S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/114
tarix26.10.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#132300
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   114
1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi o`quv qo`llanma 2 (2)

Tur. Seversov burmaqorasi
(Corydalis severzowii). G‘arbiy Tyan-Shan va Pomir-Oltoy 
tizmalarida, Janubiy Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Shimoliy Tojikiston uchun 
endemik tur hisoblanadi. Balandligi 15 sm gacha bo‘lgan, ko‘p yillik o‘t o‘simlik.
Dorivorlik xususiyati:
Xalq tabobatida o‘simlik yer ustki qismlaridan olingan choy gipnoz 
qiluvchi, tinchlantiruvchi, shuningdek, oyoq-qo‘llar qaltirashi, gipertoniya, semirish, aqliy va 
ayol kasalliklari uchun ishlatiladi. O‘simlik damlamasi sirtga qo‘llasa ko‘karishlar, ekzema va 
yiringli yaralarni bartaraf etadi.
Seversov burmaqorasi
(Corydalis severzowii).
 
Nazorat savollari. 
1.
 
Ko‘knorguldoshlar oilasiga xos xususiyatlar?
 
2.
 
Ko‘knorguldoshlar oilasining sistematikasi?
 
3.
O‘rmonqora (Glaucium Mill) turkumiga kiruvchi o‘simlik tibbiyotda qaysi kasalliklarni 
davolashda ishlatiladi? 
4.
Afyunli ko‘knor qaysi turkumga mansub o‘simlik?
5.
 
Shotaradoshlar oilasining sistematikasini ayting.
 
6.
Burmaqora turiga xos belgilar va dorivorlik xususiyatlari. 
7-mavzu.Tutdoshlar (Moraceae) va Gazandadoshlar (Urticaceae) oilasi 
Tutdoshlar 
(Moraceae)
 
oilasi 60 ga yaqin avlodni va 1550 ta turi o‘z ichiga oladi. Oila 
vakillari daraxt, buta o‘simliklari bo‘lib, sut shirasiga boy bo‘ladi. O‘tsimon turlarida sut shirasi 
bo‘lmasligi mumkin. Barglari oddiy, butun, qirrali, o‘yilgan yoki qirqilgan, yon bargchali 
poyaga navbatlashib joylashgan. To‘pgullari barg qo‘ltigida o‘rnashgan. Gullari ayrim jinsli, bir 


37 
yoki ikki uyli. Gulqo‘rg‘oni oddiy yashil rangda, gulkosasimon 4 ta bargchali. Changchilar soni 
gulkosachabarglar soniga teng. Mevasi to‘pmeva.

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə