27
Oddiy zirk - Berberis vulgaris L.
Zirkning farmakologik ta’siri o‘simlikdagi berberin alkaloidi tarkibiga qarab belgilanadi. U
safroni suyultiradi, safro sekretsiyasini kuchaytiradi, qon ivishini tezlashtiradi. Shuning uchun
zirkli preparatlar
zamonaviy tibbiyotda gepatit, gepatoxoletsistit, xoletsistit kasalliklarida
ishlatiladi. Zirkning damlamasi bachadondan qon ketishida va yallig‘lanish
jarayonlari bilan
bog‘liq qon ketishida yordamchi vosita sifatida ham ishlatiladi. Tibbiy amaliyotda berberin
bisulfat tabletkalar va oddiy zirk barglaridan damlamasi shaklida qo‘llaniladi. Berberin
tabletkalari xoleretik vosita sifatida
ishlatiladi
Turkum.
Maxoniya (Mahonia Nutt.) - Магония. Bu turkumga barglari murakkab patsimon
tuzilgan, doim yashil bo‘lgan, novdalari tikansiz butalar kiradi. Turkumning turlari ko‘p.
Tur.
Padubbargli magoniya (Mahonia aquifolium Nutt.)
ayniqsa, diqqatga sazovor. Bu past
bo‘yli, yerga yotib o‘sadigan buta bo‘lib,
barglari qattiq, po‘sti qalin, to‘q yashil rangda,
bargchalari o‘tkir tishchali. U may oyida gullaydi,
gullari tilla rang sariq, yig‘ilib shingilcha
hosil qiladi. Rezavor mevasi seret, qoramtir, havo rang, yumaloq shaklda bo`lib, diametri 8 mm
gacha, ular kuzda yetiladi. Urug‘ olish uchun mevasini avgust oyida yig‘ish kerak.
Magoniyaning bu turi Shimoliy Amerikadagi tog`li hududlarida tarqalgan. Bizda, asosan,
manzarali buta sifatida ekiladi, chunki uning guli va barglari juda go‘zal. Sovuqqa,
qurg‘oqchilikka chidamli.
MDH ning Yevropa qismida, jumladan, Ukrainada,
Rossiyaning
Sankt-Peterburg, Ufa shaharlarida o‘sadi. Ildizidan oson bachkilaydi, soyada ham o‘saveradi.
O‘rmon melioratsiyasi ishlarida tog‘ qiyaliklarini yomg‘ir suvi yuvib ketishidan saqlash
maqsadida ekish uchun juda qulay o‘simlik. Ko‘kalamzorlashtirishda, ayniqsa, tog‘li
hududlardagi shahar va qishloqlarda manzarali o ‘simlik sifatida keng qo‘llaniladi.