S, Qorayevning «Toponimika» qo'llanmasi toponimikaning ilmiy-nazariy asoslariga feamda O'zbekiston toponimiyasiga bag'ishlangan va shubhasiz, ijtimoiy hajitda gujnanitar fanJaming eng dolzarb



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/74
tarix26.04.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#86078
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
MA’ruza matni

2. TOPONIMIKA VA TILSHUNOSLIK:

 Toponimlar til lug'at fondining bir 

qismidir.  Shu  bilan  birgalikda  joy  nomlar  tilning  boshqa  leksik  qatlamlaridan 



anchagina  farq  qiladi.  Bu  farq  toponimlarning  uzoq  yashashida,  ularning 

potikomponentli, 

ya'ni  ko'p  komponentlardan  -  tarkibiy  qismlardan  iborat  bo'lishida, 

bat  bir  tilning  ichki  qonuniyatlariga  ko'ra,  toponimlar  yasashda  turdosh  otlar 

(apellyativlar) ishtirok eta olishida o'z aksini topadi. 

Toponimlami  yasashda  shu  til  uchun  xos  bo'lgan  lingvistik  vositalardan 

(modellardan)  foydalaniladi.  Toponimikani  o'rganish  til  tarixi  va  nazariyasi  uchun 

katta ahamiyatga ega. Ko'pgina joy nomlari juda qadimiydir.  Ibtidoiy yodgorliklarda 

qayd qilingan geografik nomlarni keyinroq uchraydigan shakllari va hozirgi talaffuzi 

bilan  solishtirib,  tilning  lug'at  tarkibida,  so'zlarning  dastlabki  shaklida  ro'y  bergan 

ozgarishlarni bilib olishirniz mumkin. 

Masalan,  hozirgi 

Nurota 

nomini  ba'zi  birovlar  mo'g'ulcha  va  o'zbekcha 



tov 

so'zlaridan  tarkib  topgan  bo'lib,  har  ikkala  so'z  ham  «tog'»  degan  ma'noni  bildiradi 

deyishadi. Holbuki, bu nom bundan ming yildan ham ko'proq oldin qayd qiiingan. 

Buxoro tarixchisi Abu Bakr Muhammad ibn Ja'far  Narshaxiy o'zining ―Buxoro 

tarixi‖  asarida  (934-944  yillarda  yozilgan) 

Nur 

degan  joy  nomini  tilgan  oladi.  Uni 

boshqa viloyatlarda 

Nuri Buxoro 

deb ataydilar, deb yozadi Narshaxiy. 



Nuri Buxoro, 

ya'ni  Buxoro  Nuridan  boshqa  Nurlar  ham  bo'lgan.  Masalan,  Zarafshonning  ikkita 

tarmog'i  –  Qoradaryo  bilan  Oqdaryo  oralig'idagi  Miyonkol  orollda  ham 

Nur 

degan 


qishloq  bo'lgan.  Uni  boshqalardan  farq  qilish  uchun  Nuri  Miyonkol  deb  atashgan. 

Shunday  qilib,  Nur  bora-bora 



Nurota 

bo'lib  ketgan: 



nur 

so'zi  (arabcha)  ―yorug'lik‖, 



ota 

esa  geografik  nomlar  tarkibida  «aziz  avliyolarning  qadamjosi»  degan  ma'noni 

bildiradi.                                     

Samarqand 

shahri 

Aleksandr 

Makedonskiy 

(Iskandar 

Zulqarnayn) 

yilnomaiarida 



Marokanda, 

sug'd  yozuvlarida 



Smarakans, 

Abu  Rayhon  Beruniy, 

Mahmud Qoshg'ariy, Zahiriddin Mahammad Bobur, Mirxond (XV asr, Amir Temur 

saroyiga kelgan ispan elchisi Lui Gonzales de Klavixo (XV asr) asarlarida 



Semizkent, 

CHingizxon  haqidagi  mo'g'ul  hikoyasida 



Semizgen 

kabi  bir  qancha  variantlarda 

ucharaydiki,  bularning  hammasi  Samarqand  nomi  juda  qadimiy  ekanligini  va  uning 

kelib  chiqishi  (etimologiyasi)  tamom  uzil-kesil  hal  bo'lmaganligini  ko'rsatadi. 

Bunday misollarni ko'plab keltirish mumkin.                             

Toponomikaning  tilshunoslik,  til  tarixi  hamda  dialektologiya  uchun  ahamiyati 

juda katta va xilma-xil. Nemis  tilshunosi V.Shperberg  rus toponimisti  V.A.Nikonov 

tadqiqotlari roman va slavyan toponimlarida ko'plik shakli juda keng tarqalganligini 

ko'rsatadi.  Haqiqatan  ham  rus  toponimlarida  ko'plik  affiksi  ko'plab  ishlatiladi. 

Masalan, 



ko'prik 

so'zining  bir  o'zi  o'zbek  tilida  hech  vaqt  toponimga  aylanmaydi, 

buning  uchun  ko'prik  so'ziga  biron  sifat  qo'shilishi  kerak,  chunonchi 

Beshko'prik, 

G'ishtko'prik,  Taxtako'prik,  Ko'prikboshi 

va  hokazo.  Rus  tilida  esa  most  (ko'prik) 

so'ziga  ko’prik  qo'shimchasi  qo'shilsa  bas, 

Mosto 

shaklida  toponim  yasaladi.  Bunda 

ko'prikning  ko'p  bo'lishi  shart  emas.  Mosto  toponimi  o’zbekcha 

ko'prikli 

ma'nosini 

beradi. 

Qarshi,  Mori 

kabi  joy  nomlarini  ham  ruslar  ko'plik  shaklidagi  so'zlar  kabi 

tushunadi  va  shunday  turlaydi.  Bularning  hammasi  rus  tilining  xususiyatidan  kelib 

chiqadi. Rus tilida ko'pgina so'zlar faqat ko'plik shaklida ishlatiladi. 

Xorazm  viloyatidagi  720  ta  aholi  punktidan  80  dan  ortig'i  –  lar  qo'shimchasi 

bilan  tugaydi.  Shunisi  qiziqki,  bu  nomlar  orasida 



Ko'paklar,  Shag'allar,  Echkilar, 

Qarg'alar 

kabi  toponimlar  uchraydi.  Bunday  qaraganda,  bu  toponimlar  hayvon 




nomlaridan  tarkib  topganga  o'xshaydi.  Aslida  esa  shunday  emas: 

ko'pak,  shag'al 

(chiyabo'ri), 



echki, qarg'a 

degan urug' nomlari bor. Hali zikr etilgan toponimlar ana 

shu urug'lar nomi bilan atalgan. Masalan, 

Qarg'alar 

«qarg'a urug'idan bo'lgan kishilar 

yashaydigan joy» demakdir. 

-on 

affiksi. Bu tojikcha affiks O'zbekiston sharoitida aksari toponim yasaydi va 

kishilarning  qandaydir  sotsial  guruhga,  chunonchi:  1)  muayyan  millatga  – 

Arabon 

(arablar), 



Qirg’izon 

(qirg'izlar), 



O'zbekon 

(o'zbeklar); 2) qandaydir  urug'-aymoqqa – 



Mang'iton 

(mang'itlar), 



Minggon 

(ming  urug'idan  bo'lgan  kishilar);  3)  ma'lum 

tabaqaga  – 

Mirzoyon 

(kotiblar), 



Tarxonon 

(soliqdan  ozod  qilinganlar);  4)  hunar-

kasbga – 

Bo'yrabog’on 

(bo'yra to'quvchilar), 



Kosagaron 

(kosa ustalari), 



So'zangaron 

(igna  ustalari);  5)  diniy  e'tiqodga  mansub  ekanligini  bildiradi: 



Mug'on,  Mug'iyon 

(otashparastlar), 



Hinduyon 

(hindular) va hokazo. 

Zahiriddin  Muhammad  Bobur  birgina  toponimni  ikki  shaklda  yozgan: 

Badaxshon – Badaxshonot, Lamg'on – Lamg'onot, Xuroson –  Xurosonot, Hindustan 

– Hindmstonot.

 

Shuningdek,  Erondagi  Gilon  va  Garmser  oikalari  Giionot  va 



Garmserot 

shakllarida  yozlb  kelingani  ma'lum.  Akademik  V.V.Bartold  Badaxshon  tarixi 

to'jg'risida  so'z  yuritar  ekan,  bu  tog'li  o'lka  tarixiy  manbalarda  arabcha  ko'plik 

shaklida 



Badaxshonot 

tarzida ham uchraydi, degan edi. 

Yuqorida  keltirilgan  misollarda  arabcha 

-ot 

affiksi  ruscha 



-lana 

(Kievkina, 

Smolenkina) qo'shimchasini eslatadi va shu joyning tevarak atrofini ham bildiradi. 

Afg'onistondagi  Xi



rot 

shahri  nomini  ham  shu  jumlaga  kiritish  mumkin,  Bu 

shahar  nomi  dastlab 

Hoi 

shaklida  bolgani  Hiri  poytaxtlik  davrida  tobora  kengaya 

borgan va Navoiy zamonida daryo bo'ylab cho'zilgan. Hiri shahri tevarak-atrofi bilan 

Xi

rot 

(Hiri Hot) deb atak boshlagan va bora-bora shu nom qonunlashib qo!gan, deb 

hisoblaymiz. 

Zarafshon  daryosining  (Qoradaryo  va  Oqdaryo  del)  ataluvchi  tarmoqlari 

oralig'idagi 



Miyonkol 

oroli  tevarak-atrofi  bilan  birgalikda 



Miyonkolot 

deb  ham 

yuritilgan, 

Bog'ot, Rabotot 

kabi toponimlar haqiqatan ham ko'plik ma'nosini bildiradi.  

Yana  shuni  aytib  o'tish  o'rinliki,  ba'zi  bir  turkshunoslar  arabcha 

-ot 

ko'plik 


affiksi  turkiy,  jumladan,  o'zbekona  so'zlar  tarkibida  uchramaydi,  degan  fikrdalar. 

Biroq  shu  narsa  ma'lumki, 



-ot 

qo'shimchasi  ko'plik  ma'nosida  XIII-XV  asrlardayoq, 

o'zbekcha  qishloq,  qo'shin  so'zlari  oxiriga  qo'shilib  qlsiloqot,  qo'shinot  tarzida 

ishlatilgan. Ayni vaqtda 



-ot 

qo'shimchasi toponimlar ham yasagan. 

Shundan  ko'rinadaki,  toponimika  tarixiy  tilshunoslikning  ko'pgina  masalalarini 

yechib berishda tilshunoslarimiz yordamga keladi. 




Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə