Xavfsizlikni ta’minlash uslublari



Yüklə 48 Kb.
səhifə1/2
tarix05.03.2023
ölçüsü48 Kb.
#101977
  1   2
Xavfsizlikni ta


Xavfsizlikni ta’minlash uslublari. Xavfsizlikni ta’minlovchi uslublarni o‘rganishdan oldin ishchi zona va xavf zonasi kabi iboralarga tushuncha beramiz. Mehnat
jarayoni davrida ishchi turadigan yoki harakat qiladigan joy,ishchi zona – gomosfera deb yuritiladi. Doimiy yoki davriy ravishda xavf sodir bo‘ladigan
zona–noksosfera deb yuritiladi. Mehnat jarayoni davrida xavfsizlikni ta’тinlash
uslublarini quyidagi 3 turga ajratish mumkin: 1. Gomosfera va noksosferani fazoviy va (yoki) vaqt bo‘yicha ajratishga asoslangan uslub. Bu asosan distansion
boshqarish, аv- tomatlashtirish, robotlashtirish va boshqa tashkiliy tadbirlar orqali, amalga oshiriladi. 2. Xavfni bartaraf etish orqali noksosferani me’yorlashtirish uslubi. Bunga insonni shovqin, gazlar, changlar ta’siridan himoya qilishga qaratilgan tadbirlar majmui va jamoa himoya vositalari kiradi. 3. Мa’lum muhitda insonni himoyalash darajasini oshirishga aratilgan usullar va vositalar majmui. Bu uslub ishchilarni xavf- sizlik texnikasi bo‘yicha ‘qitish, ShHVdan foydalanish, psixologik ta’sir etish va boshqa shu kabi tadbirlar orqali amalga oshiriladi. Xavfsizlikni ta’minlovchi vositalar – bu xavfsizlik tamoyillari va uslublarini amalga oshirishdagi konstruktiv, tashkiliy namda material mujassamlikdir.
Tamoyillar, uslub va vosita – bu xavfsizlikni ta’minlovchi mantiqiy bosqichdir. Ularni tanlash faoliyatning aniq shart- sharoitlariga, xavf darajasiga, iqtisodiy ko‘rsatkichlarga va shu kabi bir qancha mezonlarga bog‘liq bo‘ladi. Xavfsizlikni ta’minlovchi vositalar jamoa himoya vositalari (JHV) va shaxsiy himoya vositalariga (ShHV) bo‘linadi. 0'z o‘rnida JHV va ShHVlar ham xavfning xususiyati, amalga oshish tartibi, ishlatilish sohasi va shu
kabi ko‘rsatkichlarga bog‘liq holda bir necha guruhlarga bo‘linadi. Mehnat muhofazasini rejalashtirish Ishlab chiqarishda mehnat sharoitini yaxshilash hamda sog‘lom va xavfsiz ish sharoitini tashkil etish uchun birinchi navbatda mehnat muhofazasini yaxshilash bo‘yicha rejali tadbirlar ishlab chiqish talab etiladi. Bu rejali tadbirlar Kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan holda tuzilmog‘i va zarur mablag‘lar bilan ta’minlanmog‘i zarur. Mehnat muhofazasini yaxshilash bo‘yicha bajariladigan barcha ishlar bir yilga, besh yilga va kelajakka mo‘1jallangan rejalar asosida amalga oshiriladi. Mehnat muhofazasini yaxshilash bo‘yicha tuziladigan bir yillik rejada ko‘zda tutilgan tadbirlar ma’muriyat bilan kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘rtasida tuzilgan mehnat muhofazasi bo‘yicha jamoaviy shartnomada o‘z ifodasini topadi. Jamoaviy shartnoma loyihasi yil boshida ishchilarning umumiy majlisida muhokamaga qo‘yiladi va u ma’qullangach, tashkilot ma’muriyati hamda kasaba
uyushmasi qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi. Mehnat muhofazasini yaxshilash bo‘уicha tuziladigan tadbirlar asosan quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga olishi mumkin: а) Ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalarning oldini olish: – barcha yangi qurilayotgan оbyektlarni mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi masalalarini qamrab olgan ishlab chiqarish ishlari loyihasi bilan ta’minlash; – ish joylarida ishlayotgan barcha mashina va mexanizmlarning sozligi va texnikaviy holati ustidan qat’iy nazorat qilib borish hamda ularni belgilangan vaqtlarda sinovdan o‘tkazish; – sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar yana takrorlanmasligi
uchun ularni tahlil qilib borish; – xavfsizlik texnikasi holati ustidan uch bosqichli
ma’muriy- jamoat nazoratini doimiy ravishda olib borish; – xavfsiz mehnat sharoitini ta’minlaydigan yangi moslama va vositalar ishlab chiqish; – elektr qurilmalari va jihozlarining yerga ulanganligini tekshirib borish; – ishchilarni maxsus kiyim-boshlar va shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlash, ulardan foydalanish darajasini
nazorat qilib borish; – ishchilar va injener-texnik xodimlarni xavfsizlik texnikasi bo‘yicha qo‘llanmalar bilan ta’minlab borish. b) Ishlab chiqarishda kasallanishning oldini olish
uchun: – ish joylarida va dam olish xonalarida me’yoriy mikroiqlim bo‘lishini ta’minlash;
– ishchilar va xodimlarni ishga va ishdan avtobuslarda yoki shu maqsadlar uchun maxsus jihozlangan avtomobillardagina tashish; – ishlab chiqarishda kasb kasalligining oldini olish
bo‘yicha kompleks tadbirlar ishlab chiqish;– belgilangan ish turlari uchun tibbiy ko‘riklarni
tashkil qilish; – ish joylari va dam olish xonalarining sanitariya holatini yaxshilash;
– loyiha asosida talab etiladigan ish joylari va binolarida shamollatish, shovqin hamda titrashni kamaytirish moslamalarini o‘rnatish; – maxsus kiyim-boshlarni quritish, yuvinish xonalarini hamda issiq sexlarda gazsuvlarni tashkil etish;– belgilangan ish turlaridagi ishchilarni sut va boshqa profilaktik oziq-ovqatlar bilan ta’minlashni tashkil etish.
d) Mehnat sharoitlarini yaxshilash uchun: – ishlab chiqarish madaniyatini yuksaltirish, ishlab
chiqarishga yangi texnologiyalar va yangi texnikalarni joriy etish;– xavfsizlik texnikasi holatini yaxshilashga yo‘naltirilgan ratsionalizatorlik va ixtirochilik ishlarini keng
уo‘lga qo‘yish; – xavfsizlik texnikasi holatini yaxshilashga уo‘naltirilgan musobaqalar tashkil etish;– ish joylari, sanitar vagon-uychalar va boshqa ishlab chiqarish binolarini yangi zamonaviy shamollatish hamda isitish qurilmalari bilan jihozlash.e) Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha o‘qitish hamda targ‘ibot ishlarini olib borish uchun:– barcha ishchilar va injener-texnik xodimlarni xavfsizlik texnikasi bo‘yicha o‘qitish, уo‘riqnomalar o‘tish va bilimlarini sinovdan o‘tkazish;– mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha maxsus xonalar tashkil etish;– mehnat muhofazasi bo‘yicha seminarlar tashkil etish; – yangi joriy etilgan texnik vositalardan foydalanishbo‘yicha уo‘riqnoma va qo‘llanmalar ishlab chiqish. Yuqorida keltirilgan tadbirlar majmui korxonaning
ishlab chiqarish sohasiga bog‘liq holda kerakli qo‘shimchalar bilan to‘ldirilishi yoki o‘zgartirilishi mumkin.Ushbu tadbirlarni amalga oshirish uchun rejalashtirilgan mablag‘larni quyidagi tartibda taqsimlash maqsadga muvofiq hisoblanadi: ishlab chiqarishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalarning oldini olish uchun – 40%;
kasallanishning oldini olish uchun – 20%; mehnat sharoitini yaxshilash uchun – 30%; mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha o‘qitish hamda targ‘ibot ishlarini olib
borish uchun – 10%. Korxona ma’muriyati kasaba uyushmasi qo‘mitasi va yuqori tashkilotlarning roziligi bilan sarflanadigan mablag‘larni bir guruh tadbirlardan ikkinchisiga o‘tkazishi mumkin. Bu tadbirlar uchun ko‘zda tutilgan mablag‘larni boshqa tadbirlar uchun sarflash taqiqlanadi. Mehnatni muhofaza qilishni moliyaviy ta’minlash davlat tomonidan, shuningdek, mulk shaklidan qat’i nazar jamoa birlashmalari, korxonalarning ixtiyoriy
badallari hisobiga amalga oshiriladi. Mehnatni muhofaza qilish uchun tegishli budjetlardan
alohida qayd bilan ajratiladigan budjet mablag‘laridari (Respublika va mahalliy) boshqaruv hamda nazorat idoralarini saqlash, ilmiy- tadqiqot ishlarini moliyaviy ta’minlash, mehnatni muhofaza qilishga oid davlatning aniq maqsadga qaratilgan dasturlarini bajarish uchun
foydalaniladi. Har bir korxona mehnatni muhofaza qilish uchun zarur mablag‘larni jamoa shartnomasida belgilangan miqdorda ajratadi. Korxonalarning xodimlari ana shu maqsadlar uchun qandaydir qo‘shimcha chiqim qilmaydilar. Korxonalar o‘zining хо‘jalik, tijorat, tashqi iqtisodiy va boshqa faoliyatidan keladigan foyda (daromad), shuningdek, o‘zga manbalar hisobiga mehnatni muhofaza qilishning markazlashtirilgan fondlarini tashkil etish huquqiga ega. Mehnatni muhofaza qilish fondiga qaratiladigan foydaga soliq solinmaydi. Mehnatni muhofaza qilishga mo‘ljallangan mablag‘larni boshqa maqsadlarda ishlatish mumkin emas
Yüklə 48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə