130
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar:
1.
Linuxda zaxira nusxasi nima uchun yaratiladi ?
2.
Linuxda tizim ma'lumotlarining nusxasini olish tartibi qanday ?
3.
Zaxira faylidan ma‘lumotlar qanday qayta tiklanadi ?
4.
Linuxda qanday xavfsizlik choralariga rioya qilish kerak?
Mustaqil ishlash uchun masalalar:
1.
Linuxda tizim zaxira nusxasini yarating.
2.
Zaxira nusxasidan fayllarni tiklang.
3.
O‘rnatilgan tizimda hech bo‘lmaganda 3
ta xavfsizlik choralari
o‘rnatilganini tekshiring.
131
XULOSA
Xulosa o‗rnida shuni alohida ta‘kidlash lozimki. Dastur
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 12 iyundagi ―Oliy
ta'lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta
tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish
chora-tadbirlari to‗g‗risida‖ gi PF-4732-son Farmonidagi ustuvor
yo‗nalishlar mazmunidan kelib chiqqan holda tuzilgan bo‗lib, u
zamonaviy talablar asosida qayta tayyorlash
va malaka oshirish
jarayonlarining mazmunini takomillashtirish hamda oliy ta'lim
muassasalari pedagog kadrlarining kasbiy kompetentligini muntazam
oshirib borishni maqsad qiladi. Dastur mazmuni oliy ta'limning
normativ-huquqiy asoslari vaqonunchilik normalari, ilg‗or ta'lim
texnologiyalari va pedagogik mahorat, ta'lim jarayonlarida axborot-
kommunikasiya texnologiyalarini qo‗llash,
amaliy xorijiy til, tizimli
tahlil va qaror qabul qilish asoslari, maxsus fanlar negizida ilmiy va
amaliy tadqiqotlar, texnologik taraqqiyot va o‗quv
jarayonini tashkil
etishning zamonaviy uslublari bo‗yicha so‗nggi yutuqlar, pedagogning
kasbiy kompetentligi va kreativligi, global Internet tarmog‗i, multimedia
tizimlari va masofadan o‗qitish usullarini o‗zlashtirish bo‗yicha yangi
bilim, ko‗nikma va malakalarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Ushbu dasturda Linux operatsion tizimni o‗rnatish, qo‗shimcha dasturiy
vositalarni o‗rnatish va sozlash, shell
komanda qobigida ishlash
ko‗nikmalarini hosil qilish, tarmoq utilalarini bilan ishlash, fayl
serverlarini sozlash kabi ishlar bayon qilingan.
Ta`lim maqsadi davr bilan, ijtimоiy xayot bilan uzviy bоg‗liq.
―Linux оperatsiоn tizimi fani mazmuniga Linux оperatsiоn tizimi
muammоlari
va masalalari, Linux оperatsiоn tizimi ishоnchliligini
ko‗rsatkichlari va ularni оshirish yo‗llari, Linux оperatsiоn tizimni
o‗rnatish va uni sоzlash, tizimda dashturlash usullari,
tarmоqda ishlash
va xavfsizlikni ta`minlash, tizimnig masоfadan bоshqarishni tashkil
qilish tamоyillari kiritilgan.
Ushbu qo‗llanmada - Linux ot muhitida baziviy komandalar va
utilitalardan foydalanish, tarmoq sozlanmalarini amalga oshirish,
muhitda dastur va scriptlar yozish ko‗nikmalarini, tarmoq
sozlanmalarini
132
sozlash, foydalanuvchilar o‗rtasida ma'lumot almashish ko‗nikmalarini
hosil qlish ko‗nikmalari shakllantirilgan; ―Linux kursini o‗zlashtirish
jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida: linux
operatsion tizimi va ularning distributivlari; linux muhitida ishlaydigan
dasturlari; linux operatsion tizimi fayl tizimi strukturasi; linux muhitida
dasturlash tamoyillari haqida bilimlariga ega bo‗lishi; Linux operatsion
tizimni o‗rnatish; linux bazaviy komandalari va utilitalaridan
foydalanish; tarmoq sozlanmalarini
sozlash va foydalanuvchilar
o‗rtasida ma'lumot almashishni ta'minlash ko‗nikma va malakalarini
egallashi uchun xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: