan. Bu qishloq keyinchalik buyuk shayx sharafiga 

Qasri  Orifoa  –  «Bilimdonlar  qasri»  deb  atalgan. 



Qasr 

atamasidan  tarkib  topgan 

toponimlar  arab  va  Yaqin.  Sharq  mamlakatlarida,  shuningdek  Eron,  Afg'onistonda 

ko'p. 


Qorabayir  –  etnonim.  Zarafshon  vodiysidagi  mang'itlarning,  o'zbek 

qipchoqlarning bir urug'i 



qorabayir 

deb atalgan. Payariq, Koson, Qarshi tumanlarida 

Qorabayir qishloqlari bor. Qovchin qabilasi tarkibida 

qorabovur 

urug'i qayd qilingan. 

Qorovul  –  posbon,  soqchi.  Turkiy  tillarda  «qarab,  qo'riqlab  turmoq» 

ma'nosidagi 



qara 

felidan  olingan.  Ba'zi  bir  turkshunoslar  «vul»  qo'shimchali  so'zlar 

mo'g'ul  tilidan  o'tgan  deyishadi.  Bu  so'z  rus  tiliga  ham  kirgan.  Har  xil  fonetik 

variantlarda  Rossiya  hududida  (ayniqsa  Sibirda),  Qozog'iston,  Turkmaniston,  Eron, 

Afg'oniston, Kavkazda Qoravul, Qoravultepa singari nomlar ko'p uchraydi. Qadimda 

yovning   qayoqdan   kelayotganini   ko'rish   uchun   tosh-tuproq   uyib ko'tarilgan 

sun'iy tepaliklar Qorovultepa deb atalgan. 

Qoracha – etnonim. O'zbeklarda qatag'on, qirq, laqay, saroy qabilalari tarkibida, 

qozoqlarning  jetiruv,  qirg'izlaniing  munduz,  saruu  qabilalari  tarkibida 

qoracha 

(qaracha) 

urug'i  qayd  qilingan.  Ishtixon,  Narpay,  Xatirchi,  Jalaquduq  tumanlarida 

Qoracha qishloqlari bor. 

Hazora  –  Amir  Temur  davrida  mingta  jangchi  yetkazib  beradigan  ma'muriy-

hududiy birlik yoki olingan hosil bilan ming jangchini boqish mumkin bo'lgan hudud. 

Samarqand, Shahrisabz tumanlarida Hazora qishloqlari bor.                                                       

Hisor  (arabcha)  –  tekislikdagi  qo'rg'on,  qal'a;  devor  bilan  o'ralgan  istehkom. 

Turkiy  tillarda 



hasar 

(ozarbayjoncha), 



har 

(qozoqcha), 



isar 

(qirg'izcha),  shevalarda 

esa 

zar 

kabi  shaklltr  olgan.  Atamashunos  T.  Nafasov  Zartepa  ham  asli  Hisortepa 

("qo'rg'on o'rnida paydo bo'lgan tepalik") demakdir,  deydi.                      / 


Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə