Samarqand davlat universiteti a. Babayarov, F. Meliyev, I. Ximmatov, M. Subharwall


Linux operatsion tizimining asosiy xususiyatlari



Yüklə 3,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/60
tarix11.12.2023
ölçüsü3,76 Mb.
#145602
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
Linux OTda adminstratorlik O\'quv qo\'llanma

1.3.Linux operatsion tizimining asosiy xususiyatlari 
Linux manba kodi bepul va ommaga ochiq bo‗lganligi sababli, 
tizimni rivojlantirishga boshidanoq ko‗plab mustaqil ishlab chiquvchilar 
jalb qilingan. Shu tufayli Linux hozirda eng zamonaviy, barqaror va tez 
rivojlanayotgan tizim bo‗lib, deyarli bir zumda eng so‗nggi texnologik 
yangiliklarni o‗z ichiga oladi. UNIX kabi zamonaviy to‗liq ishlaydigan 
operatsion tizimlarga xos bo‗lgan barcha xususiyatlarga ega.
Operatsion tizim sifatida linux quyidagi xususiyatlarga ega: 

ko‗p vazifalilik: bir vaqtning o‗zida ko‗plab dasturlarning 
ishlatilishi; 

ko‗p foydalanuvchi rejimi: ko‗p foydalanuvchilarning bir vaqtning 
o‗zida bitta mashinada ishlay olishi; 

protsessorning himoyalangan rejimi (386 protected mode); 

jarayon xotirasini himoyalash; ishlab turgan dasturning ishdan 
chiqishi tizimning ishlashiga salbiy tasir etmaydi; 


15 

tejamkor yuklash: Linux diskdan faqat dasturning amalda 
bajarilishi uchun foydalaniladigan qismlarini o‗qiydi; 

ma‘lumotlar sahifalarini bajarilayotgan dastur nusxalari o‗rtasida 
taqsimlanishi. Bu dasturlarning jarayon-nusxalari bajarilish vaqtida 
bitta xotiradan foydalanishlari mumkinligini anglatadi. Bunday 
jarayon xotiraga yozmoqchi bo‗lganda, yozilayotgan 4KBaytli 
sahifa bo‗sh joyga nusxalanadi.Bu xususiyat tezkorlikni oshiradi 
va xotirani tejaydi; 

sahifali tuzilishga ega virtual xotira (ya‘ni diskga xotiradan butun 
aktiv bo‗lmagan jarayon emas, balki faqat zaruriy sahifa ajratiladi); 
har bir mustaqil disk bo‗limlari va/yoki fayl tizimi fayllari uchun 
virtual xotira; 2 GBaytgacha virtual xotira xajmi; dasturlar 
bajarilish vaqtida virtual xotira xajmining o‗zgarishi; 

dasturlar va disk keshi uchun umumiy xotira:xotiradagi barcha 
bo‗sh joy disk bilan almashish buferizatsiyasi ucun ishlatiladi;

dinamik yuklanadigan taqsimlanadigan kutubxonalar

post-mortem tahlili uchun dasturning dampi: otladchikga nafaqat 
bajarilayotgan, balki avariya holatida tugagan dasturni ham tahlil 
qilish imkoniyatini beradi; 

POSIX.1 standarti bo‗yicha sertifikatsiya, System V va BSD 
standartlariga dastur matnlari darajasida mutanosiblik; 

Barcha dasturlar kodlarining mavjudligi va ochiqligi, shu jumladan 
tizim yadrosi, drayverlar, dastur ishlab chiqish vositalari va 
ilovalar kodlari xam. Bu kodlar erkin tarqatiladi.Xozirda ayrim 
firmalar Linux uchun ayrim tijorat dasturlarini ochiq kodlarsiz 
taqdim etmoqdalar, lekin oldin ochiq bo‗lgan kodlar xaligacha 
ochiqligicha qolmoqda; 

vazifalarni POSIX standartida boshqarish; 

soprotsessorning emulyatsiyasi yadroda, shuning uchun ilova 
soprotsess emulyatsiyasi haqida qayg‗urmasligi mumkin. Albatta, 
agar soprotsessor mavjud bo‗lsa, u ishlatiladi. 

milliy alifbolar va til bo‗yicha kelishuvlarni qo‗llab-quvvatlash, 
shu jumladan rus tili uchun; yangisini qo‗shish qobiliyati mavjud; 


16 

bir nechta virtual konsollar: bitta displeyda bir vaqtning o‗zida bir 
nechta mustaqil seanslar, xar bir seansga klaviaturadan o‗tish 
mumkin 

bir qator keng tarqalgan fayl tizimlarini qo‗llab-quvvatlash 
(MINIX, Xenix, System V fayl tizimlari); 4 terabaytgacha xajm va 
fayl nomlari 255 belgigacha bo‗lgan o‗zining ilg‗or fayl tizimining 
mavjudligi; 

DOS (yoki OS / 2 FAT) bo‗limlariga shaffof kirish: DOS bo‗limi 
Linux fayl tizimining bir qismi kabi ko‗rinadi; VFAT-ni qo‗llab-
quvvatlash (WNT, Windows 95); 

Linuxni DOS fayl tizimiga o‗rnatish imkonini beruvchi maxsus 
UMSDOS fayl tizimi 

HPFS-2 OS / 2 2.1 fayl tizimiga kirish (faqat o‗qish); 

barcha standart CD ROM formatlarini qo‗llab-quvvatlash; 

TCP / IP tarmog‗ini qo‗llab-quvvatlash, shu jumladan ftp, telnet, 
NFS va boshqalar. 

Yüklə 3,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə