S, Qorayevning «Toponimika» qo'llanmasi toponimikaning ilmiy-nazariy asoslariga feamda O'zbekiston toponimiyasiga bag'ishlangan va shubhasiz, ijtimoiy hajitda gujnanitar fanJaming eng dolzarb


Nizomiddiy SHomiy. Zafarnoma. – T.: O`zbekiston, 1996



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/74
tarix26.04.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#86078
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   74
MA’ruza matni

 

 Nizomiddiy SHomiy. Zafarnoma. – T.: O`zbekiston, 1996. 

7.

 

Sogdiyskie  dokumenti  s  gori  Mug,  yuridicheskie  dokumenti  i  pis'ma. 

Perevod i kommentarii Livshitsa. Vipusk II. –  M., 1962. 

8.

 

Qorayev S. Toponomika. – T., 2006. – 320 b. 

 

 



9- MAVZU. GEOGRAFIK NOMLARNING YOZILISHI (2 soat). 

Reja: 

1.

 

Geografik nomlarning yozilish tartiblari. 

2.

 

Geografik nomlarning yozilishini standartlashtirish. 

3.

 

Geografik nomlar tanskripsiyasi. 

1.  Toponimlar  geografik  xaritalar  va  planlarning  ajralmas  tarkibiy  qismi 

hisoblanadi.  Shu  bilan  birgalikda  talay  toponimlar  qonuniy  hujjatlarda,  hukumat 

qarorlarida,  ma'muriy  boshqaruv  organlari  faoliyatida,  transport,  aloqa  ishlarida, 

xilma-xil  ma'lumotnomalarda,  ilmiy,  ta'lim,  axborotga  oid  va  boshqa  nashrlarda 

ko'plab uchrab turadi. 

Geografik  nomlarni  nuqsonsiz  to'g'ri  yozish  umumiy  imloviy  savodxonlikning 

uzviy bir qismidir. 

Geografik nom - toponim ham so'z, lekin biron obyektni ifodalaydigan atoqli ot. 

O'zbekiston  hududidagi  barcha  geografik  nomlar  o'zbek  tili  imlosining  amaldagi 

qoidalari asosida yoziladi. 

O'zbek tilida ikki va undan ortiq so'zlardan (turdosh otlardan) iborat (murakkab) 

geografik nomlar qo'shib yoziladi. Bunga misollar keltiramiz. 

Ot+ot. 


Abdiqishloq, Qorovulbozor, Qumgo'rg'on.

 

Sifat+ot. 



Yomonjar, Mamaqishloq, Qiziljar, Qoratog', Uzunsoy, Sovuqbuloqchi, 

Torariq, Egriko'l.

 

Son+ot: 



Beshbuloq,  Qo'shrabot,  Yolg'iztol,  Mingchuqur,  Qo'shko'prik, 

To'qsonkamar, O 'ttizadir.

 

Ot+fe'l; 



Soykeldi, Qo'yqirilgan, Tangatopdi, Qozonketgan.

 



Birinchi  tarkibiy  qismi  sifatdan,  ikkinchi  tarkibiy  qismi  geografik  atamadan 

iborat  bo'lganda: 



Balandmachit,  Balandravot,  Qyoqishloq,  Oqqo'rg'on,  Oqtepa, 

Ko'kbuloq, Ko'kgumbaz, Sarisuv, Sariqtepa, Qizilsuv, Qizilsoy, Qizilqum, Yuqoriovul, 

Etakovul, Quyimahalla, O'rtachek, O'rtasaroy 

kabi yoziladi. 

Birinchi  tarkibiy  qismi  sondan,  ikkinchi  tarkibiy  qismi  geografik  atamadan 

iborat bo'lganda 



Beshariq, Beshayvon, Yolg'izbog', Yolg'izqum, Yakkasaroy, Yakkatol 

shaklida yoziladi. 

Birinchi tarkibiy qismi tartib sondan, ikkinchi qismi geografik atamadan iborat 

bo'lgan hollarda 



Ikkinchisolma, Yettinchiqo'tir 

shaklida yozish maqsadga muvofiqdir. 

Quyidagi hollarda qo'shib yoziladi: O'zbek tilida ikki va undan ortiq so'zlardan 

iborat qo'shma (murakkab) geografik nomlar qo'shib yoziladi. 

Ot+ot: birinchi tarkibiy qismi kishj ismi (familyasi)dan, ikkinchi tarkibiy qismi 

geografik  atamadan  iborat  bo'lganda: 



Abdiqishloq,  Shofayziquloq,  Rahimobod, 

Ismoiltepa.

 

Ot+ot: birinchi tarkibiy qismi etnonimdan, ikkinchi tarkibiy qismi esa geografik 



atamadan iborat bo'lganda: 

Naymangishloq, Do'rmonariq, Qozoqovul, Yobuqo'rg'on, 

Arabband, Ka'rpamahalla.

 

Ot+ot:  har  ikkala  tarkibiy  qism  htm  atamalardan  –  geografik  va  jjtimoiy-



iqtisodiy  atamalardan  iborat  bo'lganda: 

Qumqo'rg'on,  Bozorjoy,  Qorovulbozor, 

Toshbuloq, Qumquduq, Sharloqsoy 

(sharloq, sharilloq-sharshara). 

Sifat+ot:  birinchi  tarkibiy  qismi  sifatdan,  ikkinchi  qismi  geografik  atamadan 

iborat  bo'lganda: 



Balandmachit,  Balandravot,  Bo'laksuv,  Kattabuloq,  Kichikqishloq, 

Yangibozor,  Oyoqbog',  Oqqo'rg'on,  Ko'kbuloq,  Sarisuv,  Eskiquduq,  Tozayop, 

Qiziljar, Qoratog', Uzunsoy, Sovuqbuloq, Torariq, Egriko'l, Sho'rquduq, Yuqoriovul, 

Etakmahalla, Pastqishloq.

 

Son+ot:  birinchi  tarkibiy  qismi  sondan,  ikkinchi  tarkibiy  qismi  geografik 



atamadan  iborat  bo'lganda: 

Beshbuloq,  Yolg'izqum,  Yakkasaroy,  Qo'shrabot, 

Qo'shko'prik, Mingchuqur, To'qsonkamar, O'ttizadir 

kabi. 


Ikkinchi  tarkibiy  qismi  o'simlik  yoki  hayvon  nomidan  iborat  bo'lganda: 

Qo'shtol, Beshqayrag'och, O'narcha, Beshechki, Yolg'iztol.

 

Quyidagi hollarda ajratlb yoziladi: 



Geografik nom oldida qandaydir sifat kelganda: 

a)  Katta Oqtepa, Katta Beshkapa, Katta Qorabog', Katta Naymancha; 

b)    Kichik  Aravon,  Kichik  Qo'rg'oncha,  Kichik  Amirobod,  Kichik  Toshloq,   

Past  Olaqarg'a,   Past  Oqqo'rgon,   Past   Burqut,   Past Sho'robod; 

d)   Pastki Oyoqchi, Pastki Qoraqiya, Pastki Sariqamish, Pastki Uyshun; 

e)   Quyi Janafar, Quyi Beshravot, Quyi Sho'robot, Quyi Navmetan; 

f)  Eski Haytobod, Eski Elbayon, Eski Xo'jaobod, Eski Haqqulobod; 

g)  Etak Boybo'ta, Etak Saroy, Etak Oqqo'rg'on, Etak Qoramozor, 

h) O'rta Qorabog', O'rta Rahimobod, O'rta Sho'rchi, O'rta Saydov; 

i) Yuqori Arabxona, Yuqori Olot, Yuqori Qoraqiya, Yuqori Jirmiz; 

j) Yangi Naynova, Yangi Baliqchi, Yangi Gulbog', Yangi Mirishkor. 

Kishilarning  ism-familiyalaridan,  taxalluslaridan  iborat  geografik  nomlar 

alohida (ayrim holda) yoziladi: 

Kimyoxon Xo'jayeva, Parda Tursun, Usmon Yusupov, 

Hamza Hakimzoda, Alisher Navoiy ko 'chasi Habib Abdullayev ko'chasi 

kabi. 



General Uzoqov ko 'chasi, Buyuk Ipak yo'li bekati, O’zbekistonning besh yilligi, 

Istiqlolning  o'n  yilligi  shirkat  xo'jaliklari 

kabi  ko'p  so'zii  nomlar  ayrim-ayrim 

yoziladi. 

Quyidagi  hollarda  qo'shtirnoq  ichiga  olinadi:  Zavod-fabrikalar,  shirkat 

xo'jaliklarining,  firmalarning  nomlari  qo'sbtirnoq  bilan  yoziladi:  «Toshkent»  shirkat 

xo'jaligi, «Zomin» jamoa xo'jaligi, «Malika» fabrikasi. 

Geografik  obyektlarning,  matbuot  organlarining  nomlari  bilan  atalgan 

toponimlar  xaritalarda  qo'shtirnoqsiz  yoziladi: 



O'zbekiston  ovozi  gazetasi  ko'chasi, 

Movarounnahr ko'chasi.

 

Sonlar  bilan  yozilish  tartibi:  Geografik  nomlar  tarkibiga  kirgan  tartib  sonlar 



nomning  oldida  birinchi  o'rnida  so'z  bilan  yoziladi:     

Yettinciqo'tir 

(ruscha  xutor 

so'zidan), 

Beshinehi brigada 

kabi. 


Geografik obyektning turini bildiradigan so'zlar geografik atamalar hisoblanadi. 

Masalan, 



kol,  cho'l,  tog',  adir,  ariq,  oral,  quduq,  muzlik,  botqoqlik,t  qirg'oq, 

sharshara, qir, botiq, vodiy, soy, kanat, tekislik 

va b. 


Geografik  atamalar  turdagi  otlar  bo'lganida  gegrafik  nomdan  keyin  kichik 

harflar bilan alohida yoziladi. 

Geografik  atamalar  toponimlar  tarkibiga  kirganda  qo'ishib  yoziladi  va  shu 

geografik  nomlardan  keiyin  yana  takrorlanishi  mumkin:  Qora-tog'  tog'i,  Oqtepa 

tepaligi,  Sirdaryo  daryosi,  Kattaqishloq  qishlog'i,  Oqkon  koni,  Tandirqum  qishlog’i 

kabi. 


Xartalarga  aholi  punktlarining  nomlari  yonida  ularning  turlarini  bidiradigan 

so'zlar (shahar, qishloq, ovul, shaharcha va boshqa) yozilmaydi. 

Atamalar  turli  joylarda  turlicha  talaffuz  qilinishi  mumkin.  Jonli  til  so'zlardan 

iborat atamalarning talaffuz shakli joy nomlari yozilishida saqlanib qoladi. 

Birinchi  tarkibiy  qismi  ot  yoki  sifatdan,  ikkinchi  atoqli  otdan  iborat  bo'lgan 

toponimlar  defis  orqali,  har  ikki  komponenti  ham  katta  harflar  bilan  yoziladi: 

Chig'atoy-Oqtepa,  Ko'kcha-Oqtepa,  Ozod-Buxoro,  Dasht-Azlartepa,  Dasht-Jaloir, 

Bog'i-Samarqand,  Do'ng-Qovchin,  Qo'shtepa-Saroy,  Tajik-Pistakent,  O'qchi-

Qushqo'noq, Xaroba-Qulonchi, Chorbog'-Boyqo'ndi, Chek-Nasriddin, Chek-Jo'rabek, 

Cho'ja-Arab,  Cho'ja-Yuziya. 

Ba'zi  qo'shaloq  so'zlardan  iborat  toponimlar  orasida  defis  qo'yib,  ikkinchi 

tarkibiy  qismi  kichik  harf  bilan  yoziladi:  Oppon-soppon,  Ekin-tikin,    Shirin-shirin,  

Ishchi-xizmatci. 

Birinchi  tarkibiy  qismi  fe'l,  ikkinchi  tarkibiy  qismi  toponim  boigan  geografik 

nomlar: Qolgan-Sir, Qolgan-Chirchiq kabi yoziladi. 

2.  Davlat  hokimiyat  organlari  va  o'z-o'zini  boshqarish  organlarida,  aloqa, 

transport,  statistika  muassasalari,  ommaviy  axborot  vositalarida,  geografik  xaritalar 

va  atlaslarda  hamda  iqtisodiyot,  fan,  madaniyat  birlashmalari  xodimlari,  yuridik 

shaxslar  va  fuqarolar  tomonidan  har  qanday  geografik  nom  –  toponimning  qat'iyan 

bir  shaklda,  standartlashtirilgan  holda  yozilishiga  erishish  davlatning  suverenligini 

ko'rsatuvchi  dalillardan  biridir.  Boshqacha  qilib  aytganda,  har  bir  geografik  obyekt 

nomining  rasmiy  va  umumiste'molda  bir  xilda  yozilishini  qat'iylashtirish, 

qonunlashtirish geografik homlarni 


Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə