S, Qorayevning «Toponimika» qo'llanmasi toponimikaning ilmiy-nazariy asoslariga feamda O'zbekiston toponimiyasiga bag'ishlangan va shubhasiz, ijtimoiy hajitda gujnanitar fanJaming eng dolzarb



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/74
tarix26.04.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#86078
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
MA’ruza matni

3. TOPONIM NIMA?

 Dunyoda hamma narsaning nomi bor. «Tog'» deganda 

balandmi-pastmi,  kattami-kichikmi  umuman  tog'  tushuniladi.  Tog’  ham  shunday 

umumiy  atama,  turdosh  ot.  Sunday  so'zlarni  xohlagan  tilga  tarjima  qilish  mumkin. 

Atoqli  ot  esa  qandaydir  bir  narsani,  predmetni,  obyektni  bildiradi  va  odatda  tarjima 

qilinmasdan  hamma  tillarda  deyarli  bir  xil  yoziladi  va  talaffuz  qilinadi.  Masalan, 



Samarqand 

deganda, respublikamizdagi Zarafshon daryosi sohilida joylashgan go'zal 

tarixiy  shahar  tushuniladi. 

Buxoro 

deyish  bilan  O'zbekistonning  ko'hna  shahri,  shu 

nomli viloyat markazi ko'z o'ngimizda namoyon bo'ladi. 

Shunday  qilib,  toponim  (geografik  nom)  –  avvalo  so'zdir.  Biroq  u  oddiy  so'z 

emas, birinchidan, atoqli ot. Ayni paytda ko'pgina toponimlar, hatto tilshunos olimlar 

uchun ham tushunarsiz. Xo



razm, Samarqand, Farg'ona, Namangan 

kabi nomlarning 

kelib  chiqishi  haqida  qancha  fikrlar  bildirilgan  bo'lsa  ham,  ularning  kelib  chiqishi, 

etimologiyasi hamon noma'lum. 

Geografik  nomlar  manzilgina  emas,  balki  ko'pdan-ko'p  axborot  –  tarixiy, 

geografik,  lingvistik  ma'lumot  tashiydi.  Har  qanday  geografik  nom  muayyan 

mazmunga  ega,  ma'nosiz  nom  bo'lmaydi.  Lekin  ko'pgina  joy  nomlarining  ma'nosi 

yo'qolgan, aniqrog'i hozirgi kishilar uchun tushunarsiz bo'lib qolgan. 




Toponimlar  turli  asrlar  mevasi  bo'lib,  uzoq  davrlar  yashaydi.  Qadimiy  tillarda 

qo'yilgan  nom  keyingi  xalqlar  uchun  oddiy  toponimdan  boshqa  narsa  emas,  uning 

qanday ma'noni angiatishi haqida har doim ham o'ylab o'tirishmaydi. 

Geografik  nomlar  turli  davrlar  guvohi.  Turli  soha  olimlari  -  tilshunoslar, 

geograflar,  tarixchilar,  arxeologlar,  geologlar,  etnograflar  toponimikaga  murojaat 

qiladilar. 

Geografik  nomlarga  qarab  o'tmishda  qanday  xalqlar  yashaganini,  turli  millat 

xalqlarininig  o'zaro  aloqalarinl,  ularning  bir  joydan  ikkinchi  joyga  ko'chib  yurishini 

bilib olish mumkin. 

Turli  davrlarda  yashagan  va  turli  tillarda  gaplashgan  xalqlar  O'rta  Osiyo, 

jumladan  o'zbek  halqining  etnogenezida  muayyan  darajada  ishtirok  etgan  va 

o'lkaning  tarixiy  toponimiyasida  iz  qoldirgan.  Buni  O'rta  Osiyoning  o'tmishda 

ko'chmanchi  va  yarim  ko'chmanchi  bo'lgan  aholisining  hozirgacha  saqlanib  qolgan 

urug'-qabila nomlarida ham ko'rish mumkin. 

Sarmat,  Sirak  (SHiroq),  To'xar,  Alan,  Mitan  kabi  toponimlar  oikada  turli 

davrlarda  yashagan  qadimiy  xalqlar  va  qabila  nomlarining  in'ikosidir.  Har  bir 

mamlakatda, viloyat, har bir tumanda, shaharda va hatto qishloqda qanchadan-qancha 

toponimlar bor. 

Toponimika  geologik  qidiruv  ishlarida  ham  katta  yordam  beradi.  Geologiya-

minerologiya  fanlari  doktori  R.A.Musin  o'zining  ko'p  yillik  ilmiy  faoliyatida  qadim 

zamonlarda ishga solingan konlarning o'rinlarini toponimika ancha aniq ko'rsatib bera 

olishini  isbot  qiladi. 



Konsoy,  Kontepa,  Oltintog',  Kumushkon,  Miskon,  Ko'hila'l, 

Qo'rg'oshinkon 

kabi  daryo  va  soylar,  tog'lar  va  tepaliklar,  yo'llar  va  dovonlar, 

maydon va mavzelar bu joylardan yer osti boyliklari qazib olinganidan dalolat beradi. 

Masalan,  Parkent  qishlog'i  yaqinida  joylashgan 



Kumushkondan 

qadimda  ham, 

yaqin–yaqinlarda  ham  qo'rg'oshin  qazib  olingan.  Nima  uchun  Kumushkon 

Qo'rg'oshinkon  deb  atalgan  emas?  Buning  siri  yaqindagina  aniqlandi.  Ma'lum 

bo'lishicha,  Kumushkonning  qo'rg'oshin  rudalari  boshqa  kon  rudalaridan  o'zining 

kumushga boyligi bilan ajralib turarkan. 

O’tgan  o'rta  asriarda  Iloqdagi  mashhur  konlardan  bo'lgan.  Arxeologlar  va 

geologlar  Qurama  tog'larining  shimolida,  Angren  shahrining  shimoli–g'arbida 

joylashgan 


Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə