S, Qorayevning «Toponimika» qo'llanmasi toponimikaning ilmiy-nazariy asoslariga feamda O'zbekiston toponimiyasiga bag'ishlangan va shubhasiz, ijtimoiy hajitda gujnanitar fanJaming eng dolzarb



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/74
tarix26.04.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#86078
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   74
MA’ruza matni

6.

 

 Nizomiddiy SHomiy. Zafarnoma. – T.: O`zbekiston, 1996. 

7.

 

Sogdiyskie  dokumenti  s  gori  Mug,  yuridicheskie  dokumenti  i  pis'ma. 

Perevod i kommentarii Livshitsa. Vipusk II. –  M., 1962. 

8.

 

Qorayev S. Toponomika. – T., 2006. – 320 b. 

 

 



10-MAVZU.  YOZMA  YODGORLIKLARNING  TOPONIMIK  TAHLILI 

(4 soat). 

Reja: 

1.

 

O’zbekiston toponomiyasini o’rgangan xorijlik va maxalliy olimlar. 

2.

 

Xudud ul-Olam. 

3.

 

Narshaxiyning “Buxoro tarixi” asari. 

4.

 

Maxmud Qoshg’ariyning “ Devoni lug’otit turk” asari. 

5.

 

“Boburnoma”.  

1. Har qanday fan o'z-o'zidan birdan paydo bo'lmaydi. Buning uchun jamiyatda 

tegishli  talab-ehtiyoj  vujudga  kelishi,  zaruriy  ilmiy  poydevor  yaratilisfai  shart.  Ana 

shunday  mustahkam  poydevor  bu  bebaho  ilmiy  asarlar,  yozma  yodgorliklar.  Bir 

necha  asr  davomlda  toponimlar  ko'plab  tarixiy,  lingvistik,  geografik  asarlar 

yaratilgan, geografik nomlarni kompleks o'rganishga sharoit hozirlangan. 

Toponimikaning  mustaqil  fan  sifatida  oyoqqa  turishiga  imkon  bergan  son-

sanoqsiz  manbalardan  ba'zi  birlari  haqidagina  to'xtalib,  ularning  toponimika  uchun 

ahamiyatiga urg'u berish maqsadga muvofiqdir. Chunonchi bundan 10 asr oldin o'rta 

osiyolik  olimlar  tomonidan  yozib  qoldirilgan  bebaho  asarlar  –  jahon  geografiyasi 

hisoblangan  «Hudud  ul-olam»,  Narshaxiyning  «Buxoro  tarixi»,  Mahmud 

Koshg'ariyning «Devonu lug'otit-turk» asarlari toponimiya jihatidan o'rganildi. O'rta 

Osiyoda  memorial  asarlarning  durdonasi  hisoblangan  «Boburnoma»ga  toponimik 

sharh  berildi.  Yuqorida  tilga  olingan  ana  shu  asarlarning  toponimik  mohiyatlari 

haqida  tasawurga  ega  bo'lmasdan  turib  O'zbekiston  toponimiyasini  o'rganish 

ko'ngildagidek samara bermaydi. 

Geografik  nomlar  kishilarning  e'tiborini  qadim  zamondanoq,  jalb  qilib  kelgan. 

Yunon  tarixchisi  Gerodot  o'z  asarlarida  mamlakatlar,  shaharlar,  dengizlar,  daryolar 

nomlarining  ma'nosini  tushuntirib  berishga  harakat  qilgan.  Antik  dunyo  mualliflari 

geografik nomlarni asosan etimologik jihatdan izohlagan. Biroq geografik nomlarni, 

ularning kelib chiqishi va tarixini ilmiy asosda o'rganish, ularni tasnif qilish nisbatan 

yaqin  vaqtlardan  boshlangan.  Nemis  geografi  A.  Gumbold  bu  sohada  ancha  xizmat 

qilgan dastlabki olimdir. Rossiyada ilmiy toponimika asoschisi deb A.X. Vostokovni 

aytish mumkin. 

O'rta  Osiyoni,  jumladan,  O'zbekistonni  tarixiy  geograflk  jihatdan  o'rganishda 

sharqshunoslarning  xizmati  katta.  Yevropalik  sharqshunoslardan  Jyul  Tonnele, 




A.Vamberining  O'rta  Osiyodagi  joy  nomlari  to'g'risida  aytgan  fikrlarini  X.  Hasanov 

o’z asarida qayd qilib o'tgan. O'rta Osiyo Rossiyaga qo'shib olingungacha kelgan rus 

sharqshunoslaridan  N.V.  Xanikov,  N.F.  Sitnyakovskiy,  L.N.  Sobolevlarning 

asarlarida  O'zbekiston  toponimikasiga  doir  materiallarni  ko'plab  topib  uchratish 

mumkinn.  N.V.  Xanikovning  «Buxoro  xonligining  tasviri»  kitobida  bir  qancha  joy 

nomlari bilan birga o'zbek urug'lari haqida ham ma'lumotlar beradi. 

O'zbekiston  toponimikasini  o'rganishda  tadqiqotchi  V.  Vyatkin  alohida  o'rin 

tutadi.  lining  tarixiy-geografik  asarlari  orasida  Toshkent  tumani  hamda  Samarqand 

viloyattoing tarixiy geografiyasiga oid tadqiqotlari alohida diqqatga sazovor.  

Muallif  Samarqand  viloyatining  tarixiy  geografiyasini  temuriylar  hukmronligi 

davridan  XIX  asrgacha  vaqf  hujjatlari  asosida  bayon  etadi.  V.  Vyatkiin  vaqf 

hujjatlarida tilga olingan qishloqlarning qayerda ekanini, eski geografik nomlarining 

hozirgi  qaysi  shaklda  talaffuz  etilishini,  yo'q  bolib  ketgan  qishloqlarning  o'rnini 

aniqlaydi. Muallif XVIII asrning oxiriga qadar forscha geografik nomlar ko'pchilikni 

tashkil  qilar  edi  va  butun  viloyatda  hozir  uchraydigan  taody  geografik  nomlarning 

aksari  qismi  asosan  so'nggi  asrda  vujudga  kelgan  deb  xulosa  chiqaradi. 

V.Vyatkinning  bu  asari  geografik  nomlarning  ruscha  transkripsiyasida  ham  muhim 

rol  o'ynaydi.  U  XIX  asr  oxridayoq,  Zeravshanni  –  Zarafshan,  Agalik  –  Axaklik 

(Ohaklik),  Sanzar  –  Sankzar,  Angrenni  –  Axangaran  (Ohangaron)  shaklida  to'g'ri 

yozgan  edi.  Shuningdek, 



diz,  mitan 

kabi  atamalarning  ma'nosini  («istehkom», 

«qal'a») aytib o'tgan va bu atamatardan tuzilgan joy nomlarini keltirgan. 

Umuman  V.  Vyatkinning  mazkur  asari  toponimik  tadqiqotlarda,  ayniqsa  joy 

nomlari etimologiyasi va transripsiyasida katta yordam berishi mumkin. 

XIX  aiming  oxiri  – XX  asrning boshlaridagi  rus  sharqshunoslaridan  akademik 

V.V. Bartoldning  asarlari toponomikada  alottida o'rin  tutadi. V.V. Bartold  asarlarini 

o'rganmasdan turib O'rta Osiyo toponimikasi bilan shug'ullanib boimaydi. 

V.V.  Bartoldning  1900-yilda  bosilib  chiqqan  «Turkiston  mo'g'ulla:  hujumi 

davrida»  nomli  asari,  ayniqsa  uning  Movarounnahrning  geografik  ocherkiga 

bag'ishlagan  bobi,  toponimik  ma'lumotlarga  boy.  Umuman,  ushbu  olimning  tarixiy 

geografiyaiga  taalluqli  boimagan  va  geografik  nomlarni  o'z  ichiga  olmagan  bironta 

ham asarini topish qiyin. Asarlarining toponimika uchun qimmati shundaki, u rus va 

g'arbiy Yevropa tillaridagi adabiyotlarni o'qish bilan kifoyalanmaydi balki arab, fors 

hamda turkiy tillardagi asarlarni asliyatida mutolaa qiladi, ularni tanqidiy o'rganadi va 

bir-birlari  bilan  taqqoslaydi.  U  arab  va  fors  manbalarida  tilga  olingan  yuzlab  joy 

nomlarining tran-skripsiyasini, etimologiyasini va o'rnini aniqladi. 

V.V Bartold joy nomlarini ayrim holda emas, balki mamlakat tarixi bilan bogiiq 

ravishda  o'rganadi,  shuning  uchun  ham  birgina  shahar,  qishloq  yoki  ariq  nomi 

etimologiyasi  bir  necha  joyda  takrorlanadi.  Masalan,  Qarshi  shahri  nomining 

ma'nosini  V.V.Bartold  o'z  asarlarida  o'ndan  ortiq  joyda  aytib  o'tgan.  Shu  narsa 

xarakterliki,  V.V.  Bartold  dastlabki  vaqtiarda  ―



Qarshi 

mo'g'ulcha  so'z  boiib,  saroy 

demakdir‖  deb  yozadi,  keyinroq  lug'at  ta'sirida  «Bu  so'zni  mo'g'ullar  uyg'urlardan 

qabul qilgan» desa, «Islom ensiklopediyasi»da ―Qarshi uyg'urcha so'z, u keyinchalik 

mo'g'ul  tiliga  o'tgan‖,  deb  yozadi.  Shuningdek,  Buxoro,  Movarounnaxr,  Murg'ob, 

Shopurkom kabi toponimlar etimologiyasi ham bir necha iriarta takrorlangan. 




V.V.  Bartold  etiraologiyalarining  hammasini  ham  bekami-ko'st  to'g'ri  deb 

bo'lmaydi,  albatta.  Masalan,  Parkeat  qishlog'i  nomini  Barskent,  ya'ni  ―bars  (qoplon) 

shahri‖  deb  izohlaydi.  Bunday  deyish  to'g'ri  bolmasa  kerak.  Chunki,  birinchidan, 

Parkent  bitta  emas  –  Xovos  yaqinida  ham  Parkent  degan  qishloq  bor.  Ikkinchidan, 

arabnavis  olimlar  p  o'rniga  ko'pincha  b  yozishgan.  Masalan,  Paqgakent  o'rniga 

Bunjikat,  Piskeat  o'rniga  Biskeat,  Piskom  o'rniga  Biskom  va  hokoza.  V.V.  Bartold 

Mang'ishloq  yarim  oroli  nomini  ―ming  qishloq‖  deb  izohlagan.  Qozoq  olimi 

Musaboyev  Mang'ishloq  –  ―qo'y  qishlog'I‖  demakdir,  deb  yozadi,  chunonchi, 

«Devonu lug'otit turk»da 

man 

(mang) «qo'y» degan ma'noda keladi.  

V.V.  Bartold  joy  nomlari  etimologiyasi  haqidagi  xalq  rivoyatlarini  chala 

mullalarning  turli  bo'lmag'ur  uydirmalaridan  farq  qiiish  kerak,  deb  ogohlantiradi.  U 

joy  nomlarining  bora-bora  butunlay  o'zgarib,  boshqa  ma'no  olishini  ko'rsatib  berdi. 

Chunonchi,  «Qizilsuv»ni  ruslar  o'z  tiliga  moslashtirib  «Kozelsi»  shaklida  talaffuz 

qilgan, Ko'handiz, ya'ni «ko'hna qal'a» o'zgarib 

qunduz 

shaklini olgan. V.V. Bartold 

asariga  qarab  Qashqadaryo  nomi,  «evolyutsiyasi»ni  quyidagicha  tasav-vur  qiiish 

mumkin: Keshrud-Keshirud, Xashqarud-Xashqadaryo-Qashqadaryo. 

V.V.  Bartold  asarlarida  uchraydigan  atamalar  ham  toponimik  tadqiqotlarda 

e'tibordan chetda qolmasligi  kerak. Olim 



ama, anqor,   vaqf, vixara  (bxar), diz, yob, 

yarn, juybar, kat, kent, kom, krngar, chorsu, shahriston, yayloq, qarya, g'aicha, qisor, 

o'rchin,  qal'a,  qo'rg'on 

kabi  yuzlab  geografik  atamalarni  aytib  o'tgan  va  ko'pincha 

ularning  ma'nosini  ham  bergan.  Bu  atamalar  ko'plab  joy  nomlari  tarkibida  uchraydi 

va  ulaming  leksik-semantik  xususiyatlarini  tushunib  olishda  katta  yordam  beradi. 

Birgina misol keltiramiz. V.V. Bartold o'z asarida eron tillarida 

bog' 

so'zining «xudo» 

degan  ma'nosi  ham  bor  deb  yozadi.  «Eronning  tarixiy-geografik  obzori»  asarida 

Bog'iston  degan  joyni  «xudo  maskani»  deb  izohlaydi.  Bag'dod  ham  ―xudo  bergan‖ 

demakdir.  Ana  shu  munosobat  bilan  Toshkent  viloyatidagi  Begiston  qishlog'ining 

etimologiyasi haqida ham o'ylab ko'rishga to'g'ri keladi. 

V.V.  Bartold  joy  nomlarini  mamlakat  tarixi  va  geografik  muhiti  bilan  bog'liq 

ravishda  o'rgandi,  ayni  vaqtda  toponimlarning  lingvistiksiga  ham  katta  ahamiyat 

beradi.  V.V.  Bartold  asarlari  toponimistlar  tomonidan  tanqidiy  ravishda  chuqur 

o'rganilishi  kerak.  Har  qanday  tarixchi  ozmi-ko'pmi  toponimika  bilan  shug'ullanadi, 

beixtiyor joy nomlari tarixi, kelib chiqishi bilan qiziqadi. Shuning uchun ham har bir 

tarixiy  asardan  bir  necha  geografik  nom  to'g'risida  ma'lumot  topish  mumkin. 

Tarixchilardan  M.Ye.Masson,  S.P.  Tolstov,  O.A.  Suxaryeva,  O.D.  Chexovich, 

Y.G'.G'ulomov,  A.R.  Muhammadjonov  asarlarida  O'zbekiston  toponimikasiga  doir 

talay  materiallar  topish  mumkin.  Masalan,  akademik  Y.G'.  G'ulomovning 

«Xorazmning sug'orilish tarixi»da geografik nomlar ham juda ko'p. Umuman olganda 

jamiyat  tarixi,  xususan,  irrigatsiya  tarixi  ma'lum  ma'noda  toponimlar  tarixidan 

iboratdir. 

Muallif  bir  qancha  joy  nomlarining  kelib  chiqishini,  etimologiyasini  aytib 

o'tadi. Chunonchi, Qizilqum  choiidagi  Sulton  Uvays  tizmasi  O'rta  Osiyoda  tasavvuf 

ta'limotiga asos soluvchilardan biri – arab Uvays Qorniy (VII asr) nomi bilan atalgan, 

«sulton» unvoni unga keyinchalik O'rta Osiyo xalqlari tomonidan berilgan. Kaltepa 

degan do'ng o'simliksiz, yalang bo'lgani uchun shunday nom olgan. V.V. Bartold kabi 

Y.G'.  G'ulomov  ham  G'azobod  (xalq  talaffuzida  g'azovot)  kanali  nomi  muqaddas 




urush  ma'nosidagi 


Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə