S, Qorayevning «Toponimika» qo'llanmasi toponimikaning ilmiy-nazariy asoslariga feamda O'zbekiston toponimiyasiga bag'ishlangan va shubhasiz, ijtimoiy hajitda gujnanitar fanJaming eng dolzarb



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/74
tarix26.04.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#86078
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   74
MA’ruza matni

vard 

«gul», 


-on 

ko'plik qo'shimchasi, ze (zi) - «yer», 



Vardonze - 

«sergul joy» degani. 

Afshina. Katta shoriston (shahriston)ga va mustahkam hisorga ega. Bir qancha 

qishloqlar unga mansubdir. U yerda har haftada bir kun bozor bo'ladi. Bu qishloqning 

ekin yerlari va biyobonlari madrasa talabalariga vaqf qilingan. 

Afshina - bu hozirgi Romitan tumanidagi Afshana qishlog'idir. O'sha davrlarda 

Samarqand  yaqinida  ham  Afshina  qishlog'i  bo'lgan.  Afshin  -  Jizzax  bilan  Xo'jand 

shaharlari oralig'idagi Usrushona ta-rixiy viloyati podshosining unvoni - «hukmdor» 

degani, bu so'z asli sug'dcha bo'lishi kerak. 

Barkad. Bu qadimiy va katta bir qishloq, bir katta ko'handizga ega. Bu qishloqni 

«Barkadi  alaviyon»  -  «Ali  avlodining  Barkadi»  deb  ataydilar.  Bunga  sabab  shuki, 

amir  Ismoil  Somoniy  bu  qishloqni  sotib  olib,  uning  bir  bo'lagini  Muhammad 

payg'ambarning ktjyovi xalifa Ali avlodiga vaqf qilgan. Bu qishloqning keyingi tarixi 

noma'lum. 

Romtug  (Romitan).  Bu  katta  ko'handizga  ega  va  mustahkam  qishloq  boiib, 

Buxorodan  qadimiyroq.  Ayrim  kitoblarda  bu  qishloqni  Buxoro  deb  ataganlar.  U 

qadim vaqtlarda podsholarning turar joylari bo'lgan, keyinroq esa Buxoro shahri bino 

boigandan  keyin  pod-shohlar  qish  faslidagina  bu  qishloqda  turganlar.  Bu  qishloqni 

Afrosiyob bino qiigan. 

« Buxoro tarixi»ning Buxoroda bosilgan nusxasida Romtin (Romitan) qishlog'i 

nomining kelib chiqishi haqida bir rivoyat keltiriladi. Aytadilarki, Afrosiyobning bir 

qizi  boiib,  uning  doimo  boshi  og'rir  edi.  Romtinga  kelib  turib  qolganidan  keyin  bu 

yerning havosi  muvofiq  kelib darddan  xalos  bo'ldi va bu  joyga  «Oromi  tan»  -  «Tan 

oromi»  deb  nom  qo'ydi.  Oddiy  xalq  buni  «Romtin»  deganlar.  Bu  hozirgi  Romitan 

tumani markazi Romitan shahridir. 

Varaxsha.  Bir  nusxa  [kitobda]  Varaxsha  o'rnida  Rajfandum  deb  yozganlar. 

Katta  qishloqlar  jumlasidan  bo'lib,  Buxoro  singari  edi.  U  Buxoro  shahridan 

qadimiydir, podsholar turadigan joy boiib, mustahkam hisorga ega boigan. 




Bu  qishloqning  nomi  turli  mualliflarda  Baraxsha,  Farahsha,  Afraxsha, 

Faraxshan,  Varaxshiy,  Afraxshiy,  hatto  Rajfandum,  Daxfendun  shakllarida  qayd 

qilingan.  V.V.  Bartold  bu  qadimiy  qishloqning  nomi  Romitan  qishlog'i  yaqinidagi 

katta  tepalik  nomida  saqlanib  qolgan  ko'rinadi,  deydi.  Varaxshaning  qoldiqlari 

Buxorodan 30 km shimoli-g'arbda joylashgan. 

Baykand.  Buni  shaharlar  jumlasidan  deb  hisoblashadi.  Baykand  aholisi  biror 

kishining  Baykandni  qishloq  deb  atashiga  ruxsat  bergan  emas.  Baykartdda  Buxoro 

qishloqlari sonicha, ya'ni mingdan ortiq rabot bo'lgan. Buning sababi shuki, Baykand 

katta va yaxshi joy boiib, har bir qishloqning aholisi u yerda bir rabot qurib, unga bir 

to'da  kishilarni  joylab  qo'ygan  va  ularning  nafaqalarini  qishloqdan  yuborib  turgan. 

Qish  faslida  kofirlar  yigilib  hujum  qiladigan  vaqt  boiganida  har  bir  qishloqdan  u 

joyga  ko'p  xalq  to'planib  g'azot  qilganlar.  Shunda  har  bir  odam  o'z  rabotiga  kelib 

tushgan.  Bu  shahar  «Hudud  ul-olam»da  va  boshqa  asarlarda  ko'proq  Paykend 

(Poykend) shaklida uchraydi. 

Haromkom suvi Baykandga keladi. Baykandda qamishzorlar va katta-katta suv 

halqoblari tutashadi. Bularni «Borgini farox» - «Keng havz» deydilar va Qaroko'l deb 

ham  ataydilar.  U  ko’lning  kengligi  yigirma  farsangdir,  uni  «Buhayrayi  Somjan»  - 

«Somjan koii» deb ataydilar. 

Bu maiumotlar tarixiy geografiya va toponimika uchun o'ta muhim. Bundan 10 

asr oldin hozirgi Qorako'l shahri atroflarida kengligi 20 farsax katta ko’l boigan, bu 

ko’l Bargini farox, Buhayrayi Somjan va Qorakol deb atalgan ekan. 

Bu asarning toponimika uchun eng muhim tomoni shundaki, Buxoroning o'sha 

zamondagi  bir  necha  yuz  shahar  hamda  qishloqlari  nomlari  tilga  olingan.  Shunisi 

xarakterliki,  Narshaxiy  tilga  olgan  bir  necha  qishloq  va  shaharlar  hozir  ham  o'sha 

nom  bilan  ataladi. 


Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə