S, Qorayevning «Toponimika» qo'llanmasi toponimikaning ilmiy-nazariy asoslariga feamda O'zbekiston toponimiyasiga bag'ishlangan va shubhasiz, ijtimoiy hajitda gujnanitar fanJaming eng dolzarb



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/74
tarix26.04.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#86078
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   74
MA’ruza matni

ko'h  -

  tog',  -



ak 

kichraytirish 

affiksi, «tog'cha», ya'ni «tepalik» demak, hozir Cho'ponota deb ataladi). 

Asarda  Konigil  to'g'risida  aytilgan  gaplar  ham  e'tiborga  molik.  Ba'zi  birovlar 

uni 

Koni  gil, 

ya'ni  «tuproq  koni»  desalar,  boshqalar,  chunonchi,  Fazlulloh  bin 

Ro'zbexon  «Mehmonomai  Buxoro»  asarida 

Koni  gul, 

ya'ni  «gullar  koni»  deydi. 

Bobur  esa  «ohangning  oti  Koniobgir»  deb  yozadi.  Bu  esa  haqiqatga  yaqin.  Chunki 

Siyob  suvining  «atrofi  tamom  obgir»,  ya'ni  botqoq  bo'lgan  (obgir  atamasi 

«Boburnoma»  da  bir  necha  joyda  uchraydi).  Demak, 

Koniobgir 

asta-sekin  o'zgarib 

Konigil shaklini olgan. 

Keshning  Shahrisabz  deb  atalishining  sababi:  «Bahorlar  sahrosi  va  shahri  va 

bomi va tomi xo'b sabz bo'lur uchun Shahrisabz ham derlar». 

Qarshi shahri nomining etimologiyasi haqida «Boburnoma»da bunday deyilgan: 

«Qarshi mo'g'ulcha ottur, go'rxonani mo'g'ul tili bila qarshi derlar. Qadimgi turk tilida 

qarshi  «ko'shk»,  «saroy»,  «xon  qarorgohi»  demak.  Lekin  XV-XVI  asrlarda  bu  so'z 

«mo'tabar shaxslar qabriga qurilgaa dahma maqbara» ma'nosini olgan. 

Bobur Kashmir etimologiyasini quyidagicha taxmin qiladi: «...Bu tog' elini Kas 

derlar.  Xotirg'a  yettikim,  Hindiston  eli  «shin»ni  «sin»  talaffuz  qilur  (ya'ni  sh 

tovushini  s  talaffuz  qiladilar),  chun  bu  tog'da  mo'tabar  shahar  Kashmirdur,  balki 

Kashmirdin  o'zga  bu  tog'da  yana  shahre  eshitilmaydur.  Bu  jihattin  bo'la  olurkim, 

Kashmir demish bo'lg'aylar». 

Himolay tog'larini Bobur bunday izohlaydi: «Bu tog'ni hind eli Savo lak parbat 

derlar, hind tili bila «savo»  - rub' (chorak), «lak»  - yuz ming, «parbat»  - tog', ya'ni 

rub' va yuz ming tog'kim, yuz yigirma besh ming tog' bo'lg'ay». 

Joy  nomlarining  grarnmatik  xususiyatiga  kelganda  shuni  aytish  kerakki, 

―Devonu lug'otit turk‖da uchraydigan toponimlarning aksariyati bir komponentli (bir 

tarkibiy  qismli)  bo'lsa,  «Boburnoma»dagi  joy  nomlarining  ko'pchiligi  ikki 

komponentlidir.  Affiksli  (qo'shimchali)  toponimlar  ham  anchagina  uchraydi. 

Affikslardan,  -aa  (yon),  -ob,  ~tu,  -ot  eng  xarakterlidir:  Ohangaron,  Childnhtaron, 

Bog'izag'on,  So'zangaron,  Charmgaron,  Valiyon,  Bomiyon,  Seyoron  va  boshqalar. 

Andarob,  Serob  (Sarob),  Tangob,  Murg'ob,  Nilob,  Balxoli,  Astarob,  Xushob, 

Clianob,  Siyofaob,  Sarxob,  Borixoli  kabi.  Olmotu,  Chita,  Samtu  (Shamtu),  Chatu, 

Ulobatu, Neratu, Jarg’ota, Qammotu, Qo'ratu va hokazo. 

«Boburnoma»da geografik atamalar shu qadar ko'pki, ularning ko'pchiligi hozir 

ham  mavjud,  bir  qanchalari  faqat  geografik  nomlar  tarkibida  qolgan,  ba'zi  birlari 

butunlay  iste'moldan  chiqib  ketgan. 

Jar,  yayloq  (yaylov),  tangi,  tog',  tepa,  dara, 

dasht,  koriz,  dovon,  sahro,  soy,  shoxob,  orol,  sel 

kabi  atamalar  o'zbek  geografik 

adabiyotida keng ishlatiladi.  K

ent, pushta, tuz, o'lang, takoh, bandar, band, qasaba, 

o'rdu  (o'rda),  yom,  chordara,  qorasuv 

kabi  atamalar  asosan  joy  nomlari  tarkibida 

qolgan  yoki  boshqa  tillarda,  chunonchi,  tojik  tilida  uchraydi. 

Brong'or,  jvong'or, 

tunqotar 

kabi harbiy atamalar ham bir qancha toponimlar hosil qilgan. 

«Boburnoma»da  tilga  olingan  asosiy  geografik  atamalar  quyidagilar: 

tarnov 

(ariq),  k



asaba 

(shaharcha), 



kent,  ko'hpoya 

(tog'  etagi), 




Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə