S, Qorayevning «Toponimika» qo'llanmasi toponimikaning ilmiy-nazariy asoslariga feamda O'zbekiston toponimiyasiga bag'ishlangan va shubhasiz, ijtimoiy hajitda gujnanitar fanJaming eng dolzarb



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/74
tarix26.04.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#86078
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
MA’ruza matni

TOPONIMLARNING  PAYDO  BO'LISHI. 

Toponim  -  geografik  nom  ham 

so'z. Lekin toponimlar atoqli otlardir. Atoqli otlar til taraqqiyotining qiyosan keyingi 

bosqichlarida turdosh otlardan kelib chiqqan. Qadimiy tillarda atoqli otlar bo'lmagan 

deyishadi. Avstraliya, Afrika va Amerikaning tub joy xalqlari  – aborigenlar tillarida 

atoqli  otlar  juda kam  ekan. Bunday  tillarda  turdosh  otlar, qandaydir  so'z birikmalari 

atoqli otlar vazifasini bajarar ekan. Ana shunday so'z birikmalari tobora turg'un shakl 

oladi.  Odamlar  tevarak-atrofidagi  o'zlariga  tanish  kichik  hududdagi  joylarni  «Baliq 

tutiladigan  ko'l»,  «Sel  keladigan  soylik»,  «Qo'y  qirilgan  yayov»,  «Cho'chqali  soy» 

kabi butun bir gaplardan iborat so'z birikmalari bilan ataydilar. 

Konkret geografik obyektlarni ifodalaydigan bunday so'z birikmalari va turdosh 

otlar ko'p bo'lmaganidan bora-bora atoqli otlarga aylanadi. 

Turdosh  otlar  ana  shu  yo'l  bilan  toponimlashadi,  ya'ni  toponimlarga  aylanadi. 

Masalan, olma so'zi umuman olma bog'larmi ifodalaydigan umumiy tushuncha ekan, 

turdosh  otligicha  qolaveradi.  Bu  tushuncha  individuallashsa,  konkret  bir  obyektni 

ifodalay  boshlasa  va  shunday  qilib  ayrim  bir  tushurietiani  bildirsa,  atoqli  otga 

aylanadi qoladi. 

Katta  jar 

so'zlari  individuallashmas,  konkretlashmas,  ya'ni  biron  obyektni 

ifodalamas  ekan,  salbiy  relef  shakllarini  bildiradigan  turdosh  ot,  apellyativ  bo'lib 

qolaveradi.  Shunday  qilib,  toponimlar  geografik  tushunchalaming  konkretlashishi 

hamda  individuallashishi  jarayonida  turdosh  otlardan  paydo  bo'lgan  va  paydo 

bo'laveradi. 

Toponimlashish odatda dastlabki umumiy tushunchaning muayyan bir obyektga 

bog'lanishi jarayonida ro'y beradi. Shuning uchun bir so'zning o'zi yoki so'z birikmasi 

ayni  vaqtda  turdosh  ot  bo'lishi  ham  (agar  tushuncha  konkret  bir  obyektni 

ifodalamasa)  yoki  toponim  ham  bo'lishi  mumkin  (geografik  obyektni  bildirsa). 

Masalan, 

bug'doyzor 

bug'doy  ekilgan  har  qanday  dala, 



Bug'doyzor 

esa  konkret  bir 

joyning nomi kabi. 



Geografik  nomlar  turdosh  otlar  leksikasidan  ajralib  chiqqan  paytdan  boshlab 

o'zi  ifodalagan  geografik  obyektning  belgilaridan  uzoqlasha  boradi.  Toponimlar 

nutqda  shu  obyektning  boshqalardan  farqli  nishonalarini  ta'kidlashga  emas,  balki 

konkret  obyektni  boshqalardan  ajratib  ko'rsatishga  xiimat  qiladi.  Toponimga 

aylangan  so'z  yangi  ma'no  kasb  etadi,  endi  bu  so'z  konkret,  yagona,  yangi  bir 

tushunchaga aylanadi. 

Geografik  nomlar  ko'pincha  geografik  obyektni  ifodalaydigan  tushunchadan 

boshqa  ma'no  anglatraay  qo'yadi.  Masalan, 



Qoraqishloq 

deganda,  kichikroq  aholi 

punkti tushuniladi. Qishloq ham qora rangda bo'larmikan degan savol hammada ham 

paydo  bo'lavermaydi.  Bu  qishloqning  nomi 



qora 

degan  urug'  nomidan  kelib 

chiqqanini  o'zbek  urug'  qabilalarini  mayda  tarmoqlarigacha  biladigan  etnografgina 

aytib bera olishi mumkin. 

Yoki 

Chorshanba 

qishlog'ining  nega  shunday  atalganligi  to'g'risida  ko'pchilik 

o'ylab  o'tirmaydi,  uning  qayerda,  qaysi  viloyat,  qaysi  tumanda,  qanday  qishloq 

ekanligi  muhimroq.  Shu  yerda  chorshanbani  bozor  bo'lgani  haqida  tushuncha  elas-

elas esga kelishi mumkin. 

Toponimga aylangan so'z yangi ma'no kashf etish bilan ko'pincha tipik toponim 

shakl  oladi,  toponimlar  uchun  xos  bo'lgan  qo'shimchalar  (suffikslar)  paydo  bo'ladi. 

O'zbekiston  toponimlari,  xususan  - 



iston  (Sho'riston,  3og’iston),-iya  (O'zbekiya, 

Mingiya),  -kor  {Paxtakor,  Lalmikor),  -cha  (Quduqcha,  Buloqcha) 

kabi  affikslar 

xarakterlidir. 

Hozirgi vaqtda geografik oomlarning toponimlashish darajasi turlicha. Ba'zi bir 

toponimlarda  so'zlarning  toponimga  aylanmasdan  oldingi  ma'no  aniq  bilinib  turadi, 

boshqa bir xil toponimlarda qisman saqlanib qolgan, uchinchi bir xil nomlarda bilinar 

bilinmas seziladi, yana bir xillarida esa umuman yo'qolib ketgan. Shuning uchun ham 

ma'nosi  tushunarsiz  bo'lgan  toponimlarni  bir  oz  o'zgartirib  tushunarli  qilish  to'g'ri 

emas,  bunday  nomlar  qadimiy  tillardan  qolgan  qimmatli  lisoniy  va  tarixiy 

yodnomalar bo'lishi mumkin. 

Asli  geografik  nomlar  xalq  ijodi  mahsulidir.  Ko'pincha  toponimlar 

dabdurustdan  paydo  bo'lmaydi.  Datlabki  geografik  obyektlar,  masalan,  qishloq 

turlicha  atalishi  mumkin.  Aytaylik,  relefiga,  suv  manbaiga  uni  o'zlashtirishga  hissa 

qo'shgan  kishilarning  ismlariga,  qarab  ―falonchi  qishloq‖,  «falonchining  qishlog'i» 

deb  yuritilishi  mumkin.  Bora-bora  shu  nomlardan  biri  yutib  chiqadi.  Masalan,  u 

nayman  urug'ining  qishlog'i 

nomini  oladi.  Bunda  chinakam  toponimga  aylanish 

jarayoni  tugamaganidan  toponim  butun  bir  gapdan  iborat  va  ishlatish  uchun  qo'pol 

bo'ladi  va  tilning  leksik  vositalarni  tejash  qonuniyatiga  ko'ra  bu  toponim  nihoyat 



Nayman 

shaklini oladi. 

Geografik  nom  uzoq  tarixiy  vaqt  davomida  turdosh  ot  shaklidagi  qiyofasini 

butunlay  o'zgartirib  yuborishi  ham  mumkin.  Masalan,  otashparast  –  zardo'shtiylarni 

musulmonlar 

mug'lar 

deyishadi.  O'zbekistonda 



Mugo’n,  Mug'xona 

kabi  toponimlar 

ana  shu  otashparastlardan  qolgan. 

Miq,  Miqtepa 

singari  nomlar  ham  o'sha  mug' 

so'zining  jonli  tildagi  in'ikosidir.  Yoki 

xonaqoh  Xomqm,  Dizak  (diz, 

sug'd  tilida 

«qo'rg'on») 

Jizzax, aqba 

(arabcha dovon) 



ovg'a 

shaklini olgan va hokazo. 




Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə