S, Qorayevning «Toponimika» qo'llanmasi toponimikaning ilmiy-nazariy asoslariga feamda O'zbekiston toponimiyasiga bag'ishlangan va shubhasiz, ijtimoiy hajitda gujnanitar fanJaming eng dolzarb



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/74
tarix26.04.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#86078
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   74
MA’ruza matni

Nur 

(hozirgi  Nurota), 



G'ijduvon,  Romitan,  Shopurkom,  Karmana 

ana  shular  jumlasidan.  Bular  juda  qadimiy  joylardir.  Masalan,  Romtin  (Romitan) 

«Buxorodan qadimiyroq»dir. Narshaxiy aytib o'tgan ko'pgina ariqlar hozir ham o'sha 

davrdagi nomlari bilan yuritiladi.  

«Buxoro  tarixi»  ning  qiymati  yana  shundaki,  unda  keltirilgan  nomlarning 

ko'plari  arablardan  oldingi  nomlardir.  Unda  Ko'shki  mug'on, 



Mug'on 

(mugiar) 

ko'chasi  kabi  majusiy  nomlar  ham  uchraydi,  muallif  «Bu  viloyatlarda 

otashparastlarning ibodatxonalari ko'p boigan»ligini ta'kidlaydi. 

4.  Mahmud  Koshg'ariyning  «Devonu  lug'otit  turk»  asari  bebaho  bir  qomuski, 

undan  har  bir  mutaxassis  o'ziga  kerakli  material  topa  oladi.  «Devon»ni  ayni  vaqtda 

qimmatli  toponimik  asar  ham  deyish  rnumkin.  Chunki  bundan  uch  yuz-to'rt  yuz  yil 

oldin  yozib  olingan'  nomlar  ham  hozirgi  talaffuzdan  ko'ra  qadimgi  toponimiyaning 

dastlabki shakliga ancha yaqin bo'ladi. «Devonu lug'otit turk» esa bundan qariyib 10 

asr  oldin  yozib  qoldirilgan.  Shuni  aytish  kerakki,  toponim  qanchalik  ilgari  yozib 

olingan bo'lsa, shunchalik qimmatli sanaladi. Chunki ana shu davrda joy nomlarining 

fonetik hamda grammatik xususiyatlarida ganday o'zgarishlar ro'y berganini aniqlash 

mumkin  bo'ladi.  Mahmud  Koshg'ariy  asarining  toponimika  uchun  ahamiyati  undagi 

joy  nomlari  bilangina  tugamaydi.  Toponimlaming  etimologiyasi,  semantikasini 

aniqlash  hamda  grammatik  xususiyatlarini  hisobga  olishda  qadimgi  etnonimlar, 

antroponimlar,  o'simlik,  hayvonlarning  o'sha  davrdagi  nomlari,  toponimlaming 




grammatik  tuzilishiga  doir  mulohazalar  g'oyat  zo'r  ahamiyatga  egadir.  Bu  jihatdan 

«Devon» nihoyatda boy material beradi. 

«Devon»dagi toponimik ma'lumotlarni bir necha turga bo'lish mumkin: 

1.  «Devon» da tilga olingan joy nomlari. 

2.   Etnonimlar, ya'ni turli xalq, elat, qabila, urug' nomlari. 

3.  Antroponimlar, ya'ni kishi ismlari. 

4.  Geografik atamalar, o'simlik hamda hayvon nomlari. 

5.  So'zlarning fonetik va grammatik tuzilishiga doir fikrlar. 

Ma'lumki, «Devon»ga doira deb atalgan xarita ilova qilingan. Bundan tashqari, 

matnda  ham  bir  qancha  joy  nomlari  izohlab  o'tilgan.  Bizning  hisobimizga  ko'ra 

«Devonu lug'otit turk»da jami 160 dan ortiq toponim tilga olingan. Shu o'rinda aytish 

joizki,  asarda  ayrim  joy,  ba'zi  o'simliklar,  hayvonlar  nomlari  atamalar  takroran 

berilgan. Bunday qaytariqlar hisobga kirmaydi, albatta. 

Mahmud Koshg'ariyning «Devon»idagi xaritada tilga olingan nomlar to'g'risida 

I.I. Umnyakov, S. Umurzoqov, H. Hasanov kabi olimlar qator asarlar yozganlar. 

«Devon»dagi nomlarning asosiy qismi O'rta Osiyoga oid turkiy nomlardir. Bu 

toponimlaming  bir  qanchalari  hamma  uchun  tushunarlidir.  Chunonchi,  Oqsoy, 

Oqterak  kabi  nomlarni  hozir  ham  uchratish  mumkin.  Bnxoro, Farg'ona,  Samarqand, 

Xo'jaad,  Xorazm,  Talas,  Tarina,  Sayram,  Manqishloq,  Issiqkol  kabi  toponimlar 

deyarli  o'zgarishsiz  yetib  kelgan.  Ha,  Qorayalg'a,  Ala,  Ertisli  kabi  nomlar  fonetik 

jihatdan  biroz o'zgarib ketgan va  hozir  Hi, Qorajllg'a, Olay, Irtish shaklida  yoziladi. 

Beshbaliq,  Yangibaliq,  Tunkand,  Yankand,  O'zkand  kabi  shahar  nomlari,  Badalart, 

Buqachart,  Zanbiat,  Qavaqart,  Yafg'uart  kabi  dovonlar,  Ikkio'kuz,  Qoraqosh  O'kuz, 

O'rungqosho'kuz  kabi  daryolar  etimologiyasiga  «Devon»  ning  o'zidan  javob  topish 

mumkin.  

Ma'lumki,  toponimikada  turli  afsonalar  ham  inobatga  olinadi  va  o'rganiladi. 

Lekin  joy  nomlari  etimologiyasi  to'g'risida  Mahmud  Koshg'ariy  keltirgan 

ma'lumotlarni sinchiklab o'rganish zarur. 

«Devonu lug'otit turk»dagi toponimlaming biz uchun yana bir qimmatli tomoni 

ularning  grammatik  xususiyatlaridir.  Ma'lumki,  joy  nomlarining  etimologiyasidan 

tashqari  grammatik  tuzilishiga  qarab  ham  ularning  qaysi  tilga,  qaysi  davrga  oid 

ekanligini ma'lum darajada aniqlash mumkin. 

Hozirgi  turkiy  toponimlaming  asosiy  qismi  ikki  va  uch  komponentdan,  ya'ni 

tarkibiy  qismdan  iborat.  «Devon»dagi  joy  nomlarining  yarmidan  ko'pi  bir 

komponentli  nomlar.  Masalan,  Yamak,  Yofinj,  Alusli,  Azig',  Abul,  Etil,  Udun, 

Yamar,  Ala,  Urang,  Qo'jn,  Bukur,  Talas,  Qatas,  Quya,  Toman,  Koson,  Xazar, 

Chog'la, Barxaa, Sabran, Sitg'un,  Tovg'ach, Barjug', Tartuq,  Tayiz, Ko'rung,  Oazvin 

kabilar  ana  shular  jumlasidan.  Ikki  komponentlilar  u  qadar  ko'p  emas:  Ikkiko'z, 

Oqsoy,  Oqterak,  Olayig'och,  Beshballq,  Yangibaliq,  Qorayig'och,  Badalart, 

Buqachart,  Boyyig'och,  Yulduzko'l  kabilar.  Bu  toponimlaming  birinchi  komponenti 

sifat, ikkinchi  komponenti  esa  ot  (geografik  atama).  Ikki  komponentlilar  grammatik 

tuzilishi jihatidan hozirgi toponimlardan farq qilmaydi. Uch komponentlilar esa atigi 

bir nechta: D'rungqosho'kuz, Qeraqosho'toaz, To'rig'arttayiz.. 

Etnonimlar  haqida.  «Devon»da  juda  ko'p  xalq,  qabila,  toifa  nomlari  - 

etnonimlar  tilga  olingan.  Mahmud  Koshg'ariy  «Devon»ning  bosh  qismida  turk 



qabilalari haqida so'z yuritib: bajanak, qipcboq, o'g'uz,- yamak, basmil, qay, yabaku, 

tatar, qirg'iz, chigil, taxsi, yag'ma, ig'roq, jaruq, jumul, uyg'ur, tangut, xtoy. Kitobning 

lug'at qismida esa kenjak, bayot, sag'doq, uch, qorluq, o'groq, kucha, balaq, Kalach, 

aramut, turkman, qiniq, salg'ar kabi etnonimlarni ham tilga olgan. 

Bizning fikrimizcha, toponimika uchun yana bir ahamiyatli manba «Devon»da 

anchagina  uchraydigan  etnotoponimlardifr.  Arg'u  (shahar),  Bulg'or  dengizi,  Bulg'or 

shahri, Kesjak saiigir (shahar), Turk (shahar), Tavg'ach (mamlakat), Uyg'ur (viloyat), 

Yabaqu  (suv  nomi),  Yag’ma  (qishloq  nomi),  Yamak  (cho'l  nomi)  kabilar  aslida 

etnotoponimlardir.  Bundan  tashqari,  doira  xaritada  ham  G'uzlya,  Qipehosi  yurti, 

Basmil  cho'li  singari  bir  qancha  o'lkalar  tilga  olingan.  Demak,  «Devonu  lug'otit 

turk»dan ayni vaqtda etnonimlar va etnotoponindar to'g'risida ham juda boy material 

topish mumkin. 

Biroq  etnonimlarning  etimologiyasi  to'g'risida  Mahmud  Koshg'ariy  keltirgan 

rivoyatlarning  hammasini  ham  to'g'ri  deb  bo'lmaydi.  Masalan,  u 




Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə