Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafedrasi



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə49/121
tarix31.08.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#121155
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   121
33bbee7ab93cd528deeb95ed0bec1dd8 UMUMIY PEDAGOGIKA (1)

Magistr:

  • aniq mutaxassislik bo’yicha mustaqil ilmiy tadqiqot, ilmiy pedagogik va boshqaruv, professional foaliyatini olib borishga;

  • magistraturaning mos keluvchi mutaxassisligi doirasida oliy ta`limidan keyingi aspiranturada davom ettirishga;

  • qo’shimcha professional ta`limni kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimida olishga tayyor.

Oliy ta`lim muassasasida magistratura yo’nalishini ochishning asosiy sharti – bu o’quv tarbiyaviy jarayon bilan bog’liq va yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlanishini ta`minlovchi mos kafedralarning ilmiy pedagogik potentsiali mavjudligi va ilmiy tadqiqot ishlarini yuqori darajada olib borish imkoniyatining bo’lishi.
Magistrlarni yangi mutaxassisliklari bo’yicha tayyorlash huquqi oliy ta`lim muassalarining oliy ta`limni boshqarish bo’yicha davlat vakolatli organi rasmiy iltimosiga binoan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasiga belgilangan tartibda taqdim etiladi.
Oliy ta`lim muassasasi strukturasida magistraturaning maxsus bo’limi (fakul’tet, markaz) ochiladi va unga quyidagi vazifalar beriladi:

  • talabalarning o’quv-tarbiyaviy jarayonini tashkillashtirish va nazorat qilish, o’quv-uslubiy xujjatlar va o’quv-uslubiy ta`minotni ishlab chiqish;

  • magistrlar yetishtirib beruvchi kafedralar faoliyatini koordinatsiyalash;

  • magistrlar tayyorlash prosessining monitoringi.

Oliy ta`lim tizimini boshqarish
O’zbekiston Respublikasida oliy ta`lim tizimining boshqaruvi Vazirlar Mahkamasi va O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi doirasida oliy ta`limni boshqarish davlat vakolatli organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Oliy ta`lim boshqaruv organi- O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta`lim Vazirligi hisoblanadi.
Oliy va O’rta Maxsus Ta`lim Vazirligiga, tarkibida oliy ta`lim muassasalari mavjud bo’lgan vazirliklar va boshqarmalar bilan birgalikda quyidagi vazifalar beriladi:

  • bakalavr yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklari uchun davlat ta`lim standartlarini, o’quv reja va o’quv fanlari dasturlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va bosqichma-boqich kiritib borish, hamda respublika oliy ta`lim muasalarini ular bilan ta`minlash;

  • oliy ta`lim yo’nalish va mutaxassislik Klasifikotoriga zarur bo’lganda O’zbekiston Respublikasi vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish;

  • oliy ta`lim muassasi faoliyatining normativ-huquqiy ta`minotini ishlab chiqish va o’quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil qilish;

  • O’zbekiston Respublikasi oliy ta`lim muassasalari o’quv-uslubiy boshqaruvini amalga oshirish;

  • oliy va o’rta maxsus kasb hunar ta`limi kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish masalalarini muvoqlashtirish;

  • Ta`lim, fan va ishlab chiqarishning normativ-uslubiy integratsiyasini ta`minlash.

Oliy ta`lim sifatini boshqarishning ijtimoiy shaklarini rivojlantirish maqsadida oliy ta`lim muassasalarining rektorlar kengashi tashkil qilingan bo’lib, uning faoliyati belgilangan nizom bilan tartibga solinadi.
Oliy ta`lim muassasalarining boshqaruvi O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi va mazkur nizom asosida amalga oshiriladi.
Oliy ta`lim muassasining bevosita boshqaruvi rektor tomonidan amalga oshiriladi. Davlat oliy ta`lim muassasasi rektori O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan, nodavlat oliy ta`lim muassasalari rektorlari ta`sischilar tomonidan tayinlanadi.
Oliy ta`lim muassasasining ish natijalari uchun to’liq javobgarlik rektor zimmasida turadi. O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga va oliy ta`lim muassasa Nizomiga ko’ra, rektor oliy ta`lim muassasasi nomidan barcha organ va tashkilotlarda faoliyat yuritadi, mol-mulkga belgilangan tartibda egalik qiladi, shartnomalar tuzadi, ishonchnomalarni taqdim etadi, bankda oliy ta`lim muassasasining hisob raqamini ochadi va kreditlar boshqaruvchisi hisoblanadi.
Oliy ta`limning davlat ta`lim standartlarini amalga oshirilishining alohida javobgarligi rektor zimmasiga yuklatilgan.

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə