Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi


Husayn Voiz Koshifiyning axloqiy qarashlari. Allomaning “Futuvvatnomai Sultoniy yoxud javonmardlik tariqati” asarning axloqiy tarbiyada tutgan o’rni



Yüklə 3,27 Mb.
səhifə296/381
tarix03.03.2022
ölçüsü3,27 Mb.
#84301
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   381
7cd24b2e3dfc14533e311a0b5103aa9f UMUMIY PEDAGOGIKA (5)

Husayn Voiz Koshifiyning axloqiy qarashlari. Allomaning “Futuvvatnomai Sultoniy yoxud javonmardlik tariqati” asarning axloqiy tarbiyada tutgan o’rni.

XV asrning yirik olimlaridan biri Xusayn Voiz Koshifiy bo’lib, u ahlok, nujum mantiq, adabiyotshunoslik, riyoziyot, hisob, islom tarixi, ilohiyot, tarix, - musiqashunoslikda tasviriy san’at, tabobat ilmiga oid 200dan ortiq asar qoldirib SHarq ma’naviy madaniyatini rivojlantirishda muayyan o’rinni egallaydi.

Xusayn Voiz Koshifiy tug’ilgan yili noma’lum bo’lib, taxminan 1440 yillarda Xuroson viloyatining Sabzavor shaxrining Bayxaqi qishlog’ida dunega kelgan deyiladi. U keyinchalik Jomiyning tavsiyasi bilan Xirotga keladi va shu yerda yashaydi. Xirotda u Navoiy bilan ham uchrashadi va u bilan do’stona munosabatda bo’ladi.

Koshifiy Xurosonda Xusayn Boyqaroning voizi, ta’birchisi maslahatchisi sifatida shuhrat qozondi. U Qur’on va Xadis masalalarini sharhlab xalq orasida hurmat-e’tibor qozondi.

Xusayn Voiz Koshifiyning «Ahloqi Muxsiniy», «Ahloqi Karim», «Anvari Suxayliy», «Javoxirnoma», «Risola dar ilmi e’dod», va boshqa asarlari bizgacha : yetib kelgan.

Uning mashhur asari «Ahloqi Muxsiniy» uzoq vaqt yillar madrasalarda darslik sifatida o’qitilgan, mazkur asar 40 bobdan iborat bo’lib, asosan ahloqiy tarbiyaga bag’ishlangan.

R.Maxmudov Koshifiyning ahloqiy g’oyalariga insonni kamolga yetkazish maqsadida unda tarkib toptirish uchun zarur bo’lgan hislatlarni turkumlashtiradi.

Komil inson (etuk ahloqli inson) haqidagi fikrlarni an’anaga ko’ra buyuk donishmandlar-xaqimlar, sarkardalar, shoxlar tilida bayon etadi va ularni adolatli, dono, oqil va kamtar inson sifatida ta’riflab, o’zining komil inson haqidagi konsepsiyasini ilgari suradi.

Koshifiy faqat podsholarnigina emas, balki har bir oddiy insonda ham eng olijanob hislatlar tarkib topishini istaydi. U o’zining ijtimoiy-ahloqiy idealini yuzaga chiqarishda asosiy vosita deb ilm-ma’rifat va ahloqiy tarbiyani tushunadi. Koshifiy odobli insonni ahloqli deb tushunadi. Inson odobli, saxovatli, to’g’ri, xalol, pok bo’lgandagina haqiqiy inson bo’lishi mumkin deydi. Voiz Koshifiy insonparvarlik va halollikni eng yuksak insoniy fazilatlarlardan deb biladi. Koshifiy insonning eng yuksak xulq-atvor egasi bo’lishi uchun unga qoidaga amal qilishi zarurligini ilgari suradi.

Koshifiy asarlarida inson aqliga, aqliy tarbiyaga katta e’tibor beriladi.

Koshifiyning ahloqiy qarashlari Kur’on va Xadislardagi qoidalari bilan bog’liqdir. U ilgari surgan ahloqiy tushunchalar: yaxshilik yomonlik, adolat, burch, vijdon, or -nomus, baxt saodat kabilarni ta’riflab, har birini insonda shakllantirish yo’llari va usullarini ham bayon etadi, ular tarkibiy qismlarigacha ajratib, ijtimoiy talab darajasida tushuntiradi, hamda asosiy mezonlarini ham ko’rsatib beradi. U ahloqiylikning asosiy mezonlai, insoniylik, adolatlilik, sof insoniy munosabatlarni biladi.

Koshifiyning «Futuvvatnomai Sultoniy» asari ham boshqa ta’limiy-ahloqiy asarlar qatorida ana shu javonmardlik ilmining qoida-nizomlarini ifoda etgan. Javonmardlikning ruknlari o’n ikkita bo’lgan: oltitasi zoxiriy, oltitasi botiniy.

Yuqoridagi pandnomalarning inson kamolotida o’z o’rni bor. Sharqshunos olim Bertels ham «Qobusnoma»ni , o’ta amaliyotga oid asar sifatida ta’riflagan. Bu fikr Xusayn Voiz Koshifiyning «Futuvvatnomai Sultoniy» asariga ham tegishlidir.Uning mundarijasi va mazmunida ham ko’rinib turibdiki, mazkur asar yoshlarni har tomonlama yetuk inson sifatida kamolga yetkazishda haqiqatdan amaliy ahamiyatga ega.

Koshifiy fanlar tasnifida ham kasb-xunar, ilmga katta e’tibor beradi. U ilm boylik orttirish uchun emas, balki hayot kechirish uchun zarurdir, deb tushuntiradi. Chunki ilm-doimiydir mol dunyo esa o’tkinchidir, haqikiy, dono, bilimli kishilar o’tkinchi narsalarga e’tibor bermaydilar deydi.




Yüklə 3,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə