Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafedrasi


ESTS KREDITLARI, ASOSIY TAMOYILLARI VA



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə33/121
tarix31.08.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#121155
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   121
33bbee7ab93cd528deeb95ed0bec1dd8 UMUMIY PEDAGOGIKA (1)

2.3. ESTS KREDITLARI, ASOSIY TAMOYILLARI VA
XUSUSIYATLARI.

ЕСТS kreditlari - bu yagona Yevropa ta’lim hududini yaratishning boshlanishidir

T inglovchining mehnat sarfi–auditoriya mashg‘ulotlari mustaqil ishlar va o‘quv rejasida ko‘zda tutilgan boshqa faoliyatlarini o‘z ichiga oladi. Ya’ni ESTS kreditlari faqat auditoriya soatlari bilan chegaralanmasdan tinglovchilarning to‘la yuklamasiga tayanadi. Shuning uchun ESTS kreditlarini tinglovchi mehnat sarfining o‘quv fanlari bo‘yicha shartli-sonli ifodasi deb hisoblash mumkin.


Odatda o‘quv rejasidagi fanlarga ajratiladigan kreditlar soni 3 ga teng, undan ko‘p va kam sonli fanlar ham mavjud.
ESTSda kreditlar yig‘indisi semestrda–30, o‘quv yilida–60, bakalavriatdagi o‘quv davrida–240 ni tashkil etadi.
ESTS kreditlari barcha o‘quv fanlariga ya’ni majburiy va tinglovchi tanlovi asosida fanlarga taqsimlanadi. Ular mazkur fan bo‘yicha kurs loyihalari va ishlarining mavjudligini hisobga olishlari zarur.
O‘quv faniga ajratiladigan kreditlar miqdori, fanning murakkabligiga va o‘zlashtirishga bog‘liq bo‘ladi. Ya’ni har qanday murakkab fan ham katta miqdordagi kreditlarga ega bo‘la olmaydi.
Agar murakkab fan bilish va tushunish darajasida o‘zlashtiriladigan bo‘lsa, kam murakkabli o‘quv fani malaka darajasida o‘zlashtirilsa tabiiyki oxirgisiga ko‘proq kreditlar ajratiladi. Shuning uchun turli ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari uchun bir fanning o‘zi turli o‘quv dasturlariga va unga muvofiq turli mehnat sarfi va kreditlarga ega bo‘lishi mumkin.
Ko‘rinib turganidek, bizning mamalakatimizda birinchi va ikkinchi talablar bajarilgan. Endi navbat uchinchi talabni bajarishda – ya’ni o‘quv jarayonini kredit texnologiyasi asosida tashkil etish.
Ushbu texnologiya asosida o‘quv jarayonini tashkil etishdan maqsad nimadan iborat?
O‘quv jarayonini tashkil etishning ESTS kredit texnologiyasiga o‘tishda quyidagi maqsadlar ko‘zlanadi:

  • xorijda o‘qishni davom ettirish uchun oliy o‘quv yurtini tanlashda shart-sharoit yaratish;

  • O‘zbekistonda ta’lim olgan muddatni xorijiy davlatlarda tan olinishini ta’minlash;

  • Yevropa oliy o‘quv yurtlari o‘quv rejalarini o‘rganish va shu asosida o‘quv jarayonini takomillashtirish;

  • tinglovchilar qobiliyatini to‘laroq ochilishiga va o‘qitishning yuqori natijalariga erishish.


Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə