S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi


Qabila. Qovoqnamolar (Cucurbitales) -Тыквенные  Oila



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/114
tarix26.10.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#132300
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   114
1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi o`quv qo`llanma 2 (2)

Qabila.
Qovoqnamolar (Cucurbitales) -Тыквенные 
Oila. 
Qovoqdoshlar (Cucurbitaceae Juss.) - Тыквенные 
Turkum. 
Qovoq (Cucurbita Г.)
.
Bularning vakillari bir yillik va ko‘p yillik o‘rmalab
o‘suvchi o‘simliklar bo‘lib, palagi yirik, poyasining ichi bo‘sh, naycha bo‘ladi. Gajaklari
sershox, gullari ayrim jinsli qo‘ng‘iroqsimon bo‘lib, sariq rangli bo‘ladi. Qovoqlarning 
vatani Janubiy Amerika hisoblanadi. Bu turkumning 13 turi mavjud bo‘lib, shundan asosan 3 
turi ekib kelinadi. Qovoqning quyida sizga tanishtirmoqchi bo‘lgan barcha turlarida dorivorlik 
xususiyati mavjud. 
Tur. Kartoshka qovoq (C. maxima).
palaklari o‘rmalab o‘sadi. Palagi va mevabandi
ko‘pqirrali dunyoda mevasi eng yirik meva bo‘lib hisobianadi, og‘irligi 60-80 kg va
undan ortiq bo‘ladi. Bu turning navlaridan yem-xashak, oziq-ovqat va manzarali o‘simlik 
sifatida foydalaniladi.
21
Tur. Osh qovoq (C. moschata) .
palagi o‘tmas qirrali, uzun boiib, meva bandi ham qirrali
bo‘ladi. Bu o‘simlik turi MDH da Yevropaning janubida, Uzoq Sharqda, Kavkaz ortida va
Markaziy Osiyo davlatlarida ekiladi.Qovoq turlari Respublikamizning barcha hududlarida keng 
tarqalgan. 
Dorivorlik xususiyati
. Tibbiy maqsadlar uchun pishgan mevalar (urug‘lar va mevalari) 
ishlatiladi. Ibn Sino isitma (qaynatma) da,yo‘tal va ko‘krak og‘rig‘i, quloq og‘rig‘i, miya shishi 
va tomoq og‘rig‘i, tish og‘rig‘i kabi xastaliklarini davolashda qovoqni shifobaxsh deya 
ta’riflagan. 
Xalq tabobatida oshqovoq turli xil kasalliklarni davolashda 

yo‘talda, ko‘krak qafasi 
og‘rig‘ida ishlatilgan. Qovurilgan yoki pishirilgan qovoq pulpasidan, jigar kasalliklari bilan 
og‘rigan bemorlarga va buyrak kasalliklari uchun diuretik sifatida tavsiya etilgan.Qovoq 
pulpasi diuretik, yallig‘lanishga qarshi va yarani davolash ta’siriga ega ekanligi aniqlandi. 
Shuning uchun bu yurak va buyrak xastaliklari uchun foydalidir. Qovoq ham ateroskleroz 
uchun ham foydalidir, chunki u xolesterolni ichakdan so‘rilishini pasaytiradi. Qovoq urug‘lari 
gelmintlarga qarshi antigelmintik ta’sir ko‘rsatadi. 
21
I.V. Belolipov, N.Z. Arabova, X, Axmedov, K.X. Buxorov, A.M. lslamov, Sh.E. Abdurasulov
Botanika va оsimliklar fiziologiyasi Т.: «Fan va 
lexnologiya», 2018, 


64 

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə