S, Qorayevning «Toponimika» qo'llanmasi toponimikaning ilmiy-nazariy asoslariga feamda O'zbekiston toponimiyasiga bag'ishlangan va shubhasiz, ijtimoiy hajitda gujnanitar fanJaming eng dolzarb



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/74
tarix26.04.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#86078
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   74
MA’ruza matni

 

 

2-MAVZU.  O’ZBEKISTON  TOPONIMLARINING  O’RGANILISHI  (2 

soat). 

Reja: 

                            1. Toponomika va afsonalar. 

2.

 

Toponomika tarixidan. 

3.

 

O’zbekiston toponimlarining o’rganilish tarixi. 

1.  Kishilar  odatda  o'zlari  uchun  tushunarsiz  bo'lgan  nomlardan  ma'no  axtara 

boshlaydilar va o'z tillariga moslashtirib talaffuz qilishga intiladi. Xaiq etimologiyasi, 

aniqrog'i  soxta  etimologiya  shu  yo'sinda  paydo  bo'ladi  va  shu  tariqa  rivoyatlar  ham 

to'qiladi. 

Xorazm  viloyatidagi  tuman  markazi  Hazorasp  juda  qadimiy  shahar  bo'lgan.  U 

X-XI  asrlardagi  arab  geograflari  Istaxriy,  Ibn  Havqal,  Muqaddasiy  asarlarida 

«mustahkam qal'a» deb tilga olingan.  

Rivoyatga  ko'ra,  qal'ani  bahaybat  dev  qurgan  ekan.  Dev  bu  yerga  suv  ichgani 

keladigan  1000  ta  qanotli  otni  ushlab  olib,  qanotlarini  kesib  tashlagan  emish.  Otlar 

tufayli mash'hur bo'lgan qal'a Hazorasp «ming ot» (forscha-tojikcha) deb atalgan. 

Bu  rivoyatning  haqiqatga  to'g'ri  kelmasiigi  o'z-o'zidan  ravshan.  Hozirgi 

Hazorasp  qishlog'i  nomini  mahalliy  xalq  Hazaras  shaklida  talaffuz  qiladi.  Bu  esa 

aslga  yaqin.  Qal'a  milodning  boshlarida  Sharqiy  Yevropada,  jumladan  Volganing 

quyi oqimida yashab xoqonlik barpo qilgan turkiy xalq – hazarlar nomi bilan atalgan 

bo'lsa  ajab  emas. 



-  as 

qo'shimchasiga  kelganda  shuni  aytish  kerakki,  etnograflardan 

R.G.Kuzeev va B.X.Karmishevaning fikricha, tarkibida 

-as 

(az) komponenti bo'lgan 

etnonimlar va toponimlar nihoyatda katta hududda – Oltoydari Uralgacha, Kavkaz va 

Qrimgacha uchraydi. Ba'zi bir olimlar 



- as 

II-IX asrlarda quyi Volga bo'yi, Shimoliy 

Kavkazda yashagan alan qabilasining ikkinchi nomi yoki qabila ajdodlari bo'lgan deb 

hisoblasalar,  boshqa  bir  tarixchilar 



as 

Orxon-enisey  yodgorliklarida  tilga  olingan  az 

(as)  xalqi  nomining  in'ikosi  bolishi  mumkin  deb  biladi.  Boshqird  etnografi,  tarix 



fanlari doktori R.G.Kuzeev har ikkala holda ham azlar (aslar) VIII-IX asrlarda turkiy 

qabilalar bo'lgan deydi. 

Qo'qon  shahri  X  asrda  bitilgan  «Hudud  ul-olam»  qo'lyozmasida,  arab 

geograflaridan  Istaxriy,  Ibn  Havqal,  Muqaddasiy  asarlarida  Ho'kan  (Xuvoqand), 

Ho'kand  (Xuvoqand)  shakllarida  qayd  qilingan.  «Boburnoma»da  Xo'qon  viloyati 

tilga  olingan.  Hozirgi  Qo'qon  shahri  tarixiy  Xo'qand  o'rnida  XVIII  asrda 

o'zbeklarningning  urug'i  boshlig'i  Shohruh  tomonidan  barpo  etilgan.  Akademik 

V.V.Bartoldning  fikricha,  shaharning  adabiy  nuqtai  nazardan  to'g'ri  shakli  Xo'kand 

bo'lib, Qo'qon jonli tilda talaffuz etilishidir. 

Xorazm  toponimi  haqida  ham  rivoyatlar  bor.  Chunonchi,  o'rta  asr  arab 

olimlaridan  Muqaddasiy  va  Yoqut  Hamaviy  asarlarida  bu  haqda  shunday  rivoyat 

keltirilgan. Podsho g'azabnok bo'lib, o'zining bir qancha bebosh fuqarolarini kimsasiz 

uzoq  joyga  badarg'a  qilishni  buyuradi.  Lekin  bu  yerda  o'tin  va  go'sht  (ya'ni 

Amudaryoda baliq) ko'p bo'lganidan ular omon qoladilar. Musofirlar bu o'lkani obod 

qilib, Xorazm deb atadilar (xovar - go'sht, azm - o'tin). 

Farg'ona 

so'zi  haqida  ham  rivoyatlar  bor.  Masalan,  Farg'onani  Nushirvon 

(Anushirvon) bunyod  qilgan  va  podsho  bu  yerga  har bir  joydan  bittadan  qabila olib 

kelgan  ekan.  Shunday  qilib,  turli  joylardaii  kelgan  kishilar  imoratlar  qurib,  ekinlar 

ekkan. Kishilar ularni turli joylardan kelganligidan 


Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə