|
Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi
|
səhifə | 145/381 | tarix | 03.03.2022 | ölçüsü | 3,27 Mb. | | #84301 |
| 7cd24b2e3dfc14533e311a0b5103aa9f UMUMIY PEDAGOGIKA (5)Ta’lim qoidalari - o‘qituvchining darsdagi faoliyatini va o‘quvchilar tomonidan ilmiy bilimlarning o‘zlashtirishini, tegishli ko‘nikma va malakalar, dunyoqarash, mafkura hosil qilishning asosiy qonun va yo‘l - yo‘riqlarini o‘z ichiga oladi. Ta’lim qoidalari o‘qitishning, o‘rgatishning eng muhim masalalarini nazariy jihatdan hal qilishning asosiy qonuniyatlaridir. Dars jarayonida o‘quvchilarning bilish ehtiyoji va sharoitlar o‘quv jarayonining xarakterini, maqsadi, vazifalari, mazmuni, shakllari, usullari va vositalarini belgilab beradi. O‘qituvchi ta’lim jarayonining qoidalari, qonuniyatlarini qancha ilmiy asosda bilsa, uning samarasi shuncha yuqori bo‘ladi. Ta’lim qoidalarini ham nazariy bilish, hamda amalda qo‘llay bilish juda muhim. SHuning uchun o‘qituvchi ta’lim qoidalarini bilishi shart. CHunki, o‘qituvchi ta’lim qoidalarini bilmasdan turib ta’limning maqsad va vazifalarini amalga oshira olmaydi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|