ATF-sintaza
3.1-rasm. Mitoxondriyaning sxematik tuzilishi
Ilk marotaba mitoxondriya 1850-yili mushak hujayralari ichida
granulalar shaklida aniqlangan. Ulaming hujayradagi soni organizm
turi va hujayraning tabiatiga bogdiq bo‘lib, doimiy bo‘lmaydi. Agar
hujayraning energiyagatalabi yuqori bo'lsa, mitoxondriyalarsoni ham
ko pbo‘ladi,masalanjigarhujayrasidataxminan lOOOtamitoxondriya
mavjud. Faolligi pastroq bodgan hujayralarda
mitoxondriyalar soni
ham kamroq. Mitoxondriyalaming hajmi va shakli turli xil - spiral,
dumaloq, cho‘zilgan, kosa yoki hatto shoxlangan shaklda ham bo‘
lishi mumkin. Faolligi yuqori b o ig a n hujayralarda,
ular yirikroq
bo‘ladi. Mitoxondriyalaming uzunligi 1,5-10 mkm va kengligi 0,25-
1,00 mkm atrofida, lekin ulaming diametri 1 mkmdan oshmaydi.
Mitoxondriyalar o ‘z shakllarini o ‘zgartirishi, ba’zilari hujayraning
eng faol qismlariga ko‘chishi mumkin. Bu harakat hujayraning ATFga
bo‘lgan ehtiyoji oshgan joylarda ko‘p miqdorda mitoxondriyalami
to‘plash imkonini beradi. Boshqa holatlarda mitoxondriyalaming
holati, masalan, uchuvchan hasharotlaming
mushaklarida deyarli
doimiy bo‘ladi.
H ar bir mitoxondriya ikki membranadan tashkil topgan: ichki
va tashqi. Tashqi va ichki membranalar orasida membranalararo
bo‘shliq mavjud. Ichki membrana uning
yuzasini sezilarli darajada
oshiradigan, nafas olish zanjirining tarkibiy qismlari joylashgan, krista
49
deb ataladigan ko'plab qatlamlar hosil qiladi. Ichki mitoxondrial
membrana orqali ADF va ATF ning faol tashilishi amalga oshiriladi.
M itoxondrial matriksda Krebs siklida ishtirok etadigan ko‘pchilik
fermentlar joylashgan va yog‘ kislotalarining oksidlanishi kechadi.
Bu yerda mitoxondrial DNK, RNK va 70S-ribosomalar mavjud.
B uyerda asosiy energetikjarayonlar sodirbo‘ladi v ato ‘qimalaming
nafas fermentlari joylashgan. M atriksning 50%i
proteindan iborat va
u yerda uch karbon kislotalari sikli, y og‘ kislotalaming p-oksidlanishi,
keto kislotalarining oksidlanishli dekarboksillanishi kabi oksidlanish
jarayonlari sodir bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: