Samarqand davlat universiteti kadrlarni innovatsion boshqarish


Innovatsion faoliyat uchun shart-sharoitlarining shakllanishi



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə38/103
tarix31.05.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#114555
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   103
8caae491ae8b03f91106ef1868d0e785 KADRLARNI INNOVATSION BOSHQARISH

Innovatsion faoliyat uchun shart-sharoitlarining shakllanishi.

Tashkiliy omil

Boshqaruv faoliyati tamoyili

Boshqaruv xatti-harakatlari xususiyatlari

Ijtimoiy-psixologik muhit

YUqori ishonch, qidiruv xatolari ehtimoli.

Ko‘proq impulsiv, intuitiv xatti-harakatlar. Xato qilish ehtimolini tan olish va tavakkal qilish. Faol ijodiy izlanish va hodimlar sa’y-harakatining sermahsulligi. O‘z ijodiy imkoniyatlariga ishonchning mustahkamlanishi.

Kommunikatsiya tizimi

Kommunikatsiyaning erkin oqimi. Siyosatning aniqligi. Rejalashtirish jarayoni va strategiyaning ochiqligi.

Ko‘proq bevosita aloqa. Bir qarashda arzimas, ahamiyatsiz bo‘lib ko‘ringan g‘oyalar va takliflarni ilgari surish imkoniyati. Xulq-atvor yo‘nalishining harakatchanligi va hissiyligi. Barcha yo‘nalishlardagi yaxshi “teskari aloqa”. O‘zaro aloqalar va o‘z g‘oyalarini rivojlantirish imkoniyatlari.

Maqsadlarning shakllanishi

Maqsadlarni mustaqil ravishda shakllantirish imkoniyati. Hodimlarning o‘z-o‘zini baholash imkoniyati.

Qo‘shimcha tavakkalchilik uchun mukofot. Mas’uliyatni bo‘lishish va birgalikda yangi g‘oyalarni ilgari surish. Keng ko‘lamli turli qidiruv sa’y-harakatlari va konformizmning pasayishi. Ijodiy faoliyat uchun qo‘shimcha sharoitlar.

Nazorat mexanizmi

Boshqaruvning boshqa tarkibiy qismlari bilan o‘zaro bog‘liqlik. Ichki o‘z-o‘zini nazorat qilishga imkoniyat. Ishchilarning hayotiy funksiyalarining umumiy parametrlari bilan bog‘liqligi.

Mehnat jarayoni va tashkiliy tuzilmalarning muqobil shakllaridan foydalanish. Nomuvofiqlikni bildirish va funksional ziddiyatga borish ehtimoli ta’qiqlanmaganligi. Novatorlik faoliyati doirasining kengayishi – xilma-xillikka ustuvor qarash.

Innovatsion madaniyat insoniyat madaniyatining muhim shakllaridan biri sifatida uning boshqa shakllari bilan, birinchi navbatda, huquqiy, boshqaruv, tadbirkorlik va korporativ shakllari bilan yaqin aloqani nazarda tutadi. Innovatsion madaniyat orqali odamlarning kasbiy faoliyati va ishlab chiqarish munosabatlarining butun madaniyatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatish mumkin [9].
Innovatsion tashkilotlar tuzilishi, maqsadlari, xususiyatlari, hattoki menejment falsafasi va tashkilotchiligi nuqtai nazaridan ham bir-biridan juda farq qiladi. Ammo ular bir qator umumiy xususiyatlarga ham egalar:

  1. “innovatsiya” nima ekanligini biladilar;

  2. uning dinamikasini tushunadilar;

  3. innovatsion strategiyaga egalar;

  4. bilishadiki, innovatsiya an’anaviy biznesda maqsadlar, rejalar va o‘lchovlardan boshqa vazifalar, maqsadlar, rejalar, natijalarni taqqoslashni talab qiladi;

  5. menejment, ayniqsa, top-menejment innovatsion tashkilotda muhim rol o‘ynaydi, innovatsiyaning asosiy harakatlantiruvchi kuchi vazifasini bajaradi;

  6. innovatsion tashkilot boshqa tashkilotlarga qaraganda farqli tuzilgan;

  7. ta’lim olish – uning barcha a’zolari uchun uzluksiz jarayondir.

Korxonaning asosiy strategik shiorini quyidagicha ifodalash mumkin: “Ko‘proq va yaxshiroq”. Innovatsion strategiyaning shiori: “YAngi va o‘zgacha” [4]. Innovatsion tashkilot shunday ishlaydiki, unda o‘zgarishlar odatiy holga aylanadi.



Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə