Samarqand davlat universiteti a. Babayarov, F. Meliyev, I. Ximmatov, M. Subharwall



Yüklə 3,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/60
tarix11.12.2023
ölçüsü3,76 Mb.
#145602
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
Linux OTda adminstratorlik O\'quv qo\'llanma

 
 


10 
1.2.Linux va Windowsni solishtirish 
Microsoft Windows va GNU / Linuxni solishtirish kompyuter 
foydalanuvchilari orasida mashhur muhokama mavzularidan biridir. 
Windows eng keng tarqalgan tizimdir. GNU / Linux eng mashhur bepul 
dasturiy ta'minot operatsion tizimidir. 
Windows foydalanuvchilar ishchi komyuterlari va shaxsiy 
tizimlarida muvaffaqiyatli foydalanishdan yetakchilikni qo‗lga kiritishga 
muvaffaq bo‗lgan bo‗lsa, GNU/Linux web-serverlar, hisoblash 
klasterlari va superkompyuterlarda (50-80%) mashhur bo‗ldi.
Zaif va kuchli tomonlar
. An'anaga ko‗ra, GNU/Linuxning zaif 
tomoni shundaki, uni o‗rnatish qiyin va Windowsniki esa uning barqaror 
emasligidadir, lekin ikkala tizim ham faol takomillashtirilmoqda. 
Foydalanuvchi erkinliklarini hurmat qilish GNU/Linuxning kuchli 
tomoni hisoblanadi: har qanday tizimda ishga tushira olish, manba 
kodini tekshirish va o‗zgartirish, asl yoki o‗zgartirilgan versiyalarni 
qayta tarqatish qobiliyati. Ushbu operatsion tizimning jamoaviy tarzda 
ishlab chiqilishi, uni xalqaro ISO va IEEE standartlarini qo‗llab-
quvvatlagan holda juda ochiq va moslashtirilgan qilib yaratdi, 
Windowsning kuchli tomonlari esa o‗rtacha foydalanuvchining 
ehtiyojlariga javob berishi va ustun mavqei tufayli o‗zining IT 
standartlarini o‗rnatishidadir.
Ikki tizimning xususiyatlari.
Har ikkala tizim ham turli xil 
konfiguratsiyalarda taqdim etiladi. Ayniqsa, GNU/Linux, u uchun juda 
ko‗p variantlar mavjud, ularning ba'zilari tor doiradagi vazifalar uchun 
mo‗ljallangan. Texnik qo‗llab-quvvatlashning narxi va kengligi xar xil 
sotuvchilarda turlicha bo‗lib, versiyaga va distributivga qarab farq 
qiladi.
Egalik qiymati bo‗yicha.
2004 yilda Microsoft Windows NTning 
GNU/Linuxga nisbatan afzalliklarini ta'kidlash uchun «Get the 
Facts»(Faktlarni oling) deb nomlangan marketing kampaniyasini 
boshladi. Unda aytilishicha, Windows uchun egalik qilishning umumiy 
qiymati ochiq kodli mahsulotlarga qaraganda pastroq, chunki Windows 
boshqaruvining qulayligi tizimni saqlash va qo‗llab quvatlash yukini 


11 
kamaytirishi va qimmat professional yordamni tejash imkonini beradi. 
Buyuk Britaniya hukumati reklama agentligi 2004 yilda Microsoftni 
"Linux narxi Windows Server 2003 ga nisbatan 10 baravar qimmat" 
degan ibora to‗g‗ri emasligi haqida ogohlantirgan, chunki tadqiqotda 
Linux uchun tanlangan server uskunasi juda qimmat edi. 
Ishchi kompyuterlarida mashhurligi bo‗yicha. 
Net Applications 
internet-statistik web-sayti tadqiqotiga ko‗ra 2007 yil dekabr holatiga 
ko‗ra, Windowsning ulushi 91,8%, Linuxniki esa 0,63% tashkil etdi. 
Foydalanuvchilar sonini aniq hisoblash qiyin, chunki GNU/Linuxning 
deyarli barcha nusxalari ro‗yxatdan o‗tishni talab qilmaydi, Windows 
NTning esa ko‗plab pirat nusxalarda mavjud. 
Kompyuterlarni sotishda tizimlarning o‗rnatilishi bo‗yicha ulushi.
Windows tizimi deyarli barcha sotilgan ishchi kompyuterlarda oldindan 
o‗rnatilgan bo‗ladi. Linux oz sonli sotilgan tizimlarda oldindan 
oʻrnatilgan boʻladi. Windows faqat tizimli oynali menejerdir. Grafik 
qobiq ishlash uchun zarur, uning ishlamay qolishi dasturlarning 
ishlashini 
buzilishiga 
olib 
keladi. 
Linuxda 
ko‗plab 
oyna 
boshqaruvchilari mavjud: GNOME, KDE, Enlightenment, Xfce, 
Openbox, Fluxbox va boshqalar. Tashqi ko‗rinish Beryl, Compiz yoki 
Compiz Fusion komponentlari bilan yaxshilanishi mumkin. Grafik qobiq 
operatsion tizimning ishlashi uchun muhim emas, u matn rejimiga o‗tib 
ishlashi xam mumkin. Turli xil oyna boshqaruvchilari kompyuterni 
boshqarishning turli usullarini taklif qiladi, ba'zida bu ularning biridan 
ikkinchisiga o‗tishga to‗sqinlik qiladi. 

Yüklə 3,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə