47
umumiy metama‘lumotlari yoziladi va buzilish sodir bo‗lganda
jurnaldagi ma‘lumotlarning fayl tizimiga
nusxasi olish orqali qayta
tiklashni amalga oshirish mumkin bo‗ladi. Jurnal hajmi fayl tizimini
hosil qilishda o‗rnatiladi, hajm 32 megabaytdan kam bo‗lmasligi lozim.
Bu fayl tizimi ext3, ReiserFS va JFS fayl tizimlariga nisbatan tezroq
ishlaydi, lekin ext4 fayl tizimidan sekinroq.
XFS fayl tizimiga katta
hajmdagi bloklarni(64 Kbayt gacha) o‗rnatish mumkin. Shuning uchun
bu fayl tizimida video fayllarni qayta ishlash kabi grafikaga aloqador
vazifalarda ishlatish tavsiya etiladi.
JFS
– dastlab bu tizim IBM
kompaniyasi tomonidan AIX
operastion tizim uchun ishlab chiqilgan, keyinroq esa OS/2 uchun va
nihoyat Linux operastion tizim uchun ishlatilmoqda.
Bu ham jurnallar
orqali ishlaydigan fayl tizimi. Jurnalning hajmi taxminan umumiy fayl
tizimining 40% tashkil etadi. JFS tizimi jurnal va ma‘lumotlardan iborat
bo‗lgan bir necha segmentlardan tashkil etilishi mumkin. Bu segmentlar
agregatlar deyiladi va bu agregatlarni alohida montirovka qilish
mumkin.
Linux fayl tizimining eng asosiy tomonlaridan
biri foydalanuvchi
ehtiyojiga qarab adaptatsiyalanish xususiyatga egaligi. Siz bu
imkoniyatdan foydalanib sizga qulay hamda foydali holda fayllarni
strukturalashtirishingiz mumkin.
Dostları ilə paylaş: