S, Qorayevning «Toponimika» qo'llanmasi toponimikaning ilmiy-nazariy asoslariga feamda O'zbekiston toponimiyasiga bag'ishlangan va shubhasiz, ijtimoiy hajitda gujnanitar fanJaming eng dolzarb



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/74
tarix26.04.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#86078
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   74
MA’ruza matni

Vaxsh 

(shahri) yaqinida 



Jayxunga 

quyiladi». 



«Chag'onrud 

(Surxondaryo)  ki,  Chag'oniyondan  oqadi  va  Termiz  yonida 

Jayxunga quyiladi». 



«...Yana  biri  O'zgand  suvidirki,  Xallux  tog'i  (orqasi)  dan  boshlanib,  O'zgand, 

Bob  (Pop),  Axsikat,  Xo'jand,  Banokat  shaharlari  yonidan  o'tadi  va  to  Choch 

yerlarigacha yetadi, so'ngra Xorazm dengiziga quyiladi». 

Demak, muallif Sirdaryoni O'zgand (O'zgan) suvi degan, Xallux (Qarluq) tog'i - 

Tyanshan tog'lari bo'lsa kerak (ilk o'rta asrlarda, Yettisiivda Qarluq davlati bo'lgan). 

Hozirgi Axsi qishlog'i (Namangan viloyati, To'raqo'rg'on tumani) o'rta asrlarda yirik 

shahar  bo'lgan  va  Farg'ona  vodiysining  poytaxti  hisoblangan.  Bob  hozirgi  Pop 

tumanining  rnarkazi  -  Pop  shahri. 



Banokat 

Amir  Temur  1392-yilda  tiklab  o'zining 

katta o'g'li Shohruh Mirzo nomi bilan Shohruhiya deb atagan shahar, xalq tilida bora-

bora Shiarqiya bo'lib ketgan. Ohangaron daryosining bir tarmog'i hozir ham 



Sharqiya 

deb  ataladi.  Shahar  xarobasi  Toshkent  viloyatining  Oqqo'rg'on  tumani  hududida 

joylashgan. 

«Yana  bir  daryo  (hozirgi  Qurshob  daryosi)  Xurshobdirki,  Buttamon 

chekkasidan,  shimoliy  tog'laridan  boshlanib,  Xurshob  shahri  yaqinida  O'zgandga 

(Sirdaryoga) quyiladi». 

―Yana  boshqasi  Choch suvidirki,  O'zgandga quyiladi‖.  «Yana bir  daryo  Qubo 

(suvi)  dirki,  Qubo  shahri  yaqinida  O'zgand  (suvi)ga  quyiladi».  Qubo  -  Farg'ona 

viloyatidagi  Quva  soyi  va  Quva  shahridir.  «Hudud»da 

Norm 

daryosi  Xatlom  shahri 

nomi bilan Xatlom deb atalgan. «Yana boshqasi Parak daryosidirki, Choch yerlaridan 

o'tadi,  O'zgandga  quyiladi.  Bu  daryolar  hammasi  qo'shilgandan  keyin  yaxlit  suv 

Choch daryosi deyiladi, arablar (toziyon) bu daryoni Sayxun deb ataydilar». 

Parak - Chirchiq daryosi. Demak, bosh tomondagisi O'zgand bo'lgan, Chirchiq 

quyilgandan keyin Sirdaryo Choch daryosi deb atalgan. 

«Hudud»  asarida  Zarafshon  Buxoro  daryosi  deyilgan.  Shu  ma'lumotlardan 

ko'rinadiki, daryolar ko'pincha shaharlar yoki viloyatlar nomlari bilan atalgan. Vaxsh 

daryosi  –  Vaxsh  shahri,  Chag'onrud  (Chag'oniyon),  O'zgand  suvi  –  O'zgand  shahri, 

Xurshob daryosi - Xurshob shahri, Xatlom daryosi - Xatlom shahri, Choch daryosi - 

Choch (shahri, viloyati), O'sh daryosi - O'sh shahri. 

«Hudud  ul-olam»  muallifi  Sirdaryoni  bir o'rinda  Hasart  deb atagan. Shunga 

asoslanib,  H.  Hasanov  bunday  xulosa  chiqaradi:  «Sirdaryo  X  asrda  O'zbekiston 

tuprog'ida 

O'zgand 

va 


Hasart 

nomlari  bilan  atalgani  ma'lum  bo'ladi.  Shunday  qilib, 



Harast 

mahalliy  nomlardan  biriki, qadimgi  greklarning kitoblarida  yozilgan 



Yaksart 

shakli o'shandan o'zgartiribroq olingandir».  

―Movarounnahaxr – keng, obod va juda ko'rkam o'lka. Turkistonning darvozasi 

va  savdogarlar  maskanidir‖.  Asarda  O'zbekistonning  shaharlari  va  ayrim  viloyatlari 

quyidagicha ta'riflanadi: 

«Buxoro - azim shahar, Movarounnahrning eng obod shahri». 

«Paykend  -  yuztacha  rabot  (Narshaxiyning  «Buxoro  tarixi»da  mingdan  ortiq 

rabot)  bo'lgan  kichik  shaharcha».  (Paykend,  Baykand,  Poykand  nomi  bilan  ma'lum 

bo'lgan ilk o'rta asr shahrining vayronasi Buxoroning janubi-g'arbiy biqinida). 

«Karmina,  Dabusi,  Arbinjon  Sug'dning  kichikroq  shaharlaridan.  Kushoniya  - 

Sug'dning eng obod shaharlaridan...» 

«Samarqanad  -  buyuk,  obod  va  ne'mati  bisyor  shahar.  Bu  yerga  dunyoning 

hamma mamlakatlaridan savdogarlar keladi...» 



«Kesh  -  issiq  mintaqa  shaharlaridan  biri.  U  yerda  yog'ingarchilik  ko'p  

bo'ladi...» 

«Termiz  -  Jayxun  bo'yidagi  obod  shaharlardan.  Bu  shahar  Xatlon  va 

Chag'oniyonning savdo markazidir...» 

«Chag'oniyoli  -  ziroatchilik  va  chorvachilik  uchun  qulay  va  keng  joy,  ammo 

xalqi juda kambag'al». 

«Bu viloyatlarning poytaxti Chag'oniyon shahridir, tog' etagida bino bo'libdur». 

«Dizak — kichik bir shahar, suv bo'yida...» 

«Farg'ona  -  ulug',  obod  va  juda  go'zal  viloyatdir.  Uning  toglari,  tekis  joylari, 

oqar suvlari va shaharlari ko'p...» 

«Chatg’al (Chotqol) - Farg'onaning bir qismi, tog'lar orasida joylashgan, kichik 

shahar va qishloqlari ko'p. Ot va qo'y boqiladi, konlari ham bor». 

«Axsikat - Farg'onaning poytaxti, amirning qarorgohi. Bu katta shahar, Hasart 

daryosi (Sirdaryo) bo'yida». 

«So'x  -  tog'lar  orasida.  Buttamon  bilan  Farg'ona  chegarasidagi  joy,  60  ta 

qishlog'i bor». 

«Qsibo (Quva) - Farg'onaning eng obod katta shahri...» 

«Shosh - katta va obod, ko'rkam joydir. Shoshning poytaxti Binkat». 

«Kot  -  Xorazmning  poytaxti...  Bu  shahar  Turk,  Turkiston,  Movaraunnahr  va 

Xazarning savdo markazidir. Uning hokimi Xorazmshoh deb ataladi». 

Umuman,  «Hudud  ul-olam»da  Movarounnahr,  xususan,  O'zbekiston 

geografiyasi,  ayniqsa  qadimiy  toponimiyasi  haqida  talaygina  ma'lumotlar  olish 

mumkin. 

3.  «Buxoro  tarixi»  O'rta  Osiyo  xalqlari  tarixnavislik  fanidagi  dastlabki 

asarlardan  biri.  «Buxoro  tarixi»  O'rta  Osiyoda  arablar  istilosi  natijasida  islom 

dinining tarqalishi (VIII asr) hamda IX-XII asrlardagi Buxoro va unga yaqin shahar-

qishloqlar,  xalqlarining  iqtisodiy,  madaniy,  ijtimoiy,  siyosiy  tarixiga  oid  muhim 

ma'lumotlarni  o'z  ichiga  olgan.  Asarda  Buxoro  shahri  va  uning  atrofidagi  shahar-

qishloqlar, anhor-ariqlarning bundan ming yil oldin qanday atalganligi bayon etilgan. 

«Buxoro  tarixi»ni  asli  Buxoroning  Narshax  qishlog'idan  bo'lgan  Abu  Bakr 

Muhammad ibn Ja'far-an-Narshaxiy (to'la nomi - Abu Bakr Muhammad ibn Ja'far ibn 

Zakariyo ibn Xattob ibn Sharik) 943-944 yillarda arab tilida yozgan. 

Asarning  bizgachi  yetib  kelgan  forscha-tojikcha  nusxasi  1128  yili  Abu  Nasr 

Ahmad  ibn  Muhammad  ibn  Nasr  al-Quboviy  tomonidan  arabcha  asliyatidan 

qisqartirib qilingan tarjimadir. Oradan yarim asrcha vaqt o'tgandan keyin 1178-1179 

yillarda  Muhammad  ibn  Zufar  ibn  Umar  fors-tojikcha  tarjimani  ikkinchi  marta 

qisqartirib bayon qilgan va unga 1220-yilgteha bo'lgan voqealar ham kiritilgan. 

Asar  chet  ellarda  ham  bir  necha  bor  chop  etilgan.  Jumladan,  1897-yilda 

A.I.Likoshin  tarjimasida  Toshkentda  rus  tilida,  R.Fray  tarjimasi  1954-yilda 

Kembrijda ingliz tilida nashr etilgan. 

Biz  1966-yili  Toshkentda  A.  Rasulyev  tarjimasidagi  o'zbekcha  nashriga 

asoslandik. 

BUXORO  VA  UNGA  QO'SHILADIGAN  JOY  NOMLAM  IZOHI.  Karmina 

Buxoro  qishloqlari  jumlasidan  bo'lib,  uning  suvi  Buxoro  suvidan  (Zarafshondan) 

keladi. Karminada (hozirgi Navoiy viloyatida) adib va shoirlar ko'p bo'lgan. Masalda 



aytilishicha,  qadim  vaqtlarda  Karminani  «Bodyayi  xurdak»  («ko'zacha»)  deb 

ataganlar  (Karmina  -  hozirgi  Karmana  shahri.  Bodyayi  xurdak  «ko'zacha»  emas, 

balki  «kichik  dasht»,  «kichik  cho'l»  demakdir.  Chunki  bodya  so'zining  asl  ma'nosi 

«cho'li biyobon»). 

Nur  katta  joy.  Unda  masjidi  jome  bor,  u  ko'pgina  rabotlarga  ega.  Buxoro  va 

boshqa  joylarning  odamlari  har  yili  ziyorat  uchun  u  yerga  keladilar...  Bu  Nurni 

boshqa viloyatlarda Nuri Buxoro deb ataydilar (hozirgi Nurota shahri). 

Zandana. Bu qishloq katta qal'aga, ko'pgina bozorlarga va masjidi  Jomega ega. 

Bu  qishloqda  to'qib  chiqariladigan  bo'z  -  karbosni  «zandaniychi»,  ya'ni  «Zandana 

qishlog'idan chiqadigan» deb ataydilar (hozirgi Peshku tumanidagi Zandoni qishlog'i 

bo'lsa kerak). 

Vardona. Bu katta bir qishloq bo'lib, ko'handizga, katta va mustahkam hisorga 

ega.  U  qadim  vaqtlardan  podsholarning  qarorgohlari  bo'lgan,  lekin  hozirda  unda 

podshoh  o'tiradigan  qarorgoh  yo'q.  Vardona  Buxoro  shahridan  qadimroq  barpo 

bo'lgan.  

Vardona  (Vardani,  Vardanzi,  Vardanze)  qishlog'i  Shofirkon  tumanidagi 

Qo’rg’onl Vardanzi nomi bilan mashhur tepalik atrofida bo'lgan. Pahlaviy tilida 


Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə