Nizomiddiy SHomiy. Zafarnoma. – T.: O`zbekiston, 1996.
7.
Sogdiyskie dokumenti s gori Mug, yuridicheskie dokumenti i pis'ma.
Perevod i kommentarii Livshitsa. Vipusk II. – M., 1962.
8.
Qorayev S. Toponomika. – T., 2006. – 320 b.
9- MAVZU. GEOGRAFIK NOMLARNING YOZILISHI (2 soat).
Reja:
1.
Geografik nomlarning yozilish tartiblari.
2.
Geografik nomlarning yozilishini standartlashtirish.
3.
Geografik nomlar tanskripsiyasi.
1. Toponimlar geografik xaritalar va planlarning ajralmas tarkibiy qismi
hisoblanadi. Shu bilan birgalikda talay toponimlar qonuniy hujjatlarda, hukumat
qarorlarida, ma'muriy boshqaruv organlari faoliyatida, transport, aloqa ishlarida,
xilma-xil ma'lumotnomalarda, ilmiy, ta'lim, axborotga oid va boshqa nashrlarda
ko'plab uchrab turadi.
Geografik nomlarni nuqsonsiz to'g'ri yozish umumiy imloviy savodxonlikning
uzviy bir qismidir.
Geografik nom - toponim ham so'z, lekin biron obyektni ifodalaydigan atoqli ot.
O'zbekiston hududidagi barcha geografik nomlar o'zbek tili imlosining amaldagi
qoidalari asosida yoziladi.
O'zbek tilida ikki va undan ortiq so'zlardan (turdosh otlardan) iborat (murakkab)
geografik nomlar qo'shib yoziladi. Bunga misollar keltiramiz.
Ot+ot.
Abdiqishloq, Qorovulbozor, Qumgo'rg'on.
Sifat+ot.
Yomonjar, Mamaqishloq, Qiziljar, Qoratog', Uzunsoy, Sovuqbuloqchi,
Torariq, Egriko'l.
Son+ot:
Beshbuloq, Qo'shrabot, Yolg'iztol, Mingchuqur, Qo'shko'prik,
To'qsonkamar, O 'ttizadir.
Ot+fe'l;
Soykeldi, Qo'yqirilgan, Tangatopdi, Qozonketgan.
Birinchi tarkibiy qismi sifatdan, ikkinchi tarkibiy qismi geografik atamadan
iborat bo'lganda:
Balandmachit, Balandravot, Qyoqishloq, Oqqo'rg'on, Oqtepa,
Ko'kbuloq, Ko'kgumbaz, Sarisuv, Sariqtepa, Qizilsuv, Qizilsoy, Qizilqum, Yuqoriovul,
Etakovul, Quyimahalla, O'rtachek, O'rtasaroy
kabi yoziladi.
Birinchi tarkibiy qismi sondan, ikkinchi tarkibiy qismi geografik atamadan
iborat bo'lganda
Beshariq, Beshayvon, Yolg'izbog', Yolg'izqum, Yakkasaroy, Yakkatol
shaklida yoziladi.
Birinchi tarkibiy qismi tartib sondan, ikkinchi qismi geografik atamadan iborat
bo'lgan hollarda
Ikkinchisolma, Yettinchiqo'tir
shaklida yozish maqsadga muvofiqdir.
Quyidagi hollarda qo'shib yoziladi: O'zbek tilida ikki va undan ortiq so'zlardan
iborat qo'shma (murakkab) geografik nomlar qo'shib yoziladi.
Ot+ot: birinchi tarkibiy qismi kishj ismi (familyasi)dan, ikkinchi tarkibiy qismi
geografik atamadan iborat bo'lganda:
Abdiqishloq, Shofayziquloq, Rahimobod,
Ismoiltepa.
Ot+ot: birinchi tarkibiy qismi etnonimdan, ikkinchi tarkibiy qismi esa geografik
atamadan iborat bo'lganda:
Naymangishloq, Do'rmonariq, Qozoqovul, Yobuqo'rg'on,
Arabband, Ka'rpamahalla.
Ot+ot: har ikkala tarkibiy qism htm atamalardan – geografik va jjtimoiy-
iqtisodiy atamalardan iborat bo'lganda:
Qumqo'rg'on, Bozorjoy, Qorovulbozor,
Toshbuloq, Qumquduq, Sharloqsoy
(sharloq, sharilloq-sharshara).
Sifat+ot: birinchi tarkibiy qismi sifatdan, ikkinchi qismi geografik atamadan
iborat bo'lganda:
Balandmachit, Balandravot, Bo'laksuv, Kattabuloq, Kichikqishloq,
Yangibozor, Oyoqbog', Oqqo'rg'on, Ko'kbuloq, Sarisuv, Eskiquduq, Tozayop,
Qiziljar, Qoratog', Uzunsoy, Sovuqbuloq, Torariq, Egriko'l, Sho'rquduq, Yuqoriovul,
Etakmahalla, Pastqishloq.
Son+ot: birinchi tarkibiy qismi sondan, ikkinchi tarkibiy qismi geografik
atamadan iborat bo'lganda:
Beshbuloq, Yolg'izqum, Yakkasaroy, Qo'shrabot,
Qo'shko'prik, Mingchuqur, To'qsonkamar, O'ttizadir
kabi.
Ikkinchi tarkibiy qismi o'simlik yoki hayvon nomidan iborat bo'lganda:
Qo'shtol, Beshqayrag'och, O'narcha, Beshechki, Yolg'iztol.
Quyidagi hollarda ajratlb yoziladi:
Geografik nom oldida qandaydir sifat kelganda:
a) Katta Oqtepa, Katta Beshkapa, Katta Qorabog', Katta Naymancha;
b) Kichik Aravon, Kichik Qo'rg'oncha, Kichik Amirobod, Kichik Toshloq,
Past Olaqarg'a, Past Oqqo'rgon, Past Burqut, Past Sho'robod;
d) Pastki Oyoqchi, Pastki Qoraqiya, Pastki Sariqamish, Pastki Uyshun;
e) Quyi Janafar, Quyi Beshravot, Quyi Sho'robot, Quyi Navmetan;
f) Eski Haytobod, Eski Elbayon, Eski Xo'jaobod, Eski Haqqulobod;
g) Etak Boybo'ta, Etak Saroy, Etak Oqqo'rg'on, Etak Qoramozor,
h) O'rta Qorabog', O'rta Rahimobod, O'rta Sho'rchi, O'rta Saydov;
i) Yuqori Arabxona, Yuqori Olot, Yuqori Qoraqiya, Yuqori Jirmiz;
j) Yangi Naynova, Yangi Baliqchi, Yangi Gulbog', Yangi Mirishkor.
Kishilarning ism-familiyalaridan, taxalluslaridan iborat geografik nomlar
alohida (ayrim holda) yoziladi:
Kimyoxon Xo'jayeva, Parda Tursun, Usmon Yusupov,
Hamza Hakimzoda, Alisher Navoiy ko 'chasi Habib Abdullayev ko'chasi
kabi.
General Uzoqov ko 'chasi, Buyuk Ipak yo'li bekati, O’zbekistonning besh yilligi,
Istiqlolning o'n yilligi shirkat xo'jaliklari
kabi ko'p so'zii nomlar ayrim-ayrim
yoziladi.
Quyidagi hollarda qo'shtirnoq ichiga olinadi: Zavod-fabrikalar, shirkat
xo'jaliklarining, firmalarning nomlari qo'sbtirnoq bilan yoziladi: «Toshkent» shirkat
xo'jaligi, «Zomin» jamoa xo'jaligi, «Malika» fabrikasi.
Geografik obyektlarning, matbuot organlarining nomlari bilan atalgan
toponimlar xaritalarda qo'shtirnoqsiz yoziladi:
O'zbekiston ovozi gazetasi ko'chasi,
Movarounnahr ko'chasi.
Sonlar bilan yozilish tartibi: Geografik nomlar tarkibiga kirgan tartib sonlar
nomning oldida birinchi o'rnida so'z bilan yoziladi:
Yettinciqo'tir
(ruscha xutor
so'zidan),
Beshinehi brigada
kabi.
Geografik obyektning turini bildiradigan so'zlar geografik atamalar hisoblanadi.
Masalan,
kol, cho'l, tog', adir, ariq, oral, quduq, muzlik, botqoqlik,t qirg'oq,
sharshara, qir, botiq, vodiy, soy, kanat, tekislik
va b.
Geografik atamalar turdagi otlar bo'lganida gegrafik nomdan keyin kichik
harflar bilan alohida yoziladi.
Geografik atamalar toponimlar tarkibiga kirganda qo'ishib yoziladi va shu
geografik nomlardan keiyin yana takrorlanishi mumkin: Qora-tog' tog'i, Oqtepa
tepaligi, Sirdaryo daryosi, Kattaqishloq qishlog'i, Oqkon koni, Tandirqum qishlog’i
kabi.
Xartalarga aholi punktlarining nomlari yonida ularning turlarini bidiradigan
so'zlar (shahar, qishloq, ovul, shaharcha va boshqa) yozilmaydi.
Atamalar turli joylarda turlicha talaffuz qilinishi mumkin. Jonli til so'zlardan
iborat atamalarning talaffuz shakli joy nomlari yozilishida saqlanib qoladi.
Birinchi tarkibiy qismi ot yoki sifatdan, ikkinchi atoqli otdan iborat bo'lgan
toponimlar defis orqali, har ikki komponenti ham katta harflar bilan yoziladi:
Chig'atoy-Oqtepa, Ko'kcha-Oqtepa, Ozod-Buxoro, Dasht-Azlartepa, Dasht-Jaloir,
Bog'i-Samarqand, Do'ng-Qovchin, Qo'shtepa-Saroy, Tajik-Pistakent, O'qchi-
Qushqo'noq, Xaroba-Qulonchi, Chorbog'-Boyqo'ndi, Chek-Nasriddin, Chek-Jo'rabek,
Cho'ja-Arab, Cho'ja-Yuziya.
Ba'zi qo'shaloq so'zlardan iborat toponimlar orasida defis qo'yib, ikkinchi
tarkibiy qismi kichik harf bilan yoziladi: Oppon-soppon, Ekin-tikin, Shirin-shirin,
Ishchi-xizmatci.
Birinchi tarkibiy qismi fe'l, ikkinchi tarkibiy qismi toponim boigan geografik
nomlar: Qolgan-Sir, Qolgan-Chirchiq kabi yoziladi.
2. Davlat hokimiyat organlari va o'z-o'zini boshqarish organlarida, aloqa,
transport, statistika muassasalari, ommaviy axborot vositalarida, geografik xaritalar
va atlaslarda hamda iqtisodiyot, fan, madaniyat birlashmalari xodimlari, yuridik
shaxslar va fuqarolar tomonidan har qanday geografik nom – toponimning qat'iyan
bir shaklda, standartlashtirilgan holda yozilishiga erishish davlatning suverenligini
ko'rsatuvchi dalillardan biridir. Boshqacha qilib aytganda, har bir geografik obyekt
nomining rasmiy va umumiste'molda bir xilda yozilishini qat'iylashtirish,
qonunlashtirish geografik homlarni
Dostları ilə paylaş: |