Samarqand davlat universiteti a. Babayarov, F. Meliyev, I. Ximmatov, M. Subharwall



Yüklə 3,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/60
tarix11.12.2023
ölçüsü3,76 Mb.
#145602
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   60
Linux OTda adminstratorlik O\'quv qo\'llanma

Ishlatilgan % Ulangan joyi 
/dev/sda2 73G 
2,1G 
67G 
3% 

tmpfs 
5,0M 0 
5,0М 
0% 
/lib/init/rw 
tmpfs 
152M 1,4M 
151M 
1% 
/run 
udev 
753M 0 
753M 
0% 
/dev 
tmpfs 
303M 0 
303M 
0% 
/run/shm 
/dev/sdb1 147G 26G 
114G 
19% 
/web 


123 
Yuqorida tavsiflangan aniq holatda ko‗rsatilgandek, tizim 
/dev/ sda2
da 
joylashgan va uning hajmi jami 2.1G hajmni egallaydi. Zaxira nusxasi o‗sha 
diskning ildiz qismiga ko‗chiriladi, bu erda 67 Gb bo‗sh joy mavjud. 
3. Linux tizimining zaxira nusxasini yaratishda davom etish uchun 
cd /
ildiz bo‗limiga o‗tiladi. 
4. Tizimni nusxalashga o‗tsa bo‗ladi. Lekin bunda 
/proc /lost+found /sys
bo‗limlarini, shuningdek, 
/backup.tgz
arxivining o‗zini istisno qilish 
muhim, bundan tashqari 
/web
bo‗limini ham olib tashlash kerak. Agar 
mukammal tozza zaxira nusxasi kerak bo‗lsa, avval / 
var/log
jurnallarini 
tozalash va 
apt-get clean
buyrug‗i bilan tanlangan arxivlar keshini o‗chirish 
kerak. 
tar cvpzf backup.tgz –exclude=/proc –exclude=/lost+found –
exclude=/backup.tgz –exclude=/mnt –exclude=/sys –exclude=/web / 
5. Natijani, 
ls -alh
buyrug‗I bilan ko‗rish mumkin. 
-rw-r–r– 1 root root 607M Янв 7 13:28 backup.tgz 
Olingan fayllar arxivi alohida joyda xavfsiz saqlanishi kerak va uni agar 
kerak bo‗lsa, darhol tizim ma'lumotlarini tiklash uchun ishlatish mumkin. 
Tizimni back-up fayldan tiklash uchun quyidagi amallar ketma-ketligi 
bajariladi. 
Tizimni zaxira qilingan holatidagi qurilmalarda va zaxiraga olingan 
vaqtdagi virtual bo‗limlar bilan tiklash eng oson usuldir. Bunga bir necha 
daqiqa vaqt ketadi. Bunda quyidagi amallar bajariladi: 
1. Tizimni Live CD diskidan yuklab, hech qanday boshqa dasturlarni 
o‗rnatmay, arxivni ildiz(/) katalogiga nusxalanadi. 
2. Tanlangan arxivni to‗g‗ridan-to‗g‗ri ushbu papkaga ochish kerak. 
tar xvpfz backup.tgz / 
3.
 
Keyingi qadamda
 
yuklanadigan joyni ko‗rsatish kerak bo‗ladi. Agar 
bo‗linish 
gparted
yordamida amalga oshirilgan bo‗lsa, qo‗shimcha 10 
Mbga yaqin joy ajratiladi, aks holda 
grub2
yuklagichi ishlamasligi ham 
mumkin. 
Agar tizim ma'lumotlari yangi qurilmaga o‗tkazilishi kerak bo‗lsa, unda 
hamma narsa biroz murakkablashadi va quyidagi qadamlardan tashkil 
topadi: 
1. Arxivni ochish. 


124 
2. Live CD-dan foydalanib, disklarni taqsimlanishini va ularning hajmini 
tekshirish. 
3. Serverni qayta yuklab 
grub2
ga kiriladi va mavjud disklarning 
nomlari tahrirlanadi. 
4. "Fayl tizimi mavjud bo‗lmagan"(«отсутствии файловой системы») 
holda ishga tushirish imkoniyati bo‗lmasa, kerakli modullarni hisobga 
olgan holda 
initrd
yuklovchini qayta tiklash kerak bo‗ladi. Buning uchun 
ma'lumotlar bazasiga 
/proc
va 
/sys
bo‗limlari ulanadi va 
chroot /mnt
dan 
avtorizatsiyadan o‗tish mumkin bo‗ladi. 
Bu Linux tizimida zaxira nusxasini yaratish va uni tiklashning eng oson 
usuli bo‗lib, hech qanday yordamchi dasturlarini o‗rnatish ehtiyoji 
bo‗lmaydi. 
O‗rnatilgan paketlar ro‗yxatini zaxiralash 
Linux Ubuntuni zaxira qilishning eng oson usuli, bu usulni 
LinuxMintda Mintbackup dasturi qo‗llaydi, o‗rnatilgan to‗plamlarning 
zaxira ro‗yxatini olishdir. Bu usulda butun konfiguratsiya nusxasi 
saqlanmaydi, ammo o‗rnatilgan barcha dasturlarni tezda tiklash mumkin 
bo‗ladi. 
Agar eng ko‗p konfiguratsiya fayllari foydalanuvchining uy 
papkasida bo‗lishini va qayta o‗rnatishda ular o‗chirilmasligini hisobga 
olinsa, boshqa fayllarni zaxiralash katta muammo bo‗lmaydi va bunday 
zaxira bir necha kilobayt hajmga ega bo‗ladi. Zaxira nusxasini olish uchun 
quyidagi buyruq kiritiladi: 
dpkg --get-selections | grep -v deinstall > backup.txt 
 
64-rasm.Zaxira faylini yaratish buyrug‗i natijasi


125 
 
Natijada olingan faylni xavfsiz joyga nusxalash kerak bo‗ladi. Tizim 
buzilsa, uni o‗rnatish vositalaridan qayta o‗rnatib shunchaki quyidagi 
buyruqlarni bajarish kerak: 
sudo dpkg --set-selections < backup.txt 
sudo apt -y update 
sudo apt-get dselect-upgrade 
Paketlar ro‗yxati bo‗lgan faylni joriy papkaga joylashtirish kerak. 
Shunday qilib, oldindan o‗rnatilgan dasturlarni minimal vaqt sarflash 
bilan tezda qaytarish va bir vaqtning o‗zida toza tizimni tiklash mumkin 
bo‗ladi. 
 
Bo‗limning obrazini yaratish 
DD Linux buyrug‗i bo‗limning to‗liq nusxasini yoki hatto butun 
diskning to‗liq nusxasini yaratishga imkon beradi. Bu eng ishonchli, 
ammo bir vaqtning o‗zida katta miqdordagi xotirani iste'mol qilishni 
talab qiladigan Ubuntu tizimini tiklash usulidir. Dastur shunchaki butun 
diskni bir baytlab obrazga zaxiralaydi. Buyruq quyidagi ko‗rinishga ega: 
sudo dd if=/dev/sda4 of=~/backup.img 
 
65-rasm.Zaxira faylini yaratish buyrug‗i 
Bu erda 
/dev/sda4
bu ildiz(/) bo‗lim. Buyruqning ijro etilishi 
tugagandan so‗ng, tizimni ushbu nusxadan tiklash uchun parametrlar 
joyilarini o‗zgartirish va nusxa ko‗chirish fayliga yo‗lni ko‗rsatish 
kifoya qiladi: 


126 
sudo dd if=~/backup.img of=/dev/sda4 
Jarayon diskning tezligiga qarab uzoq vaqt talab qilishi mumkin. 

Yüklə 3,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə