S, Qorayevning «Toponimika» qo'llanmasi toponimikaning ilmiy-nazariy asoslariga feamda O'zbekiston toponimiyasiga bag'ishlangan va shubhasiz, ijtimoiy hajitda gujnanitar fanJaming eng dolzarb



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/74
tarix26.04.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#86078
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
MA’ruza matni

TOPONOMIKA  VA  GEOGRAFIYA.

  Toponomika  ayniqsa,  geografiya 

uchun  katta  ahamiyatga  ega.  Toponim  –  geografik  Qbyektning  aniq  manzilidir. 

Nomlar  joyning  geografik  aniqlash  uchun  ham,  geografik  tushunchalari  ifoda  etish 

uchun  ham  zarur.  Geografik  xaritada  keltirilgan  boy  va  xilma-xil  nomlar  orasida 

nomlar alohida o'rin tutadi. 

Geografik  obyektlar  shu  qadar  ko'p  va  xilma-xilki,  ularni  ifoda  etish  uchun 

maxsus so'zlar, nomlar bo'lishi kerak. 

Geografik nomlari geografiyaning o'ziga xos till desa bo'ladi. Geografik nomlar 

muayyan  geografik  tushunchalarni  ifoda  etar  ekan,  bir  qancha  hollarda  atamaga 




aylanib  qoladi.  Masalan,  yonar  tog'larni  ifoda  etuvchi 

vulkan 

atamasi  Italiyadagi 



Vulkano 

tog'i nomidan olingan.  

Tog'lar  to'g'risida  ham  shunday  deyish  mumkin.  Tog'lar  orasida  yashaydigan 

T

og' 

so'ziga nisbatan 

tosh 

sozi ko'proq ishlatadi. Masalan, tog'li yerda «Tog' tepasiga 

chiqib  ketdi»  deyish  o'rniga  «Tog’ga  chiqib  ketdi  deyishadi.  Yana. 

Ayritosh, 

Qoratosh, Oqtosh 

deganda ko'pincha qandaydir ayrim tog'lar nazarda tutiladi. Ural va 

Sibir tog'larida ham 

kamen 

(tosh) deb ataydi.  

Shunday  bo’lsa  ham,  geografik  nomlarda  geografik  qonuniyatlarning  aks 

etganiga juda ko'plab misollar keltirish mumkin. Demak, joy nomlari tasodifiy paydo 

bo'lmaydi,  aksincha, 

Eshakhangragan-qir,  Qo'yqirilganqala 

kabi  tasodifiy  nomlar 

kamdan-kam  uchraydi.  Binobarin,  toponimlarning  aksari  qismi  ma'naviy  jihatdan 

tabiat hodisalarinl aks ettiradi. 

Xalq  biron  tabiat  hodisasini  geografik  atama  bilan  ifoda  etadi  va  binobarin, 

geografik  nomlar  tarkibida  geografik  atamalar  ko'p  uchraydi.  Bunday  atamalar 

toponimiya negizi, ya'ni murakkab geografik nomlarning tarkibiy qismi hisoblanadi.  

Geografik  atama  (tog',  cho'l,  ko'l,  qishloq  va  h.k.)  hali  geografik  nom  emas, 

balki  turdosh  ot  bo'lib,  muayyan  umumiy  yoki  xususiy  geografik  tushunchani 

bildiradi.  Biroq  har  qanday  geografik  atama  atoqli  otga,  ya'ni  geografik  nomga 

aylanishi mumkin. 

Geografik  atamalar,  shuningdek  o'simlik  va  hayvon  nomlari  biron 

qo'shimchasiz yoki aniqlovchisiz toponimga aylanmaydi. Masalan, O'zbekistonda o'n 

minglab  quduq  bor  va  har  biri  o'z  nomiga  ega.  Bunda  quduq  so'zi  yonida  biron 

kishining ismi yoki aniqlovhi so'z (chuqur, katta, uch, to'rt va h.k.) yo bo'lmasa - cha, 

-li  kabi  qo'shimchalar  bo'ladi.  Agar  bordi-yu  Quduq,  Choqqi,  Ariq,  Yantoq,  Qulon 

kabi  bir  atama  yoki  birgina  o'simlik,  hayvon  nomidan  iborat  toponim  uchraydigan 

bo'lsa,    u  holda  bunday  toponimni  izohlashda  juda  ehtiyot  bo'lish  kerak.  Masalan, 

Toshkentdagi Zaxariqni ko'pincha Zax deyishadi.  

Jizzax viloyatining Zomin tumanida baland tog' yaqinidagi tepasi yassi qir baraz 

deyiladi. Masalan, 

Kattabaraz, Kichikbaraz, To'pchihoybaraz 

degan joylar bor, 



Baraz 

(«baland»)  so'zi  qadimiy  sug'd  tilidan  qolgan  bo'lib,  hozir  juda  katta  hududlarda 

mustaqil  yoki  toponimlar  tarkibida  uchraydi.  Masalan,  Zarafshon  daryosining  bosh 

tomonidagi  Yag'nobda  Burazo,  Pusfati  baroz,  Sari  baroz, Sibaroso,  Vanjda  Berazgo 

kabi  toponimlar  bor.  Olimlarning  yozishicha,  Rossiyaning  Yevropa  qismidagi 

Berezalika, Berezau gidronimlari ham O'sha baraz («baland») so'zidan kelib ehiqqan. 

Arman tilidagi banter ham o'sha baraz bian o'zakdosh va ma’nodosh. 

Bu  misollar  geografiyani  yaxsi  bilmasdan  turib  toponimika  bilan  shug'ullanish 

ishonchli natijalar bermasligini ko'rsatadi. 

Geografik  nomlar  juda  uzoq  davr  mobaynida  saqlanib  qolishi  juda  katta 

ahamiyatga ega. 

Damashq 

shaharining shu nom bilan atalganiga uch ming yil boiadi. 

Uni  dunyodagi  eng  keksa  nom  deb  bo'lmaydi. 

Buxoro,  Samarqand,  Xorazm 

kabi 


toponimlar ham uda qadimiy nomlardan. Shuning uchun ham ularning kelib chiqishi 

hamon  uzil-kesil  hal  bo'lgan  emas.  Qanchadan-qancha  nomlar  yozuv  paydo 

bo'lmasdan  oldingi  davrlardan  qolgan.  Xalqlar  yo'q  bo'lib  ketgan,  tili  unutilgan 

bo'lishi  mumkin,  lekin  geografik  joy  nomlari  saqlanib  qolaveradi.  O'simlik  yoki 

hayvon yo'q bo'lib ketgan bo'lsa ham, nom yashayveradi. 



Tomsk  davlat  pedagogika  institutining  professori  A.P,Dulzon  Sibir 

gidronimlarini  tahlil  qilib  qadimda  ket  xalqi  yashagan  hudud  juda  keng  bo'lganini 

aniqladi. Hozir esa Sibirda, xususan Ob daryosi yoqasida hammasi bo'lib 500 kishiga 

yaqin  ket  qolgan.  Toponimik  ma'lumotlar  bir  vaqtlar  ketlar  juda  ko'p  sonli  xalq 

bo'lganini ko'rsatdi. 

Yerga  bo'lgan  xususiy  mulkchilik,  kishilar  o'rtasidagi  ijtimoiy-iqtisodiy 

munosabatlar, mayda yer egaligi toponimiyada sezilarli iz qoldirgan. 

Misollarga  murojat  qilaylik.  1909  yilda  Skobelev  (hozirgi  Farg'ona)  shahrida 

nashr  etilgan  ro'yxatga  ko'ra  Qo'qon  va Marg'ilon  uyezdlarida, shuningdek, Andijon 

va  O'sh  uyezdlarida 



chek 

so'zini  50  dan  ortiq  qishloq  nomi  tarkibida  ko'ramiz. 

Andijon  viloyatida  va  xususan  Farg'ona  viloyatida 

chek 

so'zidan  tarkib  topgan  joy 

nomlari hozir ham anchagina uchraydi. 

Andijon  tumanida 



Obtobachichek 

degan  qishloq  bor.  Bu  nom  Xudoyorxon 

davridan  qolgan.  Abdurahmon  ismli  bola  (Musulmonqulning  o'g'li)  xonning  qo'liga 

suv quyuvchi  –  obtobachi  bo'lgan.  Xudoyorxon  Abdurahmon obtobachiga bir necha 

yuz  tanob  yemi  chek  qilib  bergan.  Abdurahmon  obtobachining  yeri 

Chek  Obtobaci 

deb  atalgan,  keyinchalik 



Obtobachichek 

bo'lib  ketgan.  Bundan  tashqari,  Farg'ona 

vodiysida 

Alihekchek, 

Bobochek, 

Isoavliyochek, 

Muhammad 

Aminckek, 

Nasriddinbekchek 

kabi  yerlar  bo'lgan.  Keyinchalik  bu  yerlarda  qishloqlar  bunyod 

etilgan. Xo'sh chek yer olgan bu kishilar kimlar bo'lgan? Bularning hammasi tarixiy 

shaxslardir.  Chunonchi  Muhammad  Amin  va  Nasriddinbek  Xudoyorning  o'glllari 

bo'lgan, Iso avliyo esa xonning ishonchli kishisi va rnaslahatchisi hisoblangan. 

Chek 

so'zining  o'zi  nima?  Chek  deganda, 



xon 

va  uning  oila  a'zolari,  amaldor, 

ruhoniylar va mashhur shaxslarning, umuman bar qanday kishilarning xususiy yerlari 

tushunilgan. Shu bilan birga Farg'ona vodiysida 



chek 

so'zi muayyan yer o’lchovi ham 

bisoblangan.  Su  nomlar  tarkibida  esa  check  atamasi  toponim  yasovchi  bolib, 

feodaizm yer egaligidan darak berib turadi. 




Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə