Terminal davrda hamshiralik parvarishi



Yüklə 15,95 Kb.
tarix19.02.2023
ölçüsü15,95 Kb.
#101089
TERMINAL DAVRDA HAMSHIRALIK PARVARISHI


TERMINAL DAVRDA HAMSHIRALIK PARVARISHI

Terminal davr 2 ma’noga ega: inson umrining tugashi va kasallikning yakuniy bosqichi.Odatda terminal davrning quyidagi belgilanishi qo’llanadi: «Hatto kombinatsiyalangan davolashning barcha turlari yordamida bemorni tuzatish imkoni bo’lmagan holat va aksincha, faol davolash ushbu bemorga to’g’ri kelmaydigan holat». Odatda bunday holatda bemorning 6 oydan kamroq umri qolgan bo’ladi.O’lim oldi holati–bevosita o’lishdan oldin va o’lim vaqtigacha bo’lgan davrni o’z ichiga olgan o’limni kutish holati hisoblanadi.Terminal va palliativ parvarish haqida tushuncha.Terminal parvarish , shunday davirda beriladiki, qachonki bemorni fiziologik salomatlik darajasi yomonlashganda, qaytmas holatlar boshlanishi va oхir yaqinlashayotganligini his qilish. Bu holat «hayot oxiri» ni (end of life) anglatadi.Palliativ parvarish bemorning nuqtai–nazaridan simptomlarni yumshatish va hayot sifatini oshirish (QOL) birinchi galdagi maqsad hisoblanadi, biroq vazifalar vaziyatga qarab farq qilinadi va hamshira ushbu bemor uchun mos bo’lgan palliativ parvarishni taqdim qilishi zarurButunjahon Sog’liqni Saqlash Vazirligi bo’yicha ta’riflash: palliativ parvarish–bu «inkurabel bemor va uning oila a’zolarining hayot sifatini oshirish, shuningdek og’riq va boshqa jismoniy, ruhiy, ijtimoiy va ma’naviy xususiyatga ega muammolarning oldini olish, baholash va davolash bo’yicha tadbirlardir».Xospis parvarish haqida tushuncha «Xospis» (hospice) iborasining datlabki ma’nosi–«insonni samimiylik va mehmonnavozlik bilan qabul qilish», «iliq qabul qilishni o’rgatish». Xospis parvarishining falsafasi va g’oyasi–bemor atrofdagilarning unga inson sifatida hurmat qilishni sezib–hayotining oxirini yashash uchun terminal bemorga jismoniy va ruhiy yordamni ko’rsatishni ko’zda tutadi.∙1967 yilda London yaqinida ingliz shifokori Sesili Sonders tomonidan avliyo Kristofer nomidagixospis ochilgan.


Xospis g’oyasi.∙Xospis bino yoki muassasani anglatmaydi.∙Xospis–bu o’layotgan bemor qolgan umrini oxirigacha yashashi uchun kompleksli parvarishni ko’rsatishga yo’naltirilgan falsafiy g’oya asosidagi umumlashtirilgan tushuncha.Terminal davrda bemorlarning parvarishiTerminal davrda hamshiralik parvarishining maqsadi–hayotining oxirgi daqiqalarini yashashga imkon beruvchi bemorning odatdagi kundalik hayotini qo’llab–quvvatlash uchun va umumiy azoblarni bartaraf qilish maqsadida hayotning yakuniy davrida bo’lgan bemor (terminal bemor) ga malakali yordam berishdan iborat. SHu bilan birga bemorning oila a’zolariga zaruriy yordam ko’rsatish zarur.Bemor va uning oila a’zolarini terminal parvarishni amalga oshirayotgan hamshira doimo bemorning yonida bo’lib, ularning himoyachisi sifatida ishtirok etib, bemor odatdagi hayot tarzini yashash va hayotiy maqsadlarga erishish uchun o’zining imkoniyatlaridan foydalanish uchun boshqa mutaxassislar bilan hamkorlikda guruh tashkil qilishi lozim.Terminal davrda hamshiraning tutgan o’rni:(1) Bemor bedavo kasalga chalingani va hayot jarayonining yakuniy bosqichida ekanligini tushunib, uning hayot tarziga hurmat qo’rsatishi zarur.(2) Terminal bemorning jismoniy, ruhiy, ijtimoiy ruhia azoblarining o’zaro murakkab aloqasini ifodalovchi umumiy azoblarni tekshirish va ularni bartaraf qilish yoki yengillashtirishga harakat qilish lozim.(3) Xolistik yondashuv asosida bemorning hayot sifatini oshirishda malakali yordam ko’rsatish.(4) Himoyachi nuqtai–nazaridan yordam ko’rsatib bemorning hohish–irodasini hurmat qilish.(5) Terminal bemorning oila a’zolarining azoblarini tushunish va yordamni ko’rsatish.(6) Buyruqli davolash usulida hamshiralik parvarishi bo’yicha mutaxassis sifatida o’z vazifalarini amalga oshirish.O’lim mazmuni va mohiyati.Inson uchun o’lim∙O’limga bo’lgan munosabat inson turmushining qaysi tomoniga e’tibor berishimizga ko’ra farq qiladi.∙Odatda har qanday tirik jonga o’lim yozilgan. O’lim biologik organizm sifatida hayot faoliyatining tugashini anglatmaydi, insonning hayot faoliyatining tugashi va xulosalari chiqarishni ifodalab, ancha chuqur ahamiyatga ega.∙Insonning individuum sifatida o’limi zaruriy va muqarrar hodisa bo’lib hisoblanadi, individuum yo’qolib ketishi mumkin, lekin uning genlari esa keyingi avlodlarga o’tadi.(1) O’lim mohiyati 1. Qon aylanishining muqarrar to’xtashiYurakdan otilayotgan qon qon tomirlari orqali butun organizm bo’yicha aylanib, organlar va to’qimalarni kislorod hamda glyukoza ko’rinishidagi ozuqa moddalari bilan tahminlaydi. Qon aylanishi to’xtagan taqdirda darhol kislorod yetishmovchiligi yuzaga keladi va bu holat to’qima hujayralari ishlashining to’xtashiga olib keladi. Agar bu holat belgilangan vaqtdan uzoqroq davom etsa, hujayralar ishlashining tiklanishi qaytmas bo’lib, o’limga olib keladi.2. Ruhning tanadan chiqib ketishiQadimgi vaqtlarda odamlar o’lim kelishi bilan ruh tanadan umrbod chiqib ketishiga ishonganlar. Ruh psixologik va emotsional funktsiyalar sifatida ko’rilgan (ruh insonning fikr va hatti–harakatlari asosiy omili bo’lib hisoblangan). Bemor xususida qon aylanish to’xtashi bilan ruhi tanadan chiqib ketadi
deb hisoblashgan, biroq o’sha vaqtlarda o’limning asosida qon aylanishi to’xtashini emas, balki ruh chiqib ketishini ko’rishgan.3. Organizmning yagonalik qobiliyatining qaytmas yo’qolishiInson organizmining ishlashi uchun markaziy asab tizimi tananing har bir qismi harakatini boshqarishi va tana bir–biriga mos bo’lib harakatlanmog’i zarur. Tibbiy texnologiya sohasidagi taraqqiyot insonning yurak, buyrak va boshqa muhim organlarini sunhiy organlarga almashtirishga imkon berdi, bu holat hatto organlar bo’lmaganda ham inson hayotini tahminlashga yordam bergan. Biroq inson organiga o’xshagan bir narsa borki, uni almashtirib bo’lmaydi va insonning hayot faoliyati uchun ahamiyatli hisoblanadi. Bu organlar funktsiyasini boshqarishning yagonalik qobiliyatidir. Ushbu yagona qobiliyat markaziy nerv tizimi, xususan bosh miyaning asab tizimi bilan boshqariladi, shuning uchun miya funktsiyalarining yagonalik qobiliyati inson uchun eng muhim hisoblanadi.4. Ijtimoiy hamkorlikka bo’lgan qobiliyatning qaytarib bo’lmaydigan yo’qolishi. Insonning boshqa jonzotlardan farqi shundaki, insonda ong bor va u ijtimoiy hayotni yuritadi. Agar inson ongini va shu bilan birgalikda ijtimoiy hamkorlik ko’nikmalarini yo’qotsa, shaxsning nuqtai–nazariga ko’ra bu holat o’lim sifatida ko’riladi.Miya o’lishining tushunchasi quyidagi tamoyillarga asoslanadi: 1. Miya o’lishi butun miya o’lganda belgilanadi,2. Miya o’lishi yuzaga kelganda boshqa organlarni himoya qilish uchun barcha zarur choralar ko’rilganiga qaramasdan yurak baribir to’xtab, tuzatib bo’lmaydigan holat ro’y beradi.∙Oxirgi vaqtlarda miya o’limiga qiziqish fonida transplantologiya anchagina rivojlandi.∙Miya o’limini qayd qilish mezonlari: CHuqur koma, mustaqil nafas yo’qligi, ko’z qorachig’i, miya ustuni reaktsiyasi yo’qligi, yassi to’lqinlar–yuqorida qayd qilingan barcha shartlar qondirilgan taqdirda oxirgi 6 soat mobaynida o’zgarishlar yo’qligini nazorat qilish zarur.(3) Yurak o’limi (o’limning 3 belgisi)∙O’limni qayd qilinishida o’limning 3 ta belgisi qo’llanadi: nafas to’xtashi, yurak urishi to’xtashi, ko’z qorachig’ining kengayishi va yorug’likka bo’lgan reaktsiyaning yo’qligi.∙O’limning qayd qilinishi shifokor tomonidan yuqorida qayd qilingan 3 ta belgiga muvofiq amalga oshiriladi, so’ngra o’lim to’g’risidagi guvohnoma to’ldiriladi, shundankeyin insonning o’limi qisman qayd qilinadi.

Foydalangan adabiyotlar




  1. Hamraev A. J., Alimov A. V., Ahzamxo’jaev T. S. “Xirurgiya va reanimatsiya asoslari”. Toshkent, “Zar qalam” nashriyoti, 2005 yil.

  2. Muxtorov M. X., Qaxxorov I. K. “Reanimatsiya asoslari” Toshkent, “Ilm-ziyo” nashriyoti, 2005 yil.

  3. Razikova I. S., Alikulova D. Ya. “Gerontologiyada xamshiralik ishi” o’quv qo’llanma.

Internet manbalari:


1.www.medlook.ru
2. www.medbok.ru
3. www.medicum.ru
4. www.medtext.ru

Yüklə 15,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə