Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafedrasi


Oliy ta`lim ikki bosqichdan iborat: bakalavriat va magistratura



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə47/121
tarix31.08.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#121155
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   121
33bbee7ab93cd528deeb95ed0bec1dd8 UMUMIY PEDAGOGIKA (1)

Oliy ta`lim ikki bosqichdan iborat: bakalavriat va magistratura.
Bakalavriat
“Ta`lim to’g’risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi oliy ta`lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilish tartibi “Oliy ta`lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilish tartibi to’g’risida Nizom” bilan, oliy ta`lim muassasalari talabalari o’qishini ko’chirish, qayta tiklash va o’qishdan chetlashtirish tartibi “Oliy ta`lim muassasalari talabalari o’qishini ko’chirish, qayta tiklash va o’qishdan chetlashtirish tartibi to’g’risida Nizom” bilan belgilanadi.
Bakalavriat – fundamental bilimlar beriladigan asosiy oliy ta`lim bo’lib, to’rt yil davom etuvchi oliy ta`limning yo’nalishlaridan biri. Bakalavriyatda ishlab chiqarishdan ajratmagan holda ta`lim jarayonining davom etish muddati bir yildan kam bo’lmagan vaqtga uzayadi.
Bitiruvchilarga davlat attestatsiya natijalariga ko’ra, bakalavriyat ta`lim daturining oxirida tayyorlov yo’nalishiga ko’ra “bakalavr” akademiyak unvoni, munosib ko’krak nishoni va davlat namunasidagi diplom va uning ilovasi beriladi.
Ta`lim dasturining tarkibiy qismiga, bakalavr tayyorlashning kerakli darajasiga, o’quv vazifalarning maksimal hajmiga, kadrlar tayyorlash sifat nazoratining prosedura va mexanizmlariga umumiy talablar, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 16 avgust 2001 yilda tasdiqlangan № 343-chi “Oliy ta`limning davlat ta`lim standartlari. Asosiy nizomlar” qarori bilan belgilanadi. (№ 15-16, O’zbekiston Respublikasi qonunlar majmuasi, 104 bet).
Bakalavrning professional faoliyat sohasi va turi xarakteristikasi, kvalifikatsion talablar va o’quv fanlari bo’yicha talablar, ta`lim dasturining struktura va tarkibi, uni amalga oshirish mexanizmi va sifatini nazorat qilish aniq tayyorlov yo’nalishi bo’yicha davlat ta`lim standartlari orqali belgilanadi.
Bakalavriyatning mos yo’nalishlari uchun, davlat ta`lim standartlari asosida, oliy ta`limni boshqarish bo’yicha davlatning vakolatli organi tomonidan tasdiqlangan o’quv reja va dasturlar, o’quv fanlari ishlab chiqiladi.
Bakalavriyatda bir xil profilli (umumiy kasb-hunar tayyorgarligi o’xshash) o’rta maxsus, kasb-hunar ta`limiga ega bo’lgan shaxslarga, oliy ta`limning shu yo’nalishidagi o’quv rejalariga bog’liq (ketma-ketlikni ta`minlovchi) ta`lim dasturini to’liq egallashning tezkor imkoniyatlari beriladi.
O’quv rejasiga bog’liq yo’nalish ro’yxati va kadrlar tayyorlash sharoitlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan belgilanadi.

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə