S, Qorayevning «Toponimika» qo'llanmasi toponimikaning ilmiy-nazariy asoslariga feamda O'zbekiston toponimiyasiga bag'ishlangan va shubhasiz, ijtimoiy hajitda gujnanitar fanJaming eng dolzarb



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/74
tarix26.04.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#86078
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
MA’ruza matni

Lashkarak 

polimetall  rudalari  koni  o'sha  Ko'hisim  (tojikcha  «Kumush 

tog'»)  ning  o'zginasi  ekanligini  aniqladilar.  Bu  kondan  qadimgi  davrlarda  ko'plab 

kumush qazib olinganligi ma'lum bo'ldi. 

Geografik  nomlar  juda  qadim  zamonlarda,  ibtidoiy  tuzum  davrida  paydo  bo'la 

boshlagan. Joy nomlari ming-ming yillar davomida to'plana borgan va hozirgi vaqtda 

Yer  sharida  behisob  toponimlar  bor.  Lekin  hammasi  bo'lib,  dunyoda  qancha 

geografik  nom  bor  ekanini  hech  kim  bilmaydi,  buni  hisoblab  chiqishning  iloji  ham 

yo'q. Har bir qishloqda va uning yon-verida bir necha quduq, kichik jar, ayrim qoya, 

hovuz,  uvat  bilan  chegaralangan  chek  yer,  buloq,  tepalik, xirmonjoylar,  yolg'izoyoq 

yo'llar uchraydiki, ularning nomlari shu qishloqdagi bir guruh odamdan boshqa hech 

kimga ma'lum emas. Bunday kichik obyektlarni eng mukammal topografik xaritadan 

ham topib bo'lmaydi. 

Geografik  nomlar  dunyoga  keladi,  yashaydi,  ma'lum  bir  davr  davomida 

ko'pincha  shakli  hamda  talaffuzi  o'zgaradi  va  nihoyat  nom-nishonsiz  yo'qoladi. 



Toponimlarning umri turlicha. Ba'zi bir toponimlar bir necha yil yoki bir necha o'n yil 

yashasa,  boshqa  bir  geografik  nomlar  asrlar  bo'yi  ham  tildan  tilga  o'taveradi. 

Samarqand  yunon  tarixchilari  asarlarida 

Maraqanda, 

sug'd  yozuvlarida 



Samrakans, 

Toshkent 

esa dastlab 



Choch, 

keyinchalik S



hosh, 

X asrdan e'tiboran Toshkent shaklida 

qayd qilingan. 

O'rta  Osiyoga  turkiy  xalqlar  kelmasdan  oldin,  hozirgi  O'zbekiston  hududidagi 

vohalarda  yashagan  mahalliy  xalqlar  va  qabilalar  -  xorazmiylar,  sug'diylar  Choch 

(Toshkent) atroflari hamda Farg'ona vodiysi (qadimgi Parkan) aholisi saklar (shaklar) 

o'zbeklarning  eng  qadimiy  ota-bobolari  hisoblangan  va  sharqiy  eron  tillarida 

so'zlashganlar.  Shunday  qilib,  O'zbekiston  hududida  eroncha  nomlar  substrat 

toponimlar, ya'ni o'zbeklar tomonidan assimilyatsiya qilingan tub nomlar hisoblanadi. 

Samarqand,  Xorazm,  Jizzax,  Qo'qon, 

kabi  ko'p  sozlar  qadimiy  nomlar  ana  shunday 

substrat toponimlardir. 

Turkistonda arablarnhig uzoq davr davomida hukmronlik qilishi joy nomlarida 

o'z  aksini  topgan.  Bunda  arab  tilining  adabiy  til  bo'lib  xizmat  qilishi  katta  rol 

o'ynagan. 

Arablar nomlari orasida avliyolar, payg'ambarlar va har xil diniy e'tiqodlar bilan 

bog'liq  bo'lgan  nomlar  alohida  o'rin  tutadi.  Arablardan  qolgan  toponimlarning  eng 

ko'p  sonlisi 

Rabotlardir. 

Arablar  o'zlari  bosib  olgan  joylarda  harbiy  punktlar  - 

ko'pdan-ko'p  rabotlar  (ribotlar)  qurgan.  Chunonchi  Buxoro  biqinidagi 

Boykand 

(Paykand)  yaqinida  1000  dan  ortiq  rabot  bo'lgan.  Bu  rabotlarda  turkiy  xalqlarning 

hujumlariga  qarshilik  ko'rsatadigan  qo'shinlar  turgan.  Rabot  nomli  toponimlar 

O'zbekiston  hududida  hozir  ham  kam  emas.    Masalan,  Chor  Rossiyasining  harbiy  

olimi  N.F.Sitnyakovskiyning  1899  yilgi  «Ro'yxat»ida  Zarafshon  vodiysining  faqat 

Buxoro  qismida 



Balandrabot,  Beshrabot,  Yettimhot,  Jarmbot,  Deganrabot, 

Kaltarabot,  Kattambot,  Oltirabot,  Oqmbot,  foshrabot,  Chamgimbot,  Chonrabot, 

Chuqurrabot, Qo'shrabot, Rabot, Rabotio'zbek, Rabotimulla, Raboii Yusuf, Navmbot, 

Yangirahot 

kabi  160  dan  ortiq  qishloq,  bundan  tashqari,  shu  qishloqlar  nomi  bilan 

atalgan  bir  necha  o'n  ariq  qayd  qilingan.  Shuningdek, 

bob 

(bobil), 



nahr,  tal 

(tepa), 


masjid 

(machit), 



madrasa 

kabi  arab  atamalari  geografik  nomlar  tarkibida  ko'p 

uchraydi. 

Shu bilan birga O'rta Osiyoda, jumladan, O'zbekistonda arablardan oldin paydo 

bo'lgan  nomlar  ham  bor.  Masalan,  Narshaxiyning  «Buxoro  tarixi»  kitobida  tilga 

olingan  bir  qancha  nomlar  Buxoro  atroflarida  hozirgi  kunlarda  ham  uchraydi. 



Shopurkon,  K

AR

mana,  G

(

ijduvon,  Ishtixon 

kabi  qadimiy  ariq  hamda  qishloqlar  ana 

shular jumlasidan. 

Mo'g'ullarning 

kirib 

kelishi 


O'rta 

Osiyo 


toponimiyasini 

yanada 


murakkablashtirib yubordi – 

Bultig'ur, Darxon, Norm, Norinko'l, Norinkapa, Shiherti 

kabilar  mo'g'ulcha  nomlardir.  Shunisi  qiziqki,  Norinko'l  degan  ariq  N.  F. 

Sitnyakovskiyning  «Ro

i

yxati»da  ham  uchraydi. 



Dovon,  ko'tal,  to'qay,  shiber, 

qapchig'ay 

kabi mo'g'ulcha atamalar O'rta Osiyo turkiy xalqlari tillari leksikasidan va 

toponimiyasidan mustahkam o'rin olgan. 

O'rta  Osiyo,  jumladan  O'zbekistondagi  ruscha  nomlar  turli  yo'llar  bilan  paydo 

boigan. 

Vannovskiy, Vladikino, Vrevskaya, Obmchevo, Ursatevskmya 

kabi temir yo'l 




stantsiyalari  chor  hukumati  hokimlarining  qarorlari  bilan  qo'yilgan  rasmiy  nomlar 

edi. 


Rus  dehqonlari  ko'chirib  keltirilgan  joylarda  anchagina  ruscha  nomlar  paydo 

bo'lgan.  Mirzacho'lga  rus  dehqonlari  dastlab  1886  yilda  ko'chirib  keltirilgan.  O'sha 

yili  bu  yerda  to'rtta  posyolka  vujudga  kelgan.  Bular  Zaporojskiy,  Nadejdinskiy, 

Romanovskiy  va  Sretenskiy  posyolkalari  edi. 1898  yilga  kelganda  Sirdaryoning  har 

ikkala sohilida 9 ta rus posyolkasi bunyod etildi. Bundan keyin paydo bo'lgan ruscha 

geografik nomlar ham Rossiyadagi nomlardan farq qilmas edi, boshqacha aytganda, 

ruslar o'zlari yashab kelgan yoki o'zlariga tanish bo'lgan joy nomlarini qo'ygan edilar. 

O'zbekiston toponimlari tarkibida eng ko'p keladigan affikslar (topoformantlar): 



-zor  (Marg'zor,  Olmazor),  -kat,  -kent  (Navkat,  Binkat,  Parkent),  -iston  (Guliston, 

Bog'iston),  -loq  (Toshloq,  Sangloq,  Qumloq),  -obod  {Dehqonobod,  Dashnobod, 

Xalqobod,  Xaqqulobod),  -li,  -lik  -liq,  (Gazli,  Totti,  Soyiik,  Ohaklik,  Bo'stonliq, 

Qoyliq), -on (Ohangoron, Childuxtamn, So'zangaron),  -xona (Arabxona, Bo 'rixona, 

Urganjixona),  -goh,  go  (Namozgoh,  Janggoh),  -chi  (Sho'rchi,  O'qchi,  Chiroqchi),  -

cha  (Shorchi,  Ko'kcha,  Shoxcha),-ark 

-ik 


(Hisorak,  Jizzox,  Bog’dodiq),  -kor 

{Paxtakor, Lalmikor) 

va boshqalar.  




Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə