Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi


Tarbiyaning mohiyati, maqsadi va asosiy prinsiplari



Yüklə 3,27 Mb.
səhifə332/381
tarix03.03.2022
ölçüsü3,27 Mb.
#84301
1   ...   328   329   330   331   332   333   334   335   ...   381
7cd24b2e3dfc14533e311a0b5103aa9f UMUMIY PEDAGOGIKA (5)

Tarbiyaning mohiyati, maqsadi va asosiy prinsiplari. Disterveg umuminsoniy tarbiya g‘oyasini himoya qilib chiqdi, shu g‘oyaga tayanib turib, pedagogika oid masalalarni yuqori toifaviy va shovinistik manfaatlarni ko‘zlab hal qilishga qarshi kurashdi. Uning fikricha, maktabning vazifasi “chinakam prussiyaliklar” emas, balki insonparvar kishilar va ongli grajdanlar tarbiyalab etishtirishdir. Odamlarga insoniyatga va o‘z xalqiga bo‘lgan muhabbat bir-biriga chambarchas bog‘langan holda rivojlantirilishi lozim. Disterveg “inson -mening nomim, nemis -mening laqabimdir deydi.

Disterveg Pestalotssi singari tarbiyaning eng muhim prinsipi -uning tabiatga uyg‘un bo‘lishidir, deb hisobladi. Disterveg tarbiyaning tabiatga uyg‘un bo‘lishini quyidagi mazmunda talqin qildi, ya’ni tarbiya odamning tabiiy kamol topishiga qarab olib borilishi, o‘quvchining yoshi va o‘ziga xos xususiyatlari hisobga olinishi kerak, dedi. Disterveg o‘qituvchilar bolalar diqqati, xotirasi, tafakkurining o‘ziga xos belgilarini sinchiklab o‘rganishlari kerak, deb aytdi; u psixologiyani “tarbiya to‘g‘risidagi fanning asosi” deb bildi. Distervegning katta xizmati shundaki, u pedagoglik tajribasini pedagogikani taraqqiy ettirishning manbai deb hisobladi. U mohir pedagoglarning bolalarni tarbiyalash va bu sohadagi ish tajribalarini o‘rganish zarurligini ta’kidlab o‘tdi.

Disterveg tabiatga uyg‘un bo‘lish prinsipiga qo‘shimcha ravishda tarbiya madaniy uyg‘un xarakterda bo‘lishi ham kerak, deb talab qildi.

Disterveg tarbiyaning oliy maqsadini belgilab, bu “haqiqatga, go‘zallikka va yaxshilikka xizmat qilishga qaratilgan tashabbuskorlikdir” deb aytdi.




Yüklə 3,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   328   329   330   331   332   333   334   335   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə