Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafedrasi



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə34/121
tarix31.08.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#121155
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   121
33bbee7ab93cd528deeb95ed0bec1dd8 UMUMIY PEDAGOGIKA (1)

ESTSning asosiy tamoyillari
ESTS quyidagi asosiy tamoyillarga tayanadi:
1.Transferancy- bu ESTS tizimiga xohlagan shaxs yoki tashkilotning to‘siqsiz kirishiga shart-sharoit yaratish. Ushbu shart-sharoit kuchli axborot targ‘iboti vositasida yaratiladi, uning natijasida umumiy yangilik, aniqlik va ochiqlik muhiti shakllantiriladi.
Axborot targ‘iboti quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • almashish sxemasiga kiritilgan tinglovchilarning o‘qish natijalari haqida bir-biriga o‘z vaqtida axborot etkazib turish;

  • oliy o‘quv yurtlarining o‘z axborot paketlari bilan muntazam almashib turishlari, ta’lim xizmatlari doirasida bir-birini imkoniyatlarini o‘rganish;

  • oliy o‘quv yurtlarida, ESTS haqida to‘la ma’lumotlarning mavjudligi.

2.Agreement tinglovchi bilan ikkala oliy ta’lim muassasasining ESTS koordinatorlari orasida tayyorlash mazmuni, o‘quv tartibi va muddatlari, attestatsiya tadbirlari, o‘quv rejalaridagi farqni bartaraf etish tartiblari haqida o‘zaro kelishuvlarini anglatadi.
3.Sredits – Host universitetida (qabul qiladigan universitet)
muvaffaqiyatli o‘tilgan barcha fanlar Post – universitetda ( tinglovchini boshqa OTMga jo‘natgan universitet) hisobga olinishi zarur.
4.Ta’limning insonparvarlashuvi–bu shaxsning turli ta’lim xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirishi va ta’lim jarayonida inson qobiliyatining ochilishini anglatadi. ESTS ta’limni davom ettirish uchun oliy ta’lim muassasasini, o‘quv fanlarini va o‘qituvchilarni tanlish imkoniyatini beradi.
5.Ta’limning individuallashtiruvi bu har bir tinglovchining individual reja va ta’lim dasturlariga ega ekanligini ifoda etadi. Tinglovchi tanlovi asosidagi fanlar 70%ni, majburiy fanlar esa 30% dan oshmaydi. Tinglovchining mustaqil ish hajmi 70%ni, auditoriyadagi ishi esa 30%ni tashkil etadi. Ushbu ko‘rsatkichlar individual ta’limni tashkil qilishga asos bo‘lib xizmat qiladi.

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə